Turkiyaning Istanbul konventsiyasidan chiqishi

149
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Turkiyaning Istanbul konventsiyasidan chiqishi

Al-Jazira netning (hijriy 1442 yil 8 sha’bon, milodiy 2021 yil 21 mart yakshanba kuni) nashr qilgan xabarida bunday deyilgan:

«Turkiya xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish to‘g‘risidagi Istanbul konventsiyasidan chiqdi hamda bundan yurtning ijtimoiy tarkibini himoya qilish maqsad qilinganini ta’kidladi. Vaholanki, Turkiyaning bunday qadami ichki tanqidlarga va Evropaning tanqidiga uchramoqda.

Rasmiy gazetada aytilishicha, shanba kuni ertalab Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan o‘z yurtining 2011 yil may oyida imzolangan, so‘ng 2012 yil fevralda vazirlar kengashi tomonidan ma’qullangan Istanbul konventsiyasidan chiqqanini bildirdi. Turkiya rasmiy gazetasi ayni konventsiyadan chiqish sababini ochiqlamadi. Biroq, Turkiyaning bir qator rasmiylar bu konventsiya oila birligiga va turk jamiyatidagi konservativ an’analarga xavf tug‘dirganini ta’kidladilar».

Roya:

Turkiya rejimi ilmoniy rejim bo‘lib, yurtda bir qator erkinliklar, shu jumladan shaxs erkinligi amalda mavjud. Shaxs erkinligidan esa, axloqsizlik ko‘rinishlari, korruptsiya, harom aloqalar kelib chiqmoqda… Erdogan 2011 yil bosh vazir bo‘lgan paytda Evropa va G‘arbga xushomad qilib, ayni konventsiyaga imzo chekkan edi… U G‘arb madaniyatini qabul qilib, uni mana shu konventsiya orqali Turkiyaga zo‘rlab tiqishtargan… Mana shularning barchasiga qaramay, Erdogan ular aytayotgan konservativ tashkilotlar bosimi ostida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish to‘g‘risidagi Istanbul konventsiyasidan chiqishga qaror qildi. Chunki oilalar buzilishi, ajralishlar va gomoseksualizm hajmi juda oshib ketdi.

Turk rejimi bu kabi konventsiya va shartnomalarga imzo chekadi-da, keyin ularning buzuqliklar ko‘payishi, oilalar parchalanishi, ajralishlar hajmi oshishi kabi halokatlarni keltirib chiqarganini tan olib, ulardan chiqmoqda va voz kechmoqda… Voqelikda mana shunday ofatlarga sabab bo‘layotgan bunday konventsiyalar yaltiroq shiorlar bilan o‘ralgan zahri qotildir. Ya’ni, ular G‘arb madaniyatiga ko‘zi qamashgan va Islom ahkomlaridan butunlay g‘aflatda qolgan ayrim sodda insonlarni aldovchi shiorlar bilan chiroyli qilib ko‘rsatilmoqda. Vaholanki, Hakim va Xobir Allohning huzuridan kelgan Islom ahkomlari ayol kishini mukarram qilib, haq-huquqini himoya qildi. Shu sababdan ayollar Islom ahkomlari tatbiq etilgan zamonlarda poklik va iffatini, martabasini hamda iqtisodiy, siyosiy huquqlarini yo‘qotmagan holda, aziza va mukarrama bo‘lib yashadilar. Evropa esa, u paytlarda o‘rta asr zulmatlarida yashab, ayol kishini shayton deb hisoblar edi, uni cho‘ri qilib, hayvonlarga qiladigan muomalani qilardi.

Turkiyada bo‘lgan bu voqea Falastin ahli uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lishi lozim. Toki, Istanbul konventsiyasi singari kelishuvlarni qabul qilish qanday oqibatlarga olib kelishini aynglab etsinlar. Zotan, Istanbul konventsiyasi CEDAW konventsiyasidan kelib chiqqan xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish qonunining nomlaridan biridir. Feministik tashkilotlar  G‘arbning, xususan Evropaning qo‘llab-quvvatlovi va Falastin rejimining til biriktiruvi bilan Falastinida ayni shu qonun tatbiq etilishini talab qilmoqda. Maqsadlari, xotin-qizlarni himoya qilish niqobi ostida, buzuqlik va razolatni keng yoyish va Islom Ummatining so‘nggi qal’asi bo‘lgan oilani ham vayron etishdir…

Falastin ahli bor imkoniyatlarini ishga solib, qari Evropaga qarshi turishlari kerak. Bugun Evropa fohishaxonaga aylanib qoldi… U erda na oila qoldi, na nasl-nasab. Shu bois tug‘ilish kamayib, buzuqliklar va ikki jinslilar nikohi ko‘paydi. Endi u o‘zi tushgan bunday badbo‘y botqoqlikka yuzsizlik va ifloslik bilan musulmon yurtlarini ham tortmoqchi. Shuning uchun Turkiyaning ayni konventsiyadan chiqqanini ko‘rib jini tutdi… Hatto Evropa Kengashi Turkiyaning Istanbul konventsiyasidan chiqishini «vayronagarchilikdan darak berish», «xotin-qizlar himoyasini tahdidga solish», deb atadi. Germaniya tashqi ishlar vazirligi Turkiyaning Istanbul konventsiyasidan chiqishi Evropa va turk xotin-qizlariga noto‘g‘ri signal beradi, dedi. Frantsiya tashqi ishlar vazirligi Turkiya hukumatining bu harakati inson huquqlari borasida navbatdagi qoloqlikni keltirib chiqaradi, dedi. Turkiyadagi evropaparast kamolchilar harakati, ayniqsa, Respublikachi Xalq partiyasi, feministik tashkilotlar hukumatga bosim o‘tkazib, konventsiyadan chiqishiga to‘sqinlik qilishga urinishdi.

Roya gazetasining 2021 yil 7 aprel chorshanba kungi 333-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.