بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Shom ahliga va barcha turdagi ommaviy axborot vositalariga yo‘llangan maxsus ochiq xitob
Hujjatga hujjat bilan javob qilishga ojizlik qilgan hamda Xalifalik loyihasiga qarshi turishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan ayrim Hizb ut-Tahrirni yomon ko‘ruvchi yoshlar telegramda kanal ochib Hizb nomidan yolg‘on xabarlarni tarqatishdi. Yolg‘onlarga to‘la bunday jirkanch uslub soxta va mas’uliyatni his qilmaslikdan tashqari shar’iy ahkomlarga ham ziddir. Zero shariat bunday ishlardan qaytargan va ularni harom qilgan.
Bunday jirkanch qilmish oldida, Hizb ut-Tahrirning Suriyadagi matbuot bo‘limi raisi ustoz Ahmad Abdulvahhob 2021 yil 19 iyunda bayonot chiqarib, quyidagilarni ta’kidladi:
«Biz Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati a’zolari xususan Shom ahliga va butun ommaviy axborot vositalariga shuni bayon qilamizki, ijtimoiy tarmoqlardagi, shu jumladan, telegramdagi kanallarimiz Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati nomi bilan chiqadi. Bundan keyin, ushbu kanalimizning elektron manzilini ham beramiz. Ushbu manzildan boshqa manzillarning barchasi soxta hisoblanadi va ulardan Hizb ut-Tahrirni yomonotliq qilish va razil sharmandalik uslubi bilan Hizbga tuhmat loyini chaplash maqsadida foydalanishyapti. Bu qilmishlar ortida kimlar turgani ham ma’lum. Hizb ut-Tahrirning matbuot bo‘limlari dunyoning juda ko‘p davlatlarida mavjud bo‘lib, barcha insonlar ushbu bo‘limlar bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali bog‘lanib, tanishishlari, har qanday xabar va masalani to‘g‘ri-noto‘g‘riligini aniqlab olishlari qiyin emas.
Roya gazetasining 2021 yil 30 iyun chorshanba kungi 345-sonidan