بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Aqso va G‘azo urushi ortida nima turibdi?!
Doktor Muhammad Jiloniy qalamiga mansub
Axborot agentliklari Amerika, Evropa va arab davlatlaridagi rasmiylarning Falastin masalasini butkul hal etish uchun tarixiy imkoniyat mavjudligi, bu ikki davlat echimi haqidagi amerikacha tasavvurga asoslangan doimiy echim orqali amalga oshishi to‘g‘risidagi bayonotlarini tarqatdi. Shuningdek, Hamas harakati siyosiy bo‘limi raisi Ismoil Haniyyaning G‘azodagi qarshilik harakati g‘alabasidan keyingi strategik bosqich haqida bayonot bergani ham xabar qilindi.
Shubhasiz, Aqsoda yonib, G‘azoda lovullab alanga olgan urush u erda ko‘p faktlar mavjudligini isbotladi. Bu faktlardan asosiylari quyidagicha:
Falastin o‘zining barcha tarkibiy qismlari bilan hamon Islom Ummati yuragida turibdi…
Bosqinchilik har qancha cho‘zilmasin, Aqsoni yahudiylar uchun hargiz voz kechib bo‘lmaydi…
Ummat o‘zining ushbu tuprog‘i va muqaddas dargohlarini ozod etish yo‘lida molu jonini qurbon qilishga tayyor…
Musulmon yurtlaridagi mavjud rejimlar hanuz Ummat dushmanlarining, xususan, Amerika, Britaniya va yahudiy vujudining tomonida turibdi…
Yahudiy vujudi zaif vujud bo‘lib, u Ummatning nafaqat haqiqiy urushiga, hatto G‘azoda qamal qilingan Ummat farzandlari urushiga ham dosh berolmaydi…
Biz bu faktlarni tasalli va hamdardlik uchun keltirmayapmiz, balki Amerika va Britaniyadan iborat iblislarning vasvasasidan hamon qutulolmayotgan g‘arbparastlar, aldanganlar va malaylarga yana bir bor ta’kidlash uchun aytyapmiz.
Ayniqsa, bu faktlarni yuzlarida qo‘rquv alomati ko‘rinib turgan kimsalarga eslatma o‘rnida keltirmoqdamiz. Zero ular musulmon armiyalarning Ummat safiga o‘tib, Falastinda Unga yordam ko‘rsatishidan hamda mustamlakachi kofir xizmatiga o‘zlarini va hatto armiyalarini bag‘ishlagan hukmdorlar taxtlarini qulatishidan qo‘rqishmoqda.
Shuningdek, G‘azo va Falastindagi musulmonlarning shahidlari va bergan qurbonlaridan Bayden, Merkelь va Jonson kabi rahbarlarning ko‘rsatmalarini amalga oshirishda foydalanmoqchi bo‘layotgan kimsalarga ham eslatma sifatida keltiryapmiz. Zero, bu rahbarlar yahudiylarni Falastinda butun yurt qatlami, shu jumladan, qarshilik guruhlari ham tan oladigan davlat sifatida mustahkamlash uchun hozirgi fursat har qachongidan qulaydir, deb uqtirishmoqda. Ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlar hech kimga sir emas. Ularda Misrning sulhni rasman qabul qilgani, yahudiy vujudi bu sulh Misr taklifi bilan uyg‘un holda amalga oshirildi, deya bayonot bergani, qarshilik harakati ham sulh amalga oshishi yo‘lida ko‘rsatgan xizmatlari uchun Misrga tashakkur izhor etgani aytiladi.
To‘g‘ri, garchi Amerika ko‘plab masalalarni davlat departamenti orqali qo‘zg‘asa-da, biroq sulh masalasiga ochiqdan-ochiq Misrning o‘zi aralashdi va Hamas rasmiylari aytgan, strategik bosqich choralarini ko‘rdi… Ammo biz ushbu aralashuv alohida ahamiyat kasb etganini va uning «strategik bosqich», degan narsaga tamoman mos ravishda olib borilganini ta’kidlamoqchimiz. Buning muhim xususiyatlari shundaki, Misr xuddi shunday tajribani 1973 yil boshdan kechirgan. O‘shanda Misr armiyasi yahudiylar ustidan ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritib, ularni ildizi bilan qo‘porib tashlashiga bir bahya qolgan edi. Biroq siyosiy qopqonlar va ularning ovchilari ushbu harbiy g‘alabadan bir muncha makkorroq va kuchliroq chiqdi. Haqiqatdan ham, maqsad harbiy g‘alaba bo‘lgan edi va bunga hech kim shubha qilmagandi, Misr armiyasi bunga qodir edi. Biroq «strategik bosqich», degan narsa paydo bo‘ldi. Buni Anvar Sadat yahudiylar bilan sulh tuzish yo‘liga qadam bosib, «bosqinchilarning Falastinda haqlari bor»ligini tan olgan paytda tilga oldi. U jumladan, «Men urushda g‘alaba qozonganim kabi, tinchlik o‘rnatishda ham g‘alaba qozonishga haqqim bor», degan edi. Ya’ni, unga ko‘ra, yahudiylarning Sinaydan chiqib ketishlari muqobilida ular bilan tinchlik bitimini imzolash ham g‘alaba bo‘lgan!
Bugungi kunda Misr G‘azo va muborak Aqso urushi ortidan tashabbusni o‘z qo‘liga olib, kampaniyaga Amerikaning vakili sifatida etakchilik qilmoqda. Hech kimga sir emaski, Misr Ummat manfaatlaridan hech biriga rioya qilmaydi. Shunday bo‘lgach, manfaat Falastin, Aqso va Quddusga borib taqalgan bir paytda undan nimani kutish mumkin?! Bu davlat 1956 yil Savaysh kanali urushida Amerikaga orqa qilgan va uch tomonlama hujumdan qutqargani uchun o‘zini Amerikadan qarzdorman, deb hisoblaydi. 1967 yil urushidan so‘ng Misr «Rogers Plan» (Rojers loyihasi)ni bozorga solishni boshlagan. Amerikaning ayni loyihasi ikki davlat echimidan iborat bo‘lib, unga ko‘ra, yahudiy vujudi Falastinni, Falastin ham bu vujudni tan olishi kerak. Keyin Misr 1974 yil Falastin masalasini Falastin Ozodlik Tashkilotiga topshirdi va nihoyat bu tashkilot yahudiylar bilan sulhga kirishib, uni davlat deb tan oldi, unga arab va boshqa davlatlar ham ergashdi. 1978 yil Sadatning o‘zi bu yahudiy vujudiga borib, ularning cherkovlarini ziyorat qildi, Quddusdagi yahudiylar bilan uchrashib, bu vujudni qonuniy davlat sifatida e’tirof etdi. Mana shu ishlar bilan Misr, uning armiyasi va barcha kuchlari yahudiy vujudiga qarshi jang qilishdan voz kechgan, undan o‘zini sug‘urib olgan bo‘ldi. Shu orqali yahudiylarning cho‘qintirilgan otasiga aylanib, Amerikaning taslim bo‘lish va Falastinni rasman yahudiylar qo‘liga topshirish loyihasini amalga oshirish ishidagi dalloli bo‘lib qoldi. Misrda saylangan prezidentga qarshi harbiy to‘ntarish qilish orqali hokimiyatga Sisiy keldi… U taxtga o‘tirgandan boshlab, yahudiy vujudini mustahkamlash va turli vositalar bilan uni mudofaa qilishga bor kuchini ayamay sarflab kelyapti.
Mana shularning barchasi sababli, Misr Sisiy davrida ham, Husni Muborak, Anvar Sadat va Abdunosirlar davrida ham xoinlikni o‘ziga munosib ko‘rdi. Ummatning mabdai, muqaddas dargohlari, zamini va izzat-hurmatini inkor etishni o‘ziga ravo ko‘rdi. Xiyonat Misrning vujudigagina emas, balki butun ich-ichi va qalbidan joy oldi. Binobarin, turli minbardagilar ta’kidlashayotgan bugungi strategik bosqich ishi pok musaffo narsani najas qo‘llarga topshirish ishidan o‘zga narsa emas. Zero, Falastin masalasi pok musaffodir.
Falastin ishi Rosululloh ﷺ Aqso masjidiga sayr qilgan chog‘dan beri pok musaffodir…
Bu tuproqqa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu qadam bosganidan beri pok musaffodir…
Salohiddin Ayyubiy iflos salibchilardan ozod etgandan beri pok musaffodir…
Muzaffar Qutz bu yurtdan yirtqich mo‘g‘ullarni quvib chiqargandan beri pok musaffodir…
Abdulhamid najas yahudiylarga bermay himoya qilib kelgandan beri pok musaffodir…
Uning tuproqlarida shahid Qassam o‘ldirilgandan beri pok musaffodir…
Falastin masalasi Falastinning G‘azo, Ladd, Yaffa, Quddus, Kufr Qosim, Dayr Yosin, Janin, Xalil va boshqa shahar va qishloqlarining bosh masalasidir. Falastin muborak zamin bo‘lsa, uning ahli rabot-himoyachi xalqdir. Demak, Falastinning ishi ham, masalasi ham, vaziyati ham pokiza musaffodir. Bas, hech qachon va hech bir shaklda uning ishini, istiqbolini va masalasini xiyonatda haddan oshgan, malaylik qon-qoniga singib ketgan, mustamlakachi kofirga yurakdan xizmat qilayotgan kimsalarga hargiz topshirib bo‘lmaydi.
Misr rejimining ahvoli mana shudir. Shuningdek, bu ayni rejimdan ham past bo‘lgan hamda mustamlakachi kofir bilan yahudiy vujudiga ko‘proq malaylik qilayotgan rejimlarning ahvolidir. Zotan, butun arab hukmdorlari bitta maqomda o‘ynashyapti… har bir zararni o‘zlariga etadigan zarar deb hisoblashyapti, o‘zlari istamagan g‘alabaning yuz berishidan qo‘rqishyapti, yahudiy vujudining mavjud, barqaror turishini o‘z taxtlarining barqarorligiga sabab deb bilishyapti. Shuning uchun ular Falastinda va undan boshqa erlarda Ummat manfaatlariga jonkuydirishdan ko‘ra, yahudiy vujudini qo‘riqlashga, uni tan olish va mustahkamlashga ko‘proq jonkuydiradilar.
Shu erda biz qat’iy eslatib o‘tishimiz kerakki, bosqinchilikning hamda unga nisbatan qarshilik harakatining davom etishi, shuningdek, musulmonlar qalbida Falastin masalasi alangasi o‘chmay saqlanib turishi ushbu masalaning Amerika, uning malaylari, tobe va gumashtalari istagandek tugatilishidan ko‘ra engilroqdir. Bas, Falastinni butunicha ozod etishga bo‘lgan Allohning amriga qarshi chiqayotgan kimsalardan saqlaning… So‘z o‘yini qilib, bosqinchilik tugashiga chaqirayotgan, ammo Falastinni biror qarichini qoldirmay ozod etishga, yahudiylarning butunlay supurib tashlashga chaqirmayotgan kimsalardan ehtiyot bo‘ling. So‘nggi urushda musulmonlar ko‘rsatgan jasoratlarga guvoh bo‘ldik. Ular yahudiylarni mag‘lubiyatga uchratishga qodir ekanliklarini ko‘rsatdilar… Mana shular behuda gap sotuvchilarning muzokaralar sari harakatlanishiga mutlaqo o‘rin qoldirmadi. Chunki har qanday muzokara yahudiylarni – Hayfo mahallalaridan birortasida bo‘lsa ham – yana mustahkamlanib qolishiga olib boradi.
So‘zimiz nihoyasida shuni ta’kidlaymizki, bugungi kunda Islom Ummati Falastin va Aqsoga nisbatan o‘zining kim ekanini ko‘rsatdi. U hali ham o‘sha-o‘sha yaxshilikka boy, jihodni sevuvchi Ummatdir. Islom Ummati o‘zini yordamsiz qo‘ygan va halokat yoqasiga olib kelgan hukmdorlarga nisbatan qilishi kerak bo‘lgan ishni qiladi va ularni taxtlaridan yiqitib, o‘rinlariga Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid xalifani barpo etadi.
وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللَّهِ يَنصُرُ مَن يَشَاء وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ
«O‘sha kunda mo‘minlar Allohning nusrati sababli shodlanurlar. (Alloh) O‘zi xohlagan kishiga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir» [Rum 4-5]
Roya gazetasining 2021 yil 26 may chorshanba kungi 340-sonidan