Mahmud Habbosh zaif Falastin davlatiga talpinib, Ummatning uyg‘onayotganidan xavfsiramoqda

314
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Mahmud Habbosh zaif Falastin davlatiga talpinib, Ummatning uyg‘onayotganidan xavfsiramoqda

Falastin qozilar qozisi Mahmud Habbosh «aqli joyida bo‘lmagan bosqinchi davlatning muborak Aqso masjidini va Quddusdagi diniy va islomiy muqaddas dargohlarni oyoq osti qilish bilan Quddus shahridagi vaziyatni dinlararo urush oloviga tiqayotgani»dan ogohlikka chaqirdi. Agar bunga dunyo aralashib, bosqinchilarni tiyib qo‘ymasa, ishlar dinlararo urush tomon ketayotganidan, buning badali hammaga qimmatga tushishidan, nafaqat Falastin, balki urush olovi butun dunyoni o‘z domiga tortajagidan ogohlantirdi.

Habboshning bunday bayonotiga nisbatan Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi a’zosi ustoz Xolid Said Hizbning markaziy matbuot bo‘limi radiosiga bergan o‘zining matbuot izohida bunday dedi:

«Oslo tomonidan yasalgan rejimning qozilar qozisi bo‘lmish Mahmud Habbosh Falastindagi kurashni buzib ko‘rsatishga bekorga urinyapti. U dunyoni Islomdan va Ummatning uyg‘onayotganidan qo‘rqitib, o‘zini dunyoning tinchlikparvari qilib ko‘rsatmoqchi. Vaholanki, yahudiylarga qarshi kurash aqidaga va bosqinchilikka bog‘liq kurashdir, degan haqiqatni uning o‘zi boshqalardan ko‘ra ko‘proq biladi. Chunki, mudom Alloh Taoloning Kitobi va Rosuli ﷺning hadislari hamda Isro surasi insonlar tilida yangrab turgan ekan, bu haqiqatni yolg‘onlar bilan yashirib bo‘lmaydi». Bu Habbosh Falastin masalasi Islomni tatbiq etishsiz va musulmon armiyalarni harakatga keltirib, Alloh yo‘lidagi jihod qilishsiz aslo hal bo‘lmasligini ham biladi.

Izoh so‘nggida ustoz Xolid bunday dedi:

«Bugun Ummat buyuk nusrat kunini ko‘rishga, Islom davlati barpo bo‘lib, Alloh ahkomlari tatbiq etilishiga va Xalifalik soyasida yashashga intiq bo‘lib turibdi. Chunki Xalifalik davlati musulmonlar tarqoqligini birlashtirib, saflarini zichlashtiradi va Aqso masjidini ozod etadi. Habbosh bo‘lsa, mustamlakachi xalqaro kuchlardan iltimos qilib, ulardan hayot resurslariga shu mustamlakachilar ruxsat bergan miqdorda ega bo‘ladigan zaif bir Falastin davlati qurib berishlarini so‘ramoqda… Islomdan va Ummating uyg‘onayotganidan qo‘rqitib, shu orqali o‘sha davlatlardan yordam pullari olishga urinyapti.

Roya gazetasining 2021 yil 2 iyun chorshanba kungi 341-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.