“Tolibon” Turkiyaga ogohlantirish bilan chiqdi
“Tolibon” harakati Turkiya harbiylarining Afg‘onistonda bo‘lishiga keskin qarshi chiqdi.
“Turkiya rahbarlarining Qo‘shma Shtatlar iltimosi va qaroriga muvofiq mamlakatimizga qarshi tajovuzni davom ettirishini e’lon qilishi bizda nafrat va dushmanlik uyg‘otadi hamda ikki tomonlama munosabatlarga putur etkazadi”, – deyiladi harakat bayonotida.
Toliblar rahbarlarining ta’kidlashicha, “Afg‘onistonda mamlakat nomidan qat’iy nazar, xorij kuchlarining bo‘lishi tajovuz hisoblanadi va ularga nisbatan Afg‘onistonning bir yarim ming nafar ulamosi bergan fatvo asosida munosabatda bo‘linadi”.
Qayd etilishicha, “Turkiya hukumatining qarori engiltaklik bilan qo‘yilgan qadam hisoblanadi va millat suvereniteti, diniy xavfsizlik va milliy manfaatlarga ziddir”.
“Bunday qaror turk va afg‘on xalqlari orasida muammo va qiyinchiliklar keltirib chiqarishi sababli biz Turkiya hukumatini har ikki mamlakatga zarar etmasligi uchun bu qarordan voz kechishga chaqiramiz”, – deyiladi bayonotda.
Tolibonning ta’kidlashicha, uning siyosati “barcha mamlakatlar bilan o‘zaro hamkorlik asosida eng yaxshi va ijobiy munosabatlarga intilishdan iborat”.
“Biz hech kimning ishiga aralashmaymiz va boshqalarga ham bizning ishimizga aralashishga yo‘l qo‘ymaymiz”, – deya ta’kidlangan bayonotda.
Toliblar Turkiya hukumati o‘z qaroridan qaytmaydigan bo‘lsa, Anqara buning “oqibati uchun javobgar” bo‘lishini bildirgan.
May oyi oxirlarida AQSh va Turkiya prezidentlari Jo Bayden va Rajab Erdo‘g‘an NATOning Afg‘onistondagi missiyasi yakunlanganidan so‘ng turk harbiylari Kobul aeroporti xavfsizligini ta’minlashi bo‘yicha kelishuvga erishgandi.
Iyun o‘rtalarida Erdo‘g‘an Turkiya AQShning moliyaviy ko‘magida Afg‘onistondagi harbiy kontingentini saqlab qolishga tayyorligini bildirdi.
Izoh: AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriyadagi qo‘zg‘olonni bostirishdan ojiz qolib, Bashar rejimi qulash arafasiga kelib qolgan vaqtda Erdo‘g‘an ularga “ko‘makka” etib kelgan edi. Erdo‘g‘an boshlagan “Furot qalqoni” amaliyotidan so‘ng kufr va qonxo‘r rejimga qarshi mardonavor kurash olib borayotgan Halab viloyatidan Turkiya ta’siri ostidagi qurolli guruhlar olib chiqib ketildi, viloyat rejim nazoratiga topshirildi. Bu xoinlik qo‘zg‘olonda burilish nuqtasi yasadi. Halabda qolgan kichik guruhlardan iborat xolis musulmonlar yordamsiz tashlab qo‘yildi. 2018 yilga kelib Turkiya Suriyada “Zaytun novdasi” nomli yana bir amaliyot olib bordi. Unda artilleriya va havo zarbalari amalga oshirildi.Ushbu amaliyot natijasida Halabdan keyin Bashar rejimiga jiddiy muammo tug‘dirayotgan Idlib ham rejimning kamalida qoldi. Turkiyaning uchinchi –“Tinchlik bulog‘i” amaliyoti esa qonxo‘r rejim pozitsiyasini yanada mustahkamlab berdi. Erdo‘g‘anning “beminnat” xizmati evaziga AQSh Suriya qo‘zg‘olonini butunlay bostira olmagan bo‘lsada, rejimga qarshi olib borilayotgan kurashni qurolli guruhlar o‘rtasidagi jangga aylantirishga erishdi.
Liviyada Amerika malayi Haftar va Britaniya malayi Sarroj o‘rtasidagi kurashda Erdo‘g‘an Turkiyasi Sarrojni qo‘llab-quvvatlash vazifasini oldi. Biroq, ikki malay o‘rtasidagi hal qiluvchi jang arafasida Turkiya Sarrojni yordamsiz tashlab qo‘ydi. Natijada Sarroj Haftar bilan AQSh manfaatlariga mos keluvchi otashkesim bitimini imzolashga majbur bo‘ldi.
AQSh Iroq botqog‘iga botib qolgan vaqtda Amerika ko‘rsatmasi bilan Eron shialarni qo‘llab-quvvatlashni boshlagan bo‘lsa, Erdo‘g‘an xuddiki unga qasdma-qasdiga sunniylarni quvvatlay boshladi. Natijasda AQShga qarshi kurash mazhablararo kurashga aylanib ketdi va Amerika Iroqni o‘z izmiga solishga erishdi…
Erdo‘g‘an zohirda balandparvoz bayonotlar berayotgan bo‘lsada, birorta ishini AQShning roziligisiz amalga oshirmaydi. U o‘zini dunyo musulmonlari uchun jon koyitayotgandek qilib ko‘rsatishga urinishiga qaramay, qaysi davlatga kirib bormasin faqat Amerika manfaatlarini himoya qilish vazifasi bilan kiradi. Turkiyani Afg‘onistonda qolishi, Qobul aeroporti xavfsizligini ta’minlash vazifasini olishi ham AQShning Afg‘onistonda uchragan mag‘lubiyatini yashirish va kerak bo‘lgan vaqtda uning mustamlakachilik manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Abdurahmon Odilov