Umumiy mulk bo‘lgan “Jeruy” konida oltinni qayta ishlash zavodi ochildi

361
0

Umumiy mulk bo‘lgan “Jeruy” konida oltinni qayta ishlash zavodi ochildi

17 mart kuni Talas shahridagi “Jeruy” konida oltinni qayta ishlash zavodining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telekonferentsiya orqali ishtirok etishdi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyiha Rossiyaning Qirg‘izistondagi sarmoyalarining rekord ko‘rsatkichidir. Uning qiymati 600 million dollarni tashkil etadi.

Japarovning ta’kidlashicha, “Jeruy” konida qazish ishlari to‘xtatilmaydi. Ushbu loyiha Talas viloyati va umuman Qirg‘izistonning rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Bugungi kungacha allaqachon byudjetga 1,5 milliard so‘m tushgan. Endi zavodning ochilishi bilan byudjetga tushadigan mablag‘ yanada oshadi, 1000dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.

Talasdagi “Jeruy” oltin koni 1969 yilda kashf qilingan bo‘lib, hajmi bo‘yicha Qirg‘izistonda Qumtordan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Dastlabki geologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra konda 84 tonna oltin va 25 tonnadan ortiq kumush zaxirasi mavjud. “Jeruy” oltin konini ishlatish bo‘yicha umumiy hisobda 15ta kompaniya bilan shartnoma tuzilgan va ulardan sakkiztasiga davlat litsenziyasi berilgan. Ushbu kompaniyalarning deyarli barchasi “Jeruy” koni uchun mablag‘ ajratmagan.

Qurmanbek Bakiev prezidentligi davrida “Jeruy” koni Britaniyaning Oxus Gold kompaniyasiga tegishli edi.  2015 yili konni qazib olish huquqi uchun litsenziya  kim oshdi savdosida 100 million dollarga sotildi. 

Ushbu huquq Rossiyaning “Platinum” korporatsiyasiga qarashli “Vostok-Geoldobycha” kompaniyasiga nasib qildi. Uning homiyligida «Alьyans Oltin» shuba kompaniyasi tashkil etilgan. Kompaniyaga konni ishlatish huquqini beruvchi litsenziya 2035 yilgacha berilgan.

Qirg‘iziston xalqi hozirda umid bog‘lab turgan amaldagi prezident Sadir Japarov Qumtor oltin konini milliylashtirishga chaqiriqlari bilan tanilgan. Biroq, hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng, u ham Ummat mulki bo‘lgan tabiiy boyliklarga nisbatan xiyonatli shartnomalar tuzishga majbur bo‘lganligini ko‘rib turibmiz. Chunki bugungi xalqaro tuzum uchinchi dunyo davlatlarining boyliklarini mustamlakachilarning changaliga topshiradigan kapitalistik tuzumdir.

Darhaqiqat, foydali qazilmalar umumiy mulk bo‘lib, shariat ularni jamiyat o‘rtasida baham ko‘rilishini talab qiladi. Jismoniy shaxs yoki kompaniya yoki davlatning unga egalik qilishi taqiqlanadi.

Ibn Abbos rivoyat qilishicha, Payg‘ambar :

«اَلْمُسْلِمُونَ شُرَكَاءُ فِى ثَلاَثٍ فِى الْمَاءِ وَالْكَلَإِ وَالنَّارِ»

«Musulmonlar uch narsada: ya’ni suv, o‘t-o‘landa va olovda sherikdirlar», deganlar. Bu hadisni Anas ham ibn Abbosdan rivoyat qilib, «uning puli haromdir», degan gapni ham qo‘shgan.

Bu hukm ya’ni tuganmas ma’danning umumiy mulkligi hamma ma’danlarni o‘z ichiga oladi. Ular tuz, surma, yoqut kabi mashaqqatsiz erishiladigan zohiriy ma’danlar bo‘ladimi, oltin kumush, temir, mis, qo‘rg‘oshin kabi mashaqqat bilan erishiladigan botiniy ma’danlar bo‘ladimi, billur kabi quyuq bo‘ladimi, neft kabi suyuq bo‘ladimi, hammasi ham hadisda nazarda tutilgan ma’danlardir.

Xulosa qilib aytish mumkinki,  oltin konlari umumiy mulki bo‘lib, unga shaxs yoki davlat egalik qilishi mumkin emas. Davlat faqat uning idora ishlarini olib boradi. Biroq, kofir mustamlakachilar uchun strategik hududlarni ishlatishi mutlaqo mumkin emas. Aksincha, garchi Islomda oltin konlarini qazib olish vazifasi davlatga topshirilgan bo‘lsa ham, undan olinadigan foyda aholi ehtiyojlarini qondirish maqsadida ularga taqsimlanadi!

Mumtaz Maveranahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.