Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati delegatsiyasi Navid Battni ozod etilishi talabi bilan Sudandagi Pokiston elchixonasiga bordi

255
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati delegatsiyasi Navid Battni ozod etilishi talabi bilan Sudandagi Pokiston elchixonasiga bordi

2021 yil 14 iyun dushanba kuni Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyatining ustoz Ibrohim Usmon (Abu Xalil) raisligidagi delegatsiyasi bayonnoma topshirish uchun Xartumdagi Pokiston elchixonasiga bordi. Delegatsiya raisiga Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati markaziy aloqalar qo‘mitasi raisi ustoz Nosir Rizo Muhammadusmon, Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati majlisi a’zosi ustoz Sulaymon Dasis, Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati markaziy aloqalar qo‘mitasi a’zosi ustoz Abduqodir Abdurahmon, Hizb ut-Tahrir a’zosi muhandis Ahmad Ja’farlar hamrohlik qildi. Pokiston elchisi yoki uning o‘rinbosariga topshirilishi belgilangan ushbu bayonnoma «Pokistonda Navid Battning zo‘ravonlarcha o‘g‘irlab ketilishiga yakun yasash uchun bo‘lgan chaqiriq» sarlavhasi ostida edi. Biroq, Xartumdagi Pokiston elchixonasining muvaqqat ishlar vakili delegatsiya bilan uchrashishdan va bayonnomani qabul qilishdan bosh tortdi!

Shu munosabat bilan Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati matbuot bo‘limi bayonot chiqarib, quyidagilarni ta’kidladi:

Pokiston elchixonasi muvaqqat ishlar vakilining bunday xatti-harakati kutilmagan hol emas. Chunki Islom Ummatining xolis bir farzandini noqonuniy ravishda o‘g‘irlab ketib, to‘qqiz yildan beri razvedka zindonlarida sudsiz yashirib kelayotgan bir hukumat mulozimining shunday qilishi tabiiy. Zero, Pokiston hukumati Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati rasmiy notig‘i Navid Battni 2012 yil 11 maydan buyon shunday qilmoqda. Navid Battning bor-yo‘q qilgan «ayb»i rostgo‘y, xolis siyosiy mufakkir bo‘lgani hamda o‘z yurtini sevib, uni Amerikaga itoatgo‘y xizmatkor yurt emas, mustaqil yurt bo‘lishini, Amerikaning Afg‘onistondagi bosqinchiligiga qarshi bosimni pasaytirish uchun Qabilalar mintaqasidagi o‘z xalqini qirg‘in qiluvchi yurt bo‘lmasligini xohlagani bo‘ldi. Darhaqiqat, Navid Batt Pokistondagi xoin generallar va malay rasmiylarni Amerikaning yurt armiyasidagi nozik ob’ektlarga va hukumat muassasalariga o‘z nufuzini xavfli ravishda joylashtirib olishiga yo‘l qo‘yishganini qattiq tanqid qilib kelgan edi.

Roya gazetasining 2021 yil 23 iyun chorshanba kungi 344-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.