Sahobalar iymoniy muhitda yashashganlar

455
0

Sahobalar iymoniy muhitda yashashganlar

Sahoba (r.a.)lar birinchi kundan boshlab iymoniy muhitda yashashganlar. Iymonga tug‘ri kelmaydigan ishni qilish – Makkadalik davrlarida ham – og‘ir jinoyat, uyatli-sharmandali ish bo‘lgan. Ammor ibn Yosir (r.a.) majburiy holda kufr lafzi – Xubalni tilga olishini sahobalar kabul qilishmagan. Ammor (r.a.) bu ish bilan hijolatchilikdan, sharmandalik aqvolidan qattiq azoblangan. Qachonki, Rosululloh (s.a.v.) o‘limga ro‘para bo‘lib, majburiy holdagi ishiga banda gunohkor bo‘lmaydi deb, majburiy holatda Islomga teskari narsalar joiz bo‘lishini bayon qilganlaridan keyingina Ammor (r.a.)dagi hijolatchilik ketadi. Bu muhit har qanday nozil bo‘lgan hukmni so‘zsiz bajarishlaridagi katta turtki bo‘lgan, muhit sof islomiy holda davom etdi. Keyinchalik Madinada bo‘lganlarida ham har qanday hukm nozil bo‘lishi bilanoq, amal qilishga shoshilishganlar.

Biz ham shu muhitni qaytarishimiz kerak. Aksincha shar’iy hukmlarni nazariy o‘rganamizu, lekin bu hukmlarni hayotimizda ta’siri bo‘lmaydi, kufr changalidan qutilolmaymiz. Hozirda biz juda ko‘p hukmlarni bilamiz, lekin muhitimizni iymoniy qilib olmaganimiz uchun ularga amal qilmayapmiz. Masalan: Islomni o‘rganish eng zarur va tariqatdagi birinchi qadam deb bilsakda, Islomni o‘rganmasligimizda o‘zimizni aybdor deb his qilmaymiz. Bu mo‘minlardagi oddiy hol bo‘lib qolgan: “Shuning uchun ham Islom da’vati odamlarga hayot muammolarini hal qiladigan nizomlarni olib chiqishi lozim. Chunki Islom da’vatining yutug‘i insonni to‘la, inson sifatida muolaja qila oladigan, unda umumiy inqilobni ro‘yobga chiqara oladigan hayotiy va jonli ekanligidadir. Bu da’vatni yoyuvchilar agar dillariga kamolotga intilish urug‘ini ekmasalar, doimo haqiqatni izlamasalar, yopishib qolgan begona tushunchalardan tozalash uchun bilgan narsalarining har birini doimo tekshirib turmasalar, olib chiqayotgan fikrlari sof tiniq saqlanib qolishi uchun, yaqin tursa unga ilashib olish ehtimoli bo‘lgan har qanday fikrni undan yiroqlashtirmasalar mas’uliyatning uddasidan chiqa olmaydilar, oldilariga qo‘yilgan vazifani bajara olmaydilar. Chunki fikrlarning musaffo va tiniqligi muvaffaqiyat hamda muvaffaqiyat davomatining yagona garovidir”. (“Islom nizomi” kitobidan).

Yoki hozirgi buzuq jamiyatga rozi bo‘lish harom ekanini kim bilmaydi?! Lekin kunlar, oylar hatto yillar o‘tib ketsada, biz jamiyatga nisbatan hech narsa qilmasligimizda o‘zimizni gunog‘kor deb bilmaymiz, shunday emasmi?!

Zotan, Rosululloh (s.a.v.) Abu Mas’ud (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisda aytadilarki: “Bani Isroilga eng avvalo kirgan nuqson shu ediki, bir kishi boshqa kishiga yo‘liqqan paytda: “Ey falonchi, Allohdan qo‘rqqin va bul qilayotgan ishingni tashlagin, chunki bu narsani qilish sen uchun halol-durust emas”, der edi. So‘ng ertasi kuni u bilan uchrashgan paytda uni yana o‘sha holatda ko‘rar edi. Lekin bu narsa u bilan birga eb-ichishdan, birga o‘tirishdan qaytarmas edi. Bas, ular shunday qilishgach, Alloh ularning ba’zilarining qalblarini ba’zilari bilan urdi”. So‘ngra Rosululloh (s.a.v.) ushbu oyatni tilovat qildilar:

لُعِنَ الَّذِينَ كَفَرُواْ مِن بَنِي إِسْرَائِيلَ عَلَى لِسَانِ دَاوُودَ وَعِيسَى ابْنِ مَرْيَمَ ذَلِكَ بِمَا عَصَوا وَّكَانُواْ يَعْتَدُونَ كَانُواْ لاَ يَتَنَاهَوْنَ عَن مُّنكَرٍ فَعَلُوهُ لَبِئْسَ مَا كَانُواْ يَفْعَلُونَ  تَرَى كَثِيراً مِّنْهُمْ يَتَوَلَّوْنَ الَّذِينَ كَفَرُواْ لَبِئْسَ مَا قَدَّمَتْ لَهُمْ أَنفُسُهُمْ أَن سَخِطَ اللّهُ عَلَيْهِمْ وَفِي الْعَذَابِ هُمْ خَالِدُونَ   وَلَوْ كَانُوا يُؤْمِنُونَ بِالله والنَّبِيِّ وَمَا أُنزِلَ إِلَيْهِ مَا اتَّخَذُوهُمْ أَوْلِيَاء وَلَـكِنَّ كَثِيراً مِّنْهُمْ فَاسِقُونَ

“Bani Isroil orasidan kofir bo‘lgan kimsalar Dovud va Iyso binni Maryam tilida la’natlangandirlar. Bunga sabab ularning qilgan isyonlari va tajovuzkor bo‘lganlaridir. Ular bir-birlarini qilgan noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar. Bu qilmishlari naqadar yomon ish! Ulardan ko‘plari kofir bo‘lgan kimsalarni do‘st tutganlarini ko‘rasiz. Ularga nafsi havolari naqadar yomon narsani — Allohning g‘azabini keltirdi. Endi ular abadiy azobda qolguvchidirlar. Agar Allohga, payg‘ambarga va unga nozil qilingan kitobga iymon keltirganlarida edi, ularni — kofirlarni do‘st tutmagan bo‘lur edilar. Lekin ulardan ko‘plari itoatsiz kimsalardir” [5:78-81]

So‘ngra shunday dedilar: “Yo‘q, aslo, Allohga qasamki, sizlar albatta yaxshilikka buyurasizlar va yomonlikdan qaytarasizlar. Sizlar albatta zolimning qo‘lidan ushlaysizlar va uni haqqa burilishga majbur qilasizlar va albatta uni haqqa bog‘lab qo‘yasizlar. Yoki albatta Alloh ba’zilaringizni ba’zilaringiz qalbi bilan uradi, sungra ularni la’natlaganidek, sizlarni ham la’natlaydi”.

Abu Said al-Xudriy (r.a.)dan rivoyat qilinadi, Rosululloh (s.a.v.) dedilar: “Sizlardan kimingiz munkarni ko‘rsa, uni qo‘li bilan qaytarsin. Qodir bo‘lmasa tili bilan, bunga ham yaramasa, dili bilan o‘zgartirsin. Bu iymonning eng zaifidir”. Adiy ibn Umayr (r.a.)dan rivoyat qilinadi, Rosululloh (s.a.v.) dedilar: “Albatta Alloh xos odamlarning amali tufayli ommani azoblaydi. To ular o‘z oralarida munkarni ko‘rsalar, ularni inkor etishga qodir bo‘la turib inkor etmasalar, shunda Alloh xosni ham, ommani ham bir hil azoblaydi”. Xuzayfa ibn Yaman (r.a.)dan rivoyat qilinadi, Rosululloh (s.a.v.) dedilar: “Jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, albatta sizlar ma’rufga buyurib, munkardan qaytarasizlar yoki Alloh sizlarga O‘zi tomonidan azob yuboradi. Shundan so‘ng sizlar Unga duo qilasizlar, U esa ijobat etmaydi”.

Abu Usmon Muhammad

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.