Bu yilgi Ramazon ham Islom Ummatiga Xalifalikning yo‘qligi oqibatlarini namoyon qildi

290
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Bu yilgi Ramazon ham Islom Ummatiga Xalifalikning yo‘qligi oqibatlarini namoyon qildi

Bu yilgi Ramazonda ham har yilgidek voqelik takrorlanmoqda… Musulmon yurtlaridagi rejimlar Ramazondan foydalanib, o‘tgan asr mobaynida musulmonlar miyasiga quyishgan Ramazon tinchlik oyidir, degan narsani tiqishtirishyapti. Vaholanki, bu oy jihodlar va fathlar oyi bo‘lgan. Bu yilgi Ramazonda musulmonlar uy-joylaridan mahrum qilinib, erlaridan majburan ko‘chirildilar. Bu Britaniya bosqinchilik qilgan, so‘ng bu bosqinchilikni yahudiylarga o‘tkazgan zamondan beri an’ana bo‘lib kelmoqda. Bu yilgi Ramazonda musulmonlarning hukmdorlari yahudiy vujudi zo‘ravonligi qarshisida sukutni lozim ko‘rib, uni birinchi mudofaa chizig‘i o‘laroq bilishyapti, bu vujudni mustahkamlash uchun nima qilish kerak bo‘lsa barchasini bajarib, yana yolg‘on ko‘z yoshlari to‘kishyapti. Bu yilgi Ramazon Islom Ummatiga Xalifalikning yo‘qligi oqibatlarini namoyon qildi. Go‘yo qo‘limizda hech narsa yo‘qdek, Falastinni bir kundayoq ozod etishga qodir kuchli armiyalarimiz ham, xolis askarlarimiz ham yo‘qdek.

Falastin bizning aqidamizga chambarchas bog‘liq islomiy masala bo‘lib, kurashimizning eng oldingi chizig‘ida turmog‘i shart. Bu masala mustamlakachilar changalidan ozod bo‘lish uchun Ummat darajasidagi kurashni ramziy ma’nosini anglatadi. Chunki Falastinga yahudiylarni vujud sifatida ekkan va bizni ularning jinoyatlaridan chalg‘itish uchun soxta-qo‘g‘irchoq hukmdorlarni tepamizga olib kelgan mana shu mustamlakachilardir. Shubhasiz, mana shu malay hukmdorlar yanchib tashlanmaguncha Falastinni ozod etishning imkoni yo‘q. Buning uchun esa, musulmonlarni bir tanu bir jon qiluvchi roshid Xalifalikni barpo etmoq shartdir.

Roya gazetasining 2021 yil 12 may chorshanba kungi 338-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.