Da’vatni ko‘tarib chiqqan onaxonning vafot xabari
Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati fozila murabbiya onaxon Fathiya Yusuf Ahmadsabotayn (Najohsabotayn-Ummu Muoz)ning bugun 2021 yil 21-aprel dushanba kuni erta tongda vafot etganini qayg‘u ila xabar qiladi.
Ummu Muoz butun hayotini Alloh Azza va Jallaga itoat qilib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlashga da’vat qilish bilan o‘tkazdi. Bu fozila onaxon Hizb ut-Tahrir safida da’vatni ko‘tarib chiqayotgan hur ayollardan biri edi. Ushbu yo‘lda ko‘p mashaqqatlarni boshdan kechirganiga qaramay, shu holatda sobit turdi. Masalan, 2018 yil Iordaniya rejimi Ummu Muozni da’vatni etkazgani uchun – keksa yoshdaligiga qaramay – qamoqqa oldi. Ammo bu tazyiq va qamoqlar Ummu Muozni sabotiga sabot, Alloh yo‘lida da’vatni etkazish qat’iyatiga qat’iyat qo‘shdi, xolos.
Darhaqiqat, marhuma o‘tkir siyosiy aql va yorqin fikr sohibasi edi. Jamiyatda, xususan, ayollar orasida fikriy va siyosiy forumlar va tadbirlar orqali fikriy va siyosiy ongni yoyish bilan faoliyat qildi. Bir necha kitoblar yozdi. Ulardan muhimlari «Islomiy uyg‘onish tushunchalari», «Hizbiy uyushma sharhi», «Ilmoniylikning birinchi qurboni Afg‘onistondir» kitoblaridir. To Parvardigori huzuriga chaqirilgunga qadar mana shunday ravishda da’vatni etkazishda sobit turdi.
Biz Alloh Taolodan Ummu Muozni o‘zining keng rahmatiga burkashini, bepoyon jannatiga doxil etib, bizdan, Islom va musulmonlardan go‘zal mukofot bilan taqdirlashini so‘rab qolamiz.
Berguvchi ham, olguvchi ham Alloh. Biz Robbimiz Subhanahu va Taolo rozi bo‘ladigan ushbu kalomdan boshqasini aytmaymiz: Inna lillahi va inna ilayhi rojiun, la havla va la quvvata illa billah.
Hizb ut-Tahrirning Iordaniya viloyatidagi matbuot bo‘limi