O‘zbekiston va Tojikiston hamkorligi to‘g‘risidagi 36ta hujjat imzolandi

349
0

O‘zbekiston va Tojikiston hamkorligi to‘g‘risidagi 36ta hujjat imzolandi

 O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga rasmiy tashrifi davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida 36ta hujjat imzolandi. Jumladan, tojik tovarlarini O‘zbekiston hududi orqali tranzit qilish, o‘zbek-tojik investitsion kompaniyasini tuzish, Zarafshon daryosi havzasida ikkita gidroelektr stantsiya qurish to‘g‘risidagi shartnomalar bor.

 “Tashrif doirasida umumiy qiymati 1 milliard dollardan ziyod bo‘lgan shartnomalar imzolandi. Transport va tranzit sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.  Shuningdek, temir yo‘l, avtomobil va havo transportida tashishlarni ko‘paytirish masalalarini muhokama qildik”, – dedi Mirziyoev.

 Ma’lumki, aprel oyi oxirida sodir bo‘lgan qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojarodan so‘ng qirg‘iz tomoni Tojikiston bilan chegaralarini yopib, fuqarolar qatnoviga cheklov kiritdi. Bunday tartib Japarovning Rossiyaga amalga oshirgan safaridan keyin joriy etilgan edi. Bu o‘z navbatida tojik hukumatining import-eksport imkoniyatini cheklab, qo‘shimcha qiyinchiliklarni yaratdi. Mirziyoevning Dushanbega tashrifi davomida imzolangan shartnomalar tojiklarga o‘z tovarlarini eksport qilishda yangi imkoniyatlar yaratadi.

 O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda etakchilik istagi va qo‘shni davlatlar bilan tuzayotgan strategik shartnomalari Rossiya manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli Mirziyoevning safari ortidanoq Rossiyada noqonuniy yurgan 200 ming o‘zbek mehnat migrantlarini deportatsiya qilish bo‘yicha ogohlantirish berildi. Bunga qadar qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro ham Rossiya tomonidan uyushtirilgani oshkor bo‘ldi. Ekspertlar buni Rossiyaning Markaziy Osiyo integratsiyasiga qarshi ogohlantirish sifatida baholashgan edi. Chunki, Rossiya Markaziy Osiyo davlatlaridagi ta’sirini mehnat muhojirlariga bosim o‘tkazish, chegara mojarolarini keltirib chiqarish, millatlararo nizolarni qo‘zg‘atish, mintaqalararo ziddiyatlar va hukumatga qarshi ichki muxolifatni qo‘llab-quvvatlash kabi vositalar orqali saqlab kelmoqda. Shuning uchun ham Markaziy Osiyo xalqlari Rossiyaning mana shunday iflos o‘yinlaridan ehtiyot bo‘lishlari kerak. Ayniqsa, terrorizm bahonasi bilan teraktlar sodir etishi va soxta diniy tahdidlar paydo qilishidan ehtiyot bo‘lish zarur. Sababi, bunday beqarorliklar ortidan KXShT tashkilotidagi bitimlar bahonasida Rossiyaning harbiy ekspantsiyasi boshlanishi mumkin.

 Mustamlakachilarning bunday iflos harakatlariga qarshi turish uchun dini bir, tili, madaniyati urf-odatlari yaqin bo‘lgan Markaziy Osiyo xalqlari Islom mabdasi atrofida birlashishlari shart. Shundoq ham musulmonlar mana shunday birlashishni istab turgan paytda bunday ish oson va faqat mana shu kuchgina mustamlakachilarning iflos siyosatlariga qarshi tura oladi!

Mumtoz Movarounnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.