Hizb ut-Tahrir o‘z ahlini hargiz aldamaydigan xolis ongli siyosiy etakchidir

316
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir o‘z ahlini hargiz aldamaydigan xolis ongli siyosiy etakchidir

Siyosiy etakchilikning qo‘zg‘olonlardagi roli g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki uning eng muhim vazifasi qo‘zg‘olonni o‘z maqsadi sari barqaror va ongli qadamlar bilan etaklash bo‘lib, qo‘zg‘olonga rahnamolik qiladi va dushmanlar makridan himoya qiladi. Chunki ugina qarorlar qabul qilishda hikmat sohibidir. Faqat ugina til biriktiruvlarni fosh etish va siyosiy tuzoqlarni topib, ishdan chiqarish uchun siyosiy ong egasi hisoblanadi. Siyosiy etakchilik qo‘zg‘olonning tarkibiy qismlarini to‘plab, kristallangan loyiha va mufassal dastur atrofida birlashtirish ustida ishlaydi hamda ko‘zlangan maqsadga etish sari qo‘zg‘olgan Ummat harakatining davomiyligini saqlab qoladi.

Darhaqiqat, Shomdagi muborak qo‘zg‘olon bir nechta siyosiy zarbalarga uchrab, zaiflashdi, maqsadiga yo‘l ko‘rsatuvchi kompasini yo‘qotdi. Ya’ni, ushbu qo‘zg‘olonga qarshi butun dunyo til biriktirdi. Dunyoning oldingi safida AQSh turdi, uning qo‘g‘irchoqlari Suriya xalqiga o‘zlarini do‘st qilib ko‘rsatishdi… Hanuz shular barcha baloning va yovuzlikning o‘chog‘i, qo‘zg‘olon yuragiga sanchilayotgan qattol xanjar bo‘lishda davom etishmoqda. Alaloqibat, Shom ahli muzokaralar, yarashuvlar o‘yiniga tortildi… Bu muzokara va yarashuvlar ularni majburiy ko‘chirishga, ozod etilgan hududlarning qo‘ldan ketib ozayishiga olib keldi. Hammasidan ham eng avvalo qonxo‘r rejimni ag‘darilishdan qutqarib qoldi. Shubhasiz, bugun Shom qo‘zg‘olonining bu ahvolga tushishiga uning Alloh, Rosuli va mo‘minlarga xolis turgan ongli siyosiy etakchilik ortidan ergashmaganligi sabab bo‘ldi. Zero, Ummatning Shomdagi qo‘zg‘olon kemasini omonlik qirg‘og‘iga salomat olib chiqishga mana shu etakchilikkina qodirdir.

Bugungi kunda xolis ongli siyosiy etakchi bo‘lgan Hizb ut-Tahrirga Shom qo‘zg‘olonining ergashishga muhtojligi halokatli to‘lqinlar girdobida qolgan kemaning mohir kemachiga muhtojligiga o‘xshaydi. Zero, mohir kemachi Allohning o‘ziga tavakkal qilib, suyangan holda kemani xavfsizlik sohiliga etaklay oladi. Bu sohilda Alloh bizga barpo etishni amr qilganidek, insonlar Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik soyasida baxt-saodatli hayot kechirib, Parvardigorlarini rozi qiladilar.

Roya gazetasining 2021 yil 7 aprel chorshanba kungi 333-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.