Shar’iy qoida

394
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Shar’iy qoida

Qoida – asos degan ma’noni anglatadi. Hamma sohaga asos bo‘ladigan bo‘lsa uni – aqida – deyiladi. Bu qoida – aqida – aqlning mahsuli bo‘lishi ham mumkin, masalan: “dinni hayotdan ajratish kerak” kabi, bu demokratlarning aqidasi. Shu asosdan turib fikrlashadi, har bir narsaga baho berishadi. Bul ularning hayot asoslari. Yoki shar’iy bo‘lishi ham mumkin, masalan: “Alloh Taolo aytgandek yashashimiz kerak” kabi, bu Islom aqidasi. Musulmonlar hayotining asosi shu bo‘lishi kerak, har bir ishga, narsaga Qur’on va hadisdan yoki sahih ijtihoddan kelib chiqib yondoshish kerak. Shunda aqidani o‘z o‘rniga qo‘ygan bo‘lamiz. Aksincha bu aqidaning hayotimizda hech qanday vazni bo‘lmaydi, Oxiratda ham sharmanda bo‘lamiz, Alloh Taolo aytadi:

كَبُرَ مَقْتًا عِندَ اللَّهِ أَن تَقُولُوا مَا لَا تَفْعَلُونَ ()يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا لِمَ تَقُولُونَ مَا لَا تَفْعَلُونَ

“Ey, iymon keltirganlar! Nima uchun qilmaydigan narsani gapirasizlar?! Qilmaydigan narsani gapirishingiz Allohni nazdida qattiq yomon ko‘rilgandir” (61:2-3)

Amallar uchun ham qoida – asos bor, uni amaliy qoida deyiladi. Amaliy qoida – fikrni amalga bog‘lash va har ikkisi bir maqsad uchun bo‘lishidir. Har bir amalning maqsadi bo‘lishi lozim deb aytishdan murod fikr yuritish va amal qilishning bir muayyan g‘oya uchun bo‘lishidir. Bu musulmonlar hayotidagi hamma ishlarining asosidir. Usuliy qoidalar ham bor, ular Qur’on hadislarni tushunishda asos bo‘ladi, masalan: “e’tibor sababning xosligida emas, xitobning umumiyligida”, ya’ni nususlardagi hukmlar xos sabab bilan nozil bo‘lgan. Lekin xitob umumiy bo‘lsa, bu hukmni nozil bo‘lish sababiga e’tibor berilmaydi. Balki nususlardagi hukmlarga e’tibor beriladi. Yoki fiqhiy qoida bo‘lishi mumkin, masalan: “shubhali bo‘lsa xadlarni qo‘llashni to‘htatinglar” kabi. Bu qoida jazolarni qo‘llashda asos bo‘ladi. Fiqhiy qoida muboh hukmlar uchun bo‘lishi mumkin, masalan: “narsalardagi asllik muboh” kabi yoki farzlarda bo‘lishi mumkin, masalan: “vojib nima bilan tamomiga etsa, u ham vojib” kabi. Boshqa hukmlarda yoki umumiy bo‘lishi ham mumkin, masalan: “Istishob”, ya’ni boshqa hukm kelmaguncha avvalgi hukm o‘z kuchida turadi” kabi.

Abu Usmon Muxammad

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.