بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir yigitlaridan biri Qrimda bosqinchi ruslar qo‘lida shahid bo‘ldi!
Turkiyada nashr qilinadigan «Tubdan o‘zgartirish» nomli jurnalda kelishicha, Rossiya Federal xizmati kuchlari Qrim yarim orolida Hizb ut-Tahrir a’zolaridan biri Nabi Rahimov uyiga bostirib kirishgan… So‘ng «hibsga olishga qarshilik qildi», degan vaj bilan uni otib tashlashgan! Qrimdagi advokatlar Federal kuchlarning Rahimov uyiga ertalabki soat oltida bostirib kirishganini va uni avval qiynoqqa solishganini, so‘ng o‘ldirishganini ta’kidlashmoqda. Biroq rus Federal xizmati ayni paytda «hibsga olish paytida qarshilik qildi», degan bahona bilan sodir etilgan jinoyatni yashirishga urinmoqda. Bu bosqinchi rus kuchlari Nabi Rahimovni o‘ldirish va unga hech bir aqliraso kishi ishonmaydigan ayblovlarni qo‘yish bilan kifoyalanmadi, balki marhumning ayoli bilan ikki o‘g‘lining deportatsiya qilinishini talab qildi. Masalan, Rossiya agressiyasi ostidagi Simferopol viloyati sudi Rahimov oilasini O‘zbekistonga deportatsiya qilinishidan oldin vaqtincha hibsda saqlash markazida saqlanishi to‘g‘risida hukm chiqardi.
Roya gazetasining 2021 yil 26 may chorshanba kungi 340-sonidan