Ulamolarga suiqasd qilish va masjidlarni portlatish Alloh Subhanahu va Taologa bo‘lgan dushmanlik va terrorning eng yuqori cho‘qqiga chiqqanini ko‘rsatmoqda

295
0

Ulamolarga suiqasd qilish va masjidlarni portlatish Alloh Subhanahu va Taologa bo‘lgan dushmanlik va terrorning eng yuqori cho‘qqiga chiqqanini ko‘rsatmoqda

Afg‘oniston oxirgi vaqtlar masjidlar ichida namozxonlarga qarshi qasddan qilingan suiqasd va qirg‘inbarot portlashlarning guvohi bo‘ldi. Oqibatda yuzlab musulmon ulamolar, masjid imomlari va islomiy ta’lim olish uchun kelgan yoshlar halok bo‘ldi. Ko‘plab afg‘on ulamolari bu kabi hujumlar juda shubha uyg‘otayotganini aytib, mana shunday nopok til biriktiruvda afg‘on rejimi ichkarisidagi ayrim ichki unsurlarning qo‘li borligini bildirishdi.

Hizb ut-Tahrir – Afg‘oniston viloyati matbuot bo‘limi masjidlar ichkarisida ulamolar joniga qasd qilish va portlashlar sodir etishni qattiq iboralar bilan qoralaydi. Buni Alloh Subhanahu va Taologa, Rosuli ﷺga, mo‘minlarga va namozxonlarga nisbatan dushmanlik hamda terrorning eng yuqori cho‘qqisi, deya baholaydi.

Aslida, ulamolarga va masjidlarga qilingan hujumlar shunday bir murakkab (maxfiy) o‘yinga aylanib qoldiki, shu orqali Afg‘onistondagi urush va siyosatga aralashgan unsurlar tomonidan ulamolarimiz va islomiy dargohlarimiz nishonga olinmoqda. Ular bunday ishlarni o‘z nufuzlarini kengaytirish hamda tinchlik so‘zlashuvlari orqali yanada ko‘proq yon berishlarni taqdim etish uchun amalga oshirishmoqda.

Mujohid afg‘on xalqi ulamolarga suiqasd qilish hodisasiga oddiy hodisa, deb qaramasliklari, ko‘nikish mumkin bo‘lgan ish deb bilmasliklari kerak. Chunki bu erda qasddan qilingan til biriktiruv bor bo‘lib, bundan solih ulamolar ovozini o‘chirish orqali odamlarni masjidlardan uzoqlashtirish ko‘zlangan. Aslida, bu kabi kechirilmas jinoyatlardagi asosiy foydani bevosita bosqinchilar, xoin hukmdorlar, ilmoniy siyosatchilar va fuqaroviy jamiyatlar ko‘radi. Ya’ni, bu hodisalar insonlar bilan ulamolar o‘rtasida jarlik paydo qilib, alaloqibat, bu Afg‘onistonda ilmoniy va xudosizlik tuzumini rivojlantiradi.

Xolis ulamolarimiz shuni bilib qo‘ysinlarki, bu malay rejim o‘zining asosiy vazifasi xoin hukmdorlar, korruptsiyachi mulozimlar, fohishaxona va diskoteka markazlari egalarining xavfsizligini himoya qilish, deb biladi, ulamo va masjidlar xavfsizligini himoya qilish, deb bilmaydi. Agar xolis ulamolarga suiqasd qilinishi bu pastkash qo‘g‘irchoq hukmdorlar vijdonini qo‘zg‘atganda edi, bunday hodisalarga nisbatan berahmlarcha munosabat ko‘rsatishmagan bo‘lardi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.