Matbuot bayonoti
Pokiza muslimalardan qo‘lingizni torting!
2021-yil 29-mart kuni Bishkek shahar Lenin tumani ichki ishlar boshqarmasi xodimlari erta tongda, bomdod nomozidan keyin 6ta xonadonga bostirib kirib, bir nechta opa-singillarimizni qo‘lga olishdi. Qo‘lga olishganidan so‘ng ular bir singlimizdan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning sharafi himoya qilingan tadbirlarda ishtirok etgani borasida ko‘rsatma olishgan. Boshqa opa-singllarimizni ham shu bahona bilan qo‘lga olishgan.
Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: Nima, bu bilan hukumat Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamni haqorat qilganlarni qo‘llayaptimi? Yoki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning sharafini himoya qilish va shu munosabat bilan o‘tkazilgan tinch mitingda ishtirok etish jinoyat hisoblanadimi?! Albatta yo‘q! Nafaqat shariatda, hatto ularning bugungi johiliy qonunlarida ham bu jinoyat hisoblanmaydi. U holda hukumat bu orqali nimani ko‘zlamoqda?
Birinchidan, bunda hukumat mustamlakachi kofir xo‘jayinlari va ularga malay bo‘lgan qo‘shni mamlakatlar hukumatlarining Islomga qarshi qilayotgan gij-gijlariga bo‘ysunayotgani aniq. U holda bunday davlat hokimiyatidan nima ma’no bor? O‘zgalarning talablariga bo‘ysunadigan bo‘lsa, hokimiyatning o‘z xalqiga g‘amxo‘rlik qilishi kerak degan asosiy mas’uliyati qaerda qoladi?
Ikkinchidan, hozir oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘sdi, ishsizlik darajasi oshdi, inflyatsiya kuchayishi ortidan xalq qiynala boshladi, natijada hokimiyatga nisbatan noroziliklar kuchayib bormoqda. Shu sababli hokimiyat xalqni “diniy ekstremizm” bilan chalg‘itishga harakat qilmoqda. Hizb a’zolariga nisbatan bo‘layotgan bu va bundan boshqa voqealar shunga dalolat qilmoqda. Aslida, hokimiyatning hozirgi vazifasi xalqni muammolardan chalg‘itish emas, balki muammoning to‘g‘ri echimini topib, odamlarning muammolarini hal qilishdan iborat bo‘lishi kerak.
“Diniy ekstremizm” asli yo‘q narsa, bu mustamlakachilarning Islomga qarshi kurashish uchun o‘ylab topgan ertagi. Bundan tashqari, Akaevdan tortib bugungi kunga qadargi hokimiyatlarning barchasini hokimiyatga kelishi yoki ketishi – o‘zlarining qonunlariga binoan – ekstremizmga to‘g‘ri keladi. Aslida, ushbu hokimiyatlar va ularning xo‘jayini bo‘lgan mustamlakachilar Hizb ut-Tahrir hokimiyatga erishish uchun kuch qo‘llamasligini juda yaxshi bilishadi. Hizb qo‘rqqanidan emas, balki bu shar’iy hukm bo‘lgani uchun shunday qiladi hamda faqat fikriy va siyosiy kurash olib boradi. Hizbga qarshi bunday bosimlar bo‘lganida esa bu Hizb a’zolari g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shadi va faoliyatini yanada kuchaytiradi.
Ey hokimiyat egalari, sizlar ham Ummatning bir bo‘lagisizlar, shuning uchun Ummatning farzandlari bo‘lgan Hizb a’zolariga tuhmat qilib, zulm o‘tkazuvchi zolimlardan bo‘lib qolmanglar. Ummat hozir qiyin vaziyatda turipti, uning muammolarini eng afzal suratda hal qilishga harakat qiling. Eng to‘g‘ri echimlar esa Islomda majud.
Ey organ xodimlari, turli davlat to‘ntarishlarida turli xil kuchlar tomonidan qanday toshbo‘ron qilinganingizni eslang, endi kuchlaringni muslima opa-singillaringizga ko‘rsatib, alamlaringni ulardan olyapsizlarmi?! Es-xushingizni yig‘ishtirib oling!
Alloh taolo aytadi:
وَالَّذِينَ يُؤْذُونَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ بِغَيْرِ مَا اكْتَسَبُوا فَقَدِ احْتَمَلُوا بُهْتَانًا وَإِثْمًا مُّبِينًا
“Mo‘min va mo‘minalarga, ular biror narsa qilmasalar ham ozor beradiganlar, batahqiq, o‘z ustilariga ochiq bo‘hton va gunohni olibdilar”. [33:58]
Hizb ut-Tahrir – Qirg‘iziston
01. 04. 2021