Ashaddiy dushmanimiz bo‘lgan Amerika va kofir G‘arbdan mutlaqo bizga yaxshilik kelmaydi

235
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ashaddiy dushmanimiz bo‘lgan Amerika va kofir G‘arbdan mutlaqo bizga yaxshilik kelmaydi

Al-Jazira net (hijriy 1442 yil 24 Ramazon, milodiy 2021 yil 6 may payshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Kecha payshanba kuni Qo‘shma Shtatlar BMT Xavfsizlik Kengashiga 2011 yildan beri Suriya rejimining o‘z xalqiga qarshi kamida 50 marta kimyoviy qurollardan foydalanganini ma’lum qildi.

Bu so‘zlarni AQShning BMTdagi vakili o‘rinbosari Richard Mills Xavfsizlik Kengashining Suriyadagi kimyoviy qurollar bo‘yicha o‘tkazgan navbatdagi virtual sessiyasida aytdi.

Mills sessiyada «Vashington Suriya rejimining vahshiyona qilmishlari va bu qilmishlardan ba’zilari harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar darajasiga ko‘tarilgani, shu jumladan, mojaro boshlangandan beri bu rejim kamida 50 marta kimyoviy qurollar bilan hujum qilgani to‘g‘risida ma’lumotga ega», dedi.

Qo‘shma Shtatlar ayni ma’lumotlarga tayanishda davom etib, prezident Bashar Asadning qo‘lida zarin gazidan foydalanishi uchun etarli miqdorda kimyoviy moddalar mavjudligini ta’kidlamoqda».

Roya:

Musulmonlarga Amerika va mustamlakachi kofir G‘arbdan yovuzlikdan boshqa narsa kelmagan, kelmaydi ham. Ular yaxshilik olib kelishlarini har qancha iddao qilishmasin, malaylari bo‘lgan Suriya rejimi va uning qo‘llab-quvvatlovchi rejimlardan Suriya ahliga qarshi urushni to‘xtatishni talab qilishmasin, bularning barchasi yolg‘ondir. Chunki aslida, Suriya xalqiga qarshi xalqaro ko‘lamda taqiqlangan qurollarning barcha turlari va shakllaridan foydalanish hamda ularni qirg‘in qilish va ularni qochqinga aylantirish uchun yashil chiroq yoqib berganlar mana shu Amerika va mustamlakachi kofir davlatlardir. Islomga qarshi sokin urush AQSh demokratlari qo‘llaydigan navbatdagi bosqichiga asos bo‘lishi mumkin va bu Respublikachilarning ochiq urushidan-da xatarlidir. Bu narsa Saudiya, Eron, Turkiya, Misr kabi mintaqa davlatlari o‘rtasida kechayotgan munosabatlarni normallashtirish va yarashuvga muvofiq keladi. Erdogan rejimi bilan Asad rejimi o‘rtasida kutilayotgan yakuniy yarashuv esa, Suriyadagi muborak qo‘zg‘olonni yo‘q qilish sahnasidagi asosiy bo‘lim tugaganidan so‘ng e’lon qilinadi. Hech shubha yo‘qki, qo‘zg‘olonga makr qilayotganlarning makr va til biriktiruvi unga hargiz zarar etkazmaydi, bil’aks, Alloh Taolo qo‘zg‘olon uchun nusrat va g‘oliblik darvozalarini ochib berajak.

Roya gazetasining 2021 yil 12 may chorshanba kungi 338-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.