Misr, Saudiya, Turkiya, Iordaniya va Suriya rejimlarining strategik vazifalari yahudiy vujudi xavfsizligini ta’minlashdir

137
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Misr, Saudiya, Turkiya, Iordaniya va Suriya rejimlarining strategik vazifalari yahudiy vujudi xavfsizligini ta’minlashdir

Bayrutdagi Misr elchixonasi oldida o‘tkazilgan namoyishda Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati matbuot raisi doktor Muhammad Ibrohim ma’ruza qilib, Falastin ahliga nusrat berish shart ekaniga e’tiborni qaratdi. Namoyish tugagach, Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati markaziy aloqalar qo‘mitasi a’zosi muhandis Bilol Zaydon Misr elchixonasining harbiy attashesiga maktub topshirdi. Maktubda bunday deyilgan: «Misr, Saudiya, Iordaniya, Turkiya va Suriyaning hamda Falastinga qo‘shni bo‘lgan boshqa davlatlar rejimlarining strategik vazifalari yahudiy vujudi xavfsizligini ta’minlash, Islom va unga da’vat qilayotganlarga qarshi kurashish bo‘lib keldi va hanuz shunday bo‘lib qolmoqda. Mana, Misr rejimi yahudiy vujudini mudofaa qilish uchun G‘azoni qachondan beri qamal qilib kelmoqda?! U G‘azo va Falastinga nusrat-yordam bermagan, bermaydi ham. Shuningdek, Ummat masalalariga hargiz qayg‘urmaydi ham. Falastin ahli G‘arbga arzongarov narxda sotilgan hukmdorlar va rahbarlarning hamdardlik bildirishiga muhtoj emas. Balki Ummat armiyasidagi, xususan, ezgulik sifatiga ega qo‘shin hisoblangan Kinona armiyasidagi xolis farzandlariga muhtoj. Ushbu ezgulik sifatiga esa, Sayks-Piko chegaralariga rozi bo‘lmay, anavi sharmanda rejimlar va malay hukmdorlarga itoat kishanlarini uzib, yahudiylarni supurib tashlash uchun harakatga kelgan armiyagina loyiqdir. Chunki bunday hukmdorlarga itoat qilib, Falastin ahlini yordamsiz tashlab qo‘yish hargiz joiz emas. Alloh Taologa osiylik qilayotgan, Ummatni bo‘lib, parokanda qilib, dushman manfaati va foydasiga harakat qilayotgan kimsalarga itoat qilinmaydi. Musulmonlar Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik soyasida birlashmagunlaricha Falastinni ozod etib bo‘lmaydi.

Roya gazetasining 2021 yil 26 may chorshanba kungi 340-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.