Mustamlakachilardan qachon qutulamiz

319
0

Mustamlakachilardan qachon qutulamiz

So‘nggi vaqtlarda O‘rta Osiyodagi rejimlarni Rossiya changalidan xalos bo‘lishga harakat qilayotganlari sezilmoqda. Albatta, bunga Rossiyaning ushbu mamlakatlarga nisbatan zulmi, quvvatini yo‘qota boshlagani va uning zaif siyosati sabab bo‘layotgan bo‘lsa, boshqa tomondan G‘arb mustamlakachilari (asosan AQSh) S5+1, CASA 1000, TAPI va boshqa shu kabi loyihalari orqali mazkur rejimlarni chalg‘itib, o‘z changaliga olishga harakat qilishmoqda. Shuningdek, o‘tgan yili Qozog‘iston janubida bo‘lib o‘tgan millatlararo nizo va shu yili Qirg‘izistonning Botken viloyatida sodir bo‘lgan chegara mojarosi O‘rta Osiyo rejimlarini xushyor torttirib, G‘arbga yuzlanishga majbur qildi. Sababi ular ushbu mojarolar ortida Rossiya turganini va Rossiya shunday yo‘l orqali o‘z siyosatiga to‘g‘ri kelmaydigan ishlar oqibatidan ogohlantirayotganini anglab turishipti. Hatto, Botkendagi xodisadan keyin oddiy odamlar ham bunday janjallar ortida Rossiya turganini tushinib etishdi. Rossiyaning iqtisodiy jihatdan ham zulmi kuchli. Qozog‘iston Rossiyaning ruxsatisiz qo‘shni mamlakatlarga yoqilg‘i moylash mahsulotlarini, O‘zbekiston va Turkmaniston esa gazini sota olmaydi, endilikda EOII Rossiyaning siyosiy quroliga aylandi. Shu sababli O‘rta Osiyodagi rejimlar bunday zulmdan xalos bo‘lishga harakat qila boshladilar.

Qirg‘iziston prezidenti mart oyida O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ikki davlat o‘ttiz yildan beri echilmay kelayotgan chegara masalasini to‘liq xal etishga harakat qildi. Albatta, bunday ko‘rinish Rossiyaga yoqmadi. Chunki, Rossiya chegara masalalari batamom hal etilishini xohlamaydi. Sababi, Rossiya kerak bo‘lgan vaqtda chegara mojarolari orqali ularning ichki ishlariga aralashishga, ta’sirini o‘tkazishga imkon topadi va topib kelmoqda. Bir oydan keyin, aprel oyining oxirida Botkenda mojaro kelib chiqdi. Biroq, ikki tomon bir-biri bilan nizolashayotgan bo‘lishiga qarmay Tojikiston ham, Qirg‘iziston ham Rossiyani vositachi, yarashtiruvchi bo‘lish istagini bildirishmadi. Bu ham Rossiyadan yuz o‘girishga bo‘lgan harakat hisoblanadi.

Yaqinda Qozog‘iston prezidenti Tojikistonga tashrif buyurigan bo‘lsa, kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Tojikistonga safar qildi. Shuningdek, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Turkiyaga safar qilib, turk hukumati bilan bir qator shartnomalar imzoladi. Ushbu shartnomalar siyosiy jihatdan ahamiyatsizdek ko‘rinsa-da ammo keyingi muhim hamkorlik va shartnomalarning debochasi bo‘ladi. AQSh O‘rta Osiyoga nisbatan siyosatining bir qismini Turkiya orqali amalga oshirishga harakat qiladi. Bu turk xalqlari birligi kabi madaniy loyihalardan tortib, Markaziy Osiyo integratsiyasini kuchaytirgan Turkiya-Qirg‘iziston o‘rtasidagi multimodal yo‘lak kabi iqtisodiy va strategik loyihalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu loyihalar o‘z navbatida Markaziy Osiyoni Rossiya ta’siridan uzoqlashtiradi.

Shu bilan birga qozoq hukumati Rossiyaga qarshi gapirishga jur’at qildi. 3-iyun kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Pankin EOII doirasida G‘arb sanktsiyalariga qarshi birgalikdan javob qaytarish haqida gapirib: “EOIIga a’zo davlatlar uchinchi tomonning do‘stona bo‘lmagan sanktsiyalariga javob berish choralarini ko‘rib chiqishni kun tartibiga qo‘ygan va ko‘rib chiqilmoqda”, – dedi. Biroq, Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi Pankinning so‘zlarini rad etib, boshqa davlatlar sanktsiyalariga javob berish choralari masalasida hech qanday muhokama bo‘lmaganini ma’lum qildi. Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi bayonotida Qozog‘iston EOII doirasidagi integratsiya jarayonlari faqat iqtisodiy xarakterga ega bo‘lishini ta’kidlandi. Bundan tashqari, OAV Qozog‘iston hukumati suv masalasi bo‘yicha hukumatlararo kelishuv va dasturlar tayyorlayotgani haqida xabar tarqatdi. Ushbu xabarlarga ko‘ra, Qozog‘iston suvdan foydalanish evaziga Tojikistonga texnika va yoqilg‘i-moylash mahsulotlari etkazib berishini, 370 million kub.metr suv uchun Qirg‘izistonga 370 million, O‘zbekistonga esa 250 million kilovatt-soat elektr energiyasi beradi. O‘rta Osiyo davlatlari rahbarlari shunday choralar orqali muammoni o‘zaro hal qila olamiz degan taassurot yaratib, Rossiyadan uzoqlashib, G‘arbga yuz burishmoqda. G‘arb esa O‘rta Osiyoni Rossiya ta’siridan chiqarib o‘z changaliga olishga harakat qilmoqda. Sababi, bu mintaqa bir tomondan Sharqiy Osiyoga yo‘l ochsa, boshqa tomondan Rossiya va Xitoy bilan chegaradosh. Ushbu voqealar oldida Rossiyaning qo‘lida qora kuchdan foydalanish va o‘z hududida yurgan O‘rta Osiyo mehnat muhojirlariga bosim o‘tkazishdan boshqa chorasi qolmayapti.

Afsuski, biz musulmonlar mustamlakachilar qo‘lidagi qo‘g‘irchoqqa aylanib, bu kurashdan aziyat chekkan, haqiqiy birlik va haqiqiy birodarlikni topa olmay xayron bo‘lib turipmiz. Mustamlakachi Rossiya ta’siridan chiqqanimiz bilan, mustamlakachi AQSh ta’siri ostiga kirib boryapmiz. Aslida, biz musulmonlarning birligi faqat Islom bilan bo‘ladi, faqatgina Islom bilan muvaffaqiyat va rivojlanishga erishamiz.

Xorun Abdulhaq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.