Islomda jazolar nizomi
Jinoyatning oldini olish maqsadida jazolar tayinlanadi
Jinoyat – bu jazoga loyiq bo‘lgan ishdir
Jazoga loyiq bo‘lgan ishlar: farzni bajarmaslik, Harom ishni qilish, davlat tomonidan chiqarilgan buyruqlar va taqiqlarga bo‘ysunmaslikdir.
Islom shariati jinoyatlarning dunyoviy va uxroviy jazosi bo‘lishini bayon qilgan. Uxroviy jazo – bu Qiyomat kunida Allohning jinoyatchiga beradigan jazosidir.
Jazolar to‘rt xil bo‘ladi: hadlar, jinoyatlar, ta’zir va qonunbuzarliklar. Ularni xalifa, ya’ni davlat amalga oshiradi. Dunyoviy jazo uxroviy jazoni soqid qiladi. Demak, jazo posbon va xaloskordir. Posbonligi shundaki, u insonni gunoh qilishdan, jinoyat sodir etishdan tiyadi, qo‘riqlaydi. Xaloskorligi shundaki, dunyoviy jazo uxroviy jazodan xalos etadi.
Hadlar – Allohning haqqi tufayli belgilangan jazolardir.
Jazosi had bo‘lishi vojibligiga ittifoq qilingan gunohlar oltitadir. Ular: 1. zino va bachchavozlik, 2. zino haqida tuhmat, 3. o‘g‘irlik, 4. aroq ichish, 5. dindan qaytish, 6. bosqinchilik.
Hadlar hokim tomonidan kechirilishi aslo joyiz emas. Chunki ular Allohning haqqidir. Uni hech kim hech qanday sharoitda soqit qila olmaydi.
Jinoyat – qasos yoki to‘lovni keltirib chiqaradigan badanga qilinadigan tajovuzdir. U jonga qilingan tajovuzni ham, boshqa a’zoga qilingan tajovuzni ham o‘z ichiga oladi.
Bu masalalarda haqdorning kechirishi bilan hokim ham batamom kechirishga majbur.
Ta’zir – had ham, kafforat ham belgilanmagan jinoyatning qonuniy jazosidir. Shore’ qaysi bir jinoyatga jazo tayinlashni hokimning ixtiyoriga tashlab qo‘ygan bo‘lsa, unga hokim jazo tayinlaydi. Shu tayinlangan jazo ta’zir deyiladi.
Ta’zir haddalar va jinoyatlardan farq qiladi. Hadda hokimning kechirishga va jazoni bekor qilishga haqqi yo‘q. Jinoyatda haqdor odamgina kechirishi mumkin. Tazirda esa kechirish va jazoni bekor qilish joizdir.
Yana bir farq shundaki, had va jinoyat odamlarga qarab farqlanmaydi. Ular hamma uchun barobar. Ta’zir esa odamlarga qarab farqlanishi mumkin. Unda muqaddam gunoh qilmaganlik, o‘zini yaxshi tutib yurgan bo‘lishlik kabi sifatlar inobatga olinadi.
Demak, tazirda bir shaxs bir gunoh tufayli qamalishi, ikkinchi bir shaxs esa xuddi shu gunoh tufayli ogohlantirilishi, tanbeh yoki hayfsan olishi mumkin.
Masalan, namoz o‘qimaslik, ro‘za tutmaslik, zakot bermaslik, odamlar haqqini ado qilmaslik kabi ishlar farzni tark etishdir. Birovga tuhmat qilish, boylikni xazina qilib olish, birovnikini o‘zlashtirish, josuslik kabi ishlar haromga qo‘l urishdir. Ularni qilgan odamni Olloh Taolo azobdan ogohlantiradi. Shunday bo‘lgach, hokim ular uchun ta’zir jazosi belgilasa, hech gap yo‘q. Chunki farzni tark etish ham, haromni qilish ham gunoh hisoblanib, uning jazosini berish vojibdir.
Xalifa qaysi birini jinoyatdan qaytarishga etarli, deb topsa, o‘shanisiga hukm qilishi joiz.
Ta’zirga oid tabanniy qilingan voqealar etti turlidir.
1. Sha’nga tajovuz qilish; 2. Qadr-qimmatga tajovuz qilish; 3. Aqlga ozor beradigan ishni qilish; 4. Molga tajovuz qilish; 5. Tinchlikka raxna solish; 6. Davlat xavfsizligiga tajovuz qilish; 7. Dinni tahqirlaydigan ishni qilish.
Qonunbuzarlik – hokimiyat qonunlariga rioya qilmagan kishiga hokimning beradigan jazosidir.
Hokim chiqaradigan qonunlar shaharlar qurish va lashkarni tashkillashtirish kabi – u o‘z fikri va ijtihodi bilan yuritadigan ishlar chegarasidan nariga o‘tmasligi kerak. Zero, uning shu doiradagina o‘z fikri va ijtihodi bilan buyruq va taqiqlar chiqarishga haqqi bor. Aynan shularga itoat etmaslik qonunbuzarlik hisoblanadi.
Shore’ xalifaga odamlarga buyurish va taqiqlash huquqini bergani kabi, qonunbuzarlarni jazolash, jazo turini tayinlash huquqini ham bergan. Qonunbuzarlik jazosi uchun da’vogarning mavjud bo‘lishi shart emas. Qozi qaerda bo‘lmasin, undan xabardor bo‘lgani zahoti qozilik yig‘ilishisiz ham hukm chiqarish huquqiga ega.
Masalan, shahar maydonlari va umumiy yo‘llarga muayyan masofa va chegara belgilab, odamlarga undan falon metrgacha bo‘lgan masofaga uy qurish yoki ekin ekishni taqiqlaydi. Kimki bunga bo‘ysunmasa, uni jarima solish, darralash yoki qamash bilan jazolaydi. Savdo-sotiq ishlarini boshqarish uchun maxsus o‘lchov asbobi (ya’ni, kilogramm, qadoq, litr) tarozi va o‘lchagichlarni tayinlab berish ham xalifaning haqqidir. Ularga bo‘ysunmagan odam ham jazolanadi.