Kamchibek Tashiev Toshkentga jo‘nab ketdi

394
0

Kamchibek Tashiev Toshkentga jo‘nab ketdi

 Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiev ikki davlat o‘rtasidagi chegara delimitatsiyasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish maqsadida O‘zbekistonga uchib ketdi, deb xabar bermoqda Qirg‘iziston hukumati matbuot-xizmati.

 “Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha Qirg‘iziston hukumat delegatsiyasining rahbari, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi, general-leytenant Kamchibek Tashiev Toshkent shahriga  22 mart kuni qirg‘iz-o‘zbek chegarasi bo‘yicha qo‘shma muzokaralar olib borish uchun yo‘l oldi”, – deyiladi xabarda.

 Tashrif chog‘ida Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha ikki mamlakat hukumat delegatsiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

 Yig‘ilish Toshkent shahrida 24-25 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston delegatsiyasiga bosh vazir Abdulla Aripov rahbarlik qiladi.

 Ma’lumki, ikki qo‘shni mamlakatlar ushbu yo‘nalishdagi ishlarni 11-12 mart kunlari Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida faollashtirishga kelishib olgan edilar.

 Izoh: Shar’iy jihatdan islomiy yurtlar o‘rtasida chegaralar bo‘lishi joiz emas. Mustamlakachilarning “bo‘lib tashla va hukmronlik qil” shioriga binoan SSSR ham azaldan dini bir, qiblasi bir, bozori va mozori bir bo‘lgan O‘rta Osiyo musulonlari o‘rtasiga sun’iy chegaralar tortib chiqdi. Biroq shuni o‘zi bilan kifoyalanib qolmadi. Ularning qayta birlashishlariga yo‘l qo‘ymaslik va kerak bo‘lgan vaqtda o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish uchun musulmonlar ongini millatchilik va vatanparvarlik fikrlari bilan bulg‘ab tashladi. Uning bu razil rejasi hozirga qadar o‘z “mevasini” berib, qo‘shni musulmonlar o‘rtasida chegara mojarolari to‘xtamay davom etib kelmoqda. Albatta, bu mojarolar oddiy xalq tomonida tabiiy kelib chiqmaydi. Agar rasmiy hukumat xalqni o‘z ixtiyoriga qo‘ysa, odamlar o‘rtalarida chegaralar mavjud ekanligini his ham qilmay o‘zaro tinch yashab, bordi-keldi aloqalarini davom ettirishadi. Chunki, ular bir din vakillari bo‘lish bilan birga qavm-qarindosh va quda-andachilik rishtalari bilan ham bog‘lanib ketishgan. Ammo, Rossiya biror respublikaga biror bosim o‘tkazish va shu orqali o‘z izmiga bo‘ysundirishni istagan vaqtda uning yugurdaklari tomonidan chegara mojarolari yuzaga keltiriladi va tabiiyki bunda millatchilik va vatanparvarlik fikrlariga suyanishadi.

 O‘tgan yilning oktyabr oyida sodir bo‘lgan navbatdagi hukumat almshishidan so‘ng hokimiyat tepasiga kelgan yangi qirg‘iz hukumati o‘zini xalq oldida ishlayotgandek qilib ko‘rsatish, o‘zining xato va kamchiliklarini yopishda aynan mana shu chegara masalalaridan foydalanmoqda. O‘zbekistondan oldin Tojikistonga safar qilgan MXDQ raisi Kamchibek Tashiev safar oldidan agar chegara masalalarini xal etish uchun “Tojikistonga qattiq talablar qo‘yilishi, mamlakatga  Qirg‘iziston orqali kirib borayotgan YoMM kontrabandasi va Qirg‘iziston orqali Xitoy tovarlari taqiqlanishi” borasida bayonot berdi. Chegara muammolari qirg‘iz xalqi manfaatlari asosida xal etiladigan bo‘ldi. U bu orqali oddiy fuqarolar oldida “ochko” ishlab olishga intildi. O‘zbekistonga amalga oshirayotgan safarida ham chegaralarning o‘zaro kelishilmagan 15 foizi borasida o‘zaro echim topish asosiy masala bo‘ladi.

 Yangi hukumat o‘zini go‘yoki Qirg‘iziston xalqi manfaatlarini himoya qilayotgandek, musulmon qo‘shni davlatlar bilan shu vaqtga qadar echilmagan chegara masalalarini xal etishga jon-jahdi bilan harakat qilayotgandek ko‘rsatmoqda. Ammo xalq ko‘zini shu bilan shamg‘alat qilib kon va qalizma boyliklarni mustamlakachilargan qo‘shqo‘llab topshirib yubormoqda. Avvalgi prezidentlar imzolagan shartnoma bahonasida “Jeruy” oltin koni rus kompaniyasi tasarrufiga o‘tkazib berildi. Qizil-Ompol uran konini ishlatish huquqini Kanadada ro‘yxatdan o‘tgan “Qirg‘izistondagi YurAziya” kompaniyasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da uning 60 foizlik hissasi rus kompaniyasiga, 40 foizi Qirg‘izistonga tegishli. Garchi hozircha bu konni ishlatish to‘xtab turgan bo‘lsada, yaqin kelajakda qirg‘iz hukumati “avvalgi prezidentlar imzolagan shartnoma” iddaosi bilan uni ham rus hukumati qo‘liga topshirishi ehtimoli yo‘q emas. Bundan tashqari, Xitoy hukumati qarz evaziga Qirg‘izistondagi muhim obьektlarni berishni talab qilayotgani ham ma’lum. Qisqasi, yangi hukumat Qirg‘iziston xalqi e’tiborini chegara masalalariga burib, xalq muliki bo‘lgan tabiiy boyliklarni osonlikcha mustamlakachilar qo‘liga topshirib yubormoqda. 

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.