Ali Erbosh: Ey musulmonlar, qachon birlashasiz?
Turkiya diyonat ishlari vaziri Ali Erbosh bosqinchi yahudiylarning jinoyatlariga qarshi Islom Ummatini birlashtirish shartligini bildirdi. Erbosh bu haqida “al-Aqsa va Quddus” masalasida favqulodda tashkil qilingan umumjahon Islom Ulamolari assotsiatsiyasi yig‘ilishida aytib o‘tdi.
“Bir necha bor ta’kidlaganimdek, Quddusni bosib olganlar islomiy jamiyatning tarqoqligidan jasorat olishmoqda. Shuning uchun biz bugun Ummatni zayiflashtirgan va tarqoqligiga sabablar bo‘lgan ishni yaxshi aniq tushunib etishimiz lozim. Faqat shiorlarni ko‘tarib chiqish etarli emas, muammoni hal qilish uchun real qadamlar tashlashimiz kerak. Darhol birlashishimiz va ummatning birligini ro‘yobga chiqarishimiz kerak. Bu qiyin ish emas. Ulamolar bunga bosh bo‘lishlari kerak. Butun dunyo biladiki, musulmonlar o‘z imkoniyatlarini birlashtirganda, dunyodagi eng katta kuchga aylanadilar” dedi Erbosh.
Shuningdek Sakaryadagi Orhan masjidi oldida jurnatistlarga intervьyu bergan Erbosh, “Ey musulmonlar, qachon birlashasiz? Bir hovuch yahudlar jasoratiga sabab bo‘layotgan g‘aflatdan qachon uyg‘onasiz”, deya murojaat qildi.
Izoh: Darhaqiqat Islom ummatining birligi hayot-mamot masalasidir. Bu haqida ulamolar va imom xatiblar ma’ruzalarida bod-bod takrorlashadi. Buni bilmagan yoki inkor qladigan musulmon bo‘lmasa kerak. Biroq mana shu birlashish qanday va nima bilan amalga oshadi, masalaning shu tomonini yoritish zarur. Yuqorida Musulmonlarni birlikka chaqirgan janob Erbosh ham bu haqida to‘xtalmadi.
O‘zingiz bir o‘ylab ko‘ring, Musulmonlar ellikdan ortiq davlatchalarga bo‘linib ketgan bo‘lsa, ularning har birining o‘z prezidenti, alohida konstitutsiyasi, sim tortilgan chegarasi bo‘lsa, qanday birlashish mumkin? Bularning barchasi Islom Ummatining birlashishiga to‘sqinlik qiladigan omillar emasmi? Masalan hozir Falastindagi musulmonlar bilan birlashmoqchi bo‘lgan boshqa erlardagi musulmonlar yo‘lga otlansa, birinchidan o‘zlarining davlati chegaradan chiqarmasa, ikkinchidan Falastin hukumati ularni kirgizmaydi. Agar bu Musulmonlar o‘z qarorlarida qat’iy turib, chegara qonunlariga itoat qilmasa, darhol “terrorizm” yoki “eksrtimizm” aybi bilan qo‘lga olinadi.
Demak birlashish uchun avvalambor o‘sha birlashishga to‘siq bo‘ladigan omillarni bartaraf qilish kerak bo‘ladi. Aksincha, faqat birlashishga chaqirib qo‘yishning o‘zi bilan hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Shunday ekan, ulamolar va imom xatiblar Musulmonlarni birlikka chaqirgan paytda, buning uchun soxta chegaralarni yo‘q qilib, hududlarni birlashtirish, G‘arbdan olingan konstitutsiyalarni rad qilib, Qur’oni Karimni dastur qilib olish va ellikdan ortiq rahbarlar o‘rniga bitta siyosiy rahbar tiklash shartligini etkazishlari lozim. Ana shunda butun musulmonlar bayrog‘i bitta, rahbari bitta, konstitutsiyasi bitta bo‘lgan Xalifalik davlati ostida birlashishga muvaffaq bo‘ladilar.
Qiyomuddin Sharif