Xalifalik barpo bo‘lishi omillari Ummatda tayyor

428
0

Xalifalik barpo bo‘lishi omillari Ummatda tayyor

Ustoz Abdurrauf Omiriy qalamiga mansub

Makkai Mukarramada Islom tongi otgandan boshlab, hatto Madinai Munavvarada davlat barpo bo‘lgandan keyin ham Islom nurini o‘chirish va bu nurga ko‘z tikib turganlarga uning ziyosi etib borishiga yo‘l qo‘ymaslik urinishlari bo‘ldi. Biroq ushbu dinning buyukligi, musulmonlardagi imonning quvvati hamda ularning shu din bilan yashashga va uni butun insoniyatga hidoyat risolasi sifatida etkazishga bo‘lgan qat’iyatlari munofiqlar xiyonatini va Madinadagi yahudiylar makrini yo‘q qildi. Bundan tashqari, Rum va Fors davlatlarining arab hududlaridagi ushbu yosh davlatni bo‘g‘izlash uchun qilgan harbiy harakatlariga barham berib, salibchilar va mo‘g‘ullarning Islom davlatini nafaqat parchalab tashlash, balki musulmonlarni ildizidan quritish uchun bo‘lgan urinishlariga yakun yasadi.

Bu urushlarda nusrat va zafar musulmonlarni tark etmadi. Faqat ba’zi hollardagina zafar dushman tomonida bo‘ldi. Ammo musulmonlar tez orada ulardan tashabbusini qaytarib oldilar. Biroq hijratning oltinchi asrida musulmonlar Islomni tushunish va unga amal qilishda arab tiliga e’tiborsizlik qilganliklari tufayli arab tili qudrati Islom qudratidan uzilib qoldi. Ana shunda musulmonlar zehnida Islomni tushunishda xiralik yuz berdi. O‘n uchinchi asrdan boshlab esa, mustamlakachi evropaliklar ongiga Islomni hayotdan uzoqlashtirish va musulmonlar ustidan hukmronlik o‘rnatish fikri mustahkam o‘rnashdi. Buning uchun musulmonlarning davlatini yiqitish va hokimiyatlarni yo‘q qilish kerak edi… Shunday bo‘ldi ham. Bu ishda mustamlakachilar makriga ayrim turk va arab xoinlari yordam berishdi. Shunday qilib, kofir G‘arbning siyosiy e’tiqodi Islomni qayta hokimiyatga keltirmaslik ustiga qurildi. Keyinchalik bu G‘arbning hayot-mamot masalasiga aylandi. Kofirlarning tuhmatlariga musulmon yurtlaridagi barcha hukmdorlar yordam berishdi. Alloh va Rosulining dushmanlari musulmonlarning har bir masalasini o‘z qo‘llariga olishdi. Hatto ish shu darajaga etdiki, ustimizdan hukm yuritadigan hukmdorlar ham tog‘ut dushmanlarimiz roziligi bilan tayinlanadigan bo‘ldi. Buning dalili shuki, Suriyada 1936 yil Muhammad Ali Obid hokimiyatga kelgandan to 1971 yil Hofiz Asad kelguniga qadar ketma-ket yigirmadan ortiq davlat rahbari almashdi. Bu – Suriyada Britaniya bilan AQShning tinimsiz davlat to‘ntarishlari uyushtirishlari natijasida ro‘y berdi.

Biroq Islomning buyuk Ummati la ilaha illalloh Muhammadur Rosululloh aqidasiga ega bo‘lib ushbu aqidaga hech qachon e’tiborsizlik qilmay, uni hamisha qanotlari ostida mahkam asrab keldi. U o‘z tuyg‘ularini muhofaza etib, kuch-qudrati va ulug‘ligiga intilib keldi hamda o‘zining alamli voqeidan tashvishlanib, o‘ziligiga qaytish yo‘lini qidirdi. Mana shu sifatlari sababli Ummat o‘zining ustidan uzoq yillar mobaynida hukmronlik qilib kelgan kofir G‘arbga va uning fikrlariga mahliyo bo‘lish g‘uborlarini egnidan qoqa boshladi. Endi G‘arbning fikr va tushunchalari Ummatni maftun va mahliyo qilolmaydigan bo‘lib qoldi. Aksincha, uning fikr va tushunchalarini Ummat tekshirib, tanqid qiladigan, so‘ng rad qilib, o‘zining xazinasiga, ya’ni, Allohning Kitobi va Rosuli ﷺning sunnatlariga murojaat qiladigan, uni qayta-qayta o‘qib, hushyor tortadigan bo‘lib qoldi. Natijada, Ummatning to‘g‘ri yo‘ldagi rostgo‘y farzandlari guruhi vujudga keldi. Bu guruh Ummatga qanday fikrlashni belgilab bera boshladi. Natijada, Ummat qarashlaridan xiraliklar tarqab, fikrlari jilolana boshladi. Shunda dushman Ummatdagi uyg‘onish alomatlarini sezgach, yurtlarimiz va boyliklarimiz ustida kechadigan G‘arb davlatlari o‘rtasidagi kurash omillari bir oz pasaydi. Chunki u Ummatdagi uyg‘onish alomatlarining naqadar xavfli ekanini, bu narsa yurtlarimiz ustidagi mustamlakachi kuchlarga va ularning nufuzlariga tahdid tug‘dirishini anglagan edi. Shuning uchun Ummat ongini o‘zlari uchun strategik dushman, deb hisoblab, o‘z pozitsiyalarini shu tushuncha asosida belgilaydigan va Islom Ummatiga qarshi urush rejalarini shunga qarab chizadigan bo‘lishdi.

G‘arb tomonidan o‘rnatib qo‘yilgan hukmdorlarga qarshi musulmonlarning ko‘tarilishi natijasida mustamlakachi G‘arb g‘aflat uyqusidan uyg‘onishni, haqiqatni anglab etishni boshlagan ushbu mag‘rur Ummatdan yanada xavfsiraydigan bo‘ldi. Chunki odamlar bu hukmdorlardan, atroflaridagi buzuq voqelikdan, kuzatgan odamga ochiq ko‘rinib turgan xiyonatlardan umidlari uzilib, hafsalalari pir bo‘lgan edi. Odamlardagi bunday vaziyat G‘arbni o‘z elchixonalari, konsulliklari va fuqaroviy tashkilotlarini ishga solishga undadi… Endi G‘arb shular orqali yurtlarimizdagi hokimiyat bo‘g‘inlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishga, ishlar tizginini bevosita qo‘lga olishga, nozik ishlarni qattiqroq nazorat qilishga majbur bo‘ldi… Bu ishlari bilan odamlar oldida battar fosh bo‘lib, uning dushmanligi endi hech kimga sir bo‘lmay qoldi.

Ummat bularning barchasini buyuk arsh Parvardigori Ummatga Hizbni armug‘on etganligi sababli tushunib etdi. Chunki Hizb Ummatning eng yaxshi ummat ekanligini ifoda etish uchun uning bag‘ridan otilib chiqdi. Ummat adashgan va adashtiruvchi yovuz dushmanga ro‘baro‘ bo‘lib turgan bir paytda, Hizb uning hayotidagi chalkashliklarni oydinlashtirib berdi. Shuningdek, Ummat hayotdagi o‘z rolini qayta tiklashga, xalqlar orasida birinchi o‘rinni egallab, bashariyatga etakchilik qilishga hamda kapitalizmning shafqatsizligidan xalos bo‘lishga intilayotgan bir paytda uning barcha ehtiyojlarini qoniqtiradigan saqofatni belgilab berdi. Hizb tavhid asosida bir dastur ishlab chiqib, boblari, fasl va moddalarini Allohning Kitobi va Rosuli ﷺning sunnatlaridan istinbot qilib, uni Ummatga taqdim etdi. Zero, bu dastur insonning davlat va jamiyatdagi ehtiyojlarini muolaja qiladigan, davlat organlarining barcha vazifalarini belgilab beradigan dasturdir. Bu dastur inson kutgan narsalarga javob beruvchi fikriy stimul hamda Ummat masalalariga etakchilik qiluvchilarni g‘ayratini qo‘zg‘ovchi motor vazifasini o‘tab kelmoqda. U shuningdek, Ummatning xotirjam, mamnun bo‘lishiga, itoatga doim tayyor turishiga omil bo‘ldi.

Ushbu fikriy quvvatning yuksalishi Alloh Azza va Jalla Ummatga ato etgan boyliklarga haqiqiy ma’no beradi. Bu bilan Ummat bu boyliklarga ega bo‘lishning ma’nosini va ularni tasarruf etishga qodirligini hamda bu boyliklar butun olamga ezgulik ulashish vazifasini bajarishda o‘z quvvatining asosiy omili, Xalifalik davlatining eng muhim irmog‘i bo‘lishini anglab etadi. Ushbu kuchli insoniy energiya Ummatni o‘nlab yillar davomida ta’qib, zulm va qamal ostida qolgan etakchilik yukini aql-idrok va ong bilan ko‘tarishga undaydi. Ummatda ushbu energiya mavjud ekan, uni masalasidan chalg‘itishga yoki Parvardigori amrini bajarishdan to‘sishga hech narsa qodir bo‘lmaydi. Chunki u Allohning izni ila, Rosululloh ﷺga ashob bo‘lgan va ul zotga yordam bergan guruhga iqtido qilib, Robbisini rozi qilishdan o‘zga narsa tashvishlantirmaydi. Zero, aynan mana shu insoniy energiya bilan Ummat barcha narsani yaratib boshqaruvchi Allohga bo‘lgan aloqani to‘g‘ri anglagan hamda Islom mabdaini ko‘tarib, qudrat va maqtov egasi bo‘lgan Allohning roziligidan o‘zga narsani umid qilmay, buning uchun jonini berishga tayyor Ummatga aylangan.

Alloh Taolo aytadi:

مَّا كَانَ اللَّهُ لِيَذَرَ الْمُؤْمِنِينَ عَلَى مَا أَنتُمْ عَلَيْهِ حَتَّى يَمِيزَ الْخَبِيثَ مِنَ الطَّيِّبِ وَمَا كَانَ اللَّهُ لِيُطْلِعَكُمْ عَلَى الْغَيْبِ وَلَكِنَّ اللَّهَ يَجْتَبِي مِن رُّسُلِهِ مَن يَشَاءُ فَآمِنُوا بِاللَّهِ وَرُسُلِهِ وَإِن تُؤْمِنُوا وَتَتَّقُوا فَلَكُمْ أَجْرٌ عَظِيمٌ

«Alloh mo‘minlarni sizlar bo‘lgan mana shu holatda (ya’ni kim mo‘min-u, kim munofiqligi ma’lum bo‘lmagan holatda) tashlab qo‘ymaydi. Hali U (Uhudda munofiqlarni mo‘minlardan ajratib qo‘ygani kabi) nopokni pokdan ajratadi. Alloh sizlarni g‘ayb ilmidan xabardor qilmadi. Lekin Alloh payg‘ambarlaridan O‘zi istagan zotlarni saylab olur (va uni g‘oyibdan xabardor) ogoh qilur. Bas, Alloh va Uning payg‘ambarlariga imon keltiringiz! Agar imon keltirib, Allohdan qo‘rqsangiz, sizlar uchun ulug‘ ajr-mukofot bordir» [Oli Imron 179]

Roya gazetasining 2021 yil 10 mart chorshanba kungi 329-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.