Turkmanistonda “itboqar” unvonlari ta’sis etildi
Turkmaniston parlamenti “Xizmat ko‘rsatgan itboqar” va “Xalq itboqari” faxriy unvonlarini ta’sis qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi.
Ma’lum-ki, bungacha prezident Berdimuhamedov Alabaylar haqida kitoblar yozgan va ushbu it zotiga she’r va qo‘shiqlar bag‘ishlagan.
Izoh: Xazarati Umar roziyallohu anhu xalifaligi davrida Madinada kuchli qurg‘oqchilik bo‘ldi. Osmondan bir tomchi yomg‘ir yog‘madi, shuning uchun hosil ham kam bo‘ldi. Natijada Madinada ocharchilik boshlandi. Hazrati Umar odamlar qiynalayotganini ko‘rib, ezilar va ko‘pincha ketma-ket ro‘za tutib, oqshom ozgina zaytun moyi va qotgan non eyish bilan cheklanar edi. Umar roziyallohu anhu o‘rnidan turganida to‘ni yirtiq, qorni esa ochlikdan “qurul”lardi. Shunda u qorniga qarab: “Ey qornim! Xohla qurulla, xohla qurullama, toki musulmon go‘daklar to‘ymagunicha seni to‘yg‘izmayman!,- der edi… Bu rahbarlikni mansab emas, balki mas’ulyat va javobgarlik deb bilgan Xulafoi roshidinlar egallagan mavqe edi.
Hozirgi dunyoviy davlat ekanligini iddao qiladigan mamlakat raharlari esa o‘zlari egallab turgan mansabdan foydalanib xalqni ezish, xalq hisobidan farzandlari va nevara-chevaralarigacha etadigan boylik to‘plash, urug‘-aymog‘larini “yog‘liroq” joylarga joylashtirish hamda o‘z kelajaklarini ta’minlashdan boshqa g‘am-tashvishlari yo‘q. Xalq o‘ladimi, qoladimi buni ularga ahamiyati yo‘q.
Besh million aholisi bo‘lgan va tabiiy gazning ulkan (dunyoda to‘rtinchi) zaxiralariga ega bo‘lgan Turkmanistonda mana qaryib to‘rt yildan beri davom etayotgan iqtisodiy inqiroz natijasida fuqarolarning iqtisodiy ahvoli yomonlashdi, oziq-ovqat ta’minotining etishmasligi vujudga keldi. Ko‘plab hududlarda un, non, tovuq go‘shti, shakar va o‘simlik yog‘i taqqchilligi kuchaydi. Yuzlab odamlar bu mahsulotlarni sotib olish uchun do‘kon oldida soatlab navbatda turishi oddiy holga aylandi. Bir odamga faqat ikki buxanka non sotib olishga ruxsat berildi. Hatto davlat do‘konlarida nonni faqat oila a’zolari sonini tasdiqlovchi ma’lumotnoma asosida sotish tartibi joriy etildi. Iqtisodiy va oziq-ovqat inqirozining tobora kuchayishi natijasida aholi o‘z mavjudligini saqlab qolish uchun turli xil usullarni ixtiro qilishga majbur bo‘lmoqda. Ba’zilar o‘z qonini sotish (donorlik) orqali pul topish yo‘liga o‘tgan bo‘lsa, imkoni yo‘qlar tilanchilik qilish, axlatxonalarni titkilash va hatto o‘z tanasini sotishgacha etib bormoqda. Ammo, “arqadag‘” unvonini Gurbanguli Berdimuhamedov esa o‘zini “muqaddaslashtirish” bilan band. U birin-ketin kitoblar yozdi, poyga mashinalarini haydash bo‘yicha mahorat darslarini namoyish etdi, xavfsizlik xizmatchilariga o‘q otishni, dexqonlarga qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishni o‘rgatadi, turli-tuman yangi bayramlar o‘ylab topish bilan ovora. 2020-yil 10-noyabr kuni Ashxobodda Alabayga atab balandligi 15 metrli ulkan oltin haykal o‘rnatdi. Avval ham aytganimizdek, bu prezidentlar qilayotgan ishlarga qarab turib, ularning aqlan sog‘lomligiga ham shubha qila boshlaysan.
Ey musulmonlar, sizlar ishlaringizni g‘amxo‘rlik va adolat bilan boshqaradigan, sizlarni bu dunyoda xotirjamlik va farovonlikka olib chiqadigan, oxirat saodatiga etaklaydigan rahbar ustilaringda bosh bo‘lishini xohlasizmi, u holda Xalifalik davlatini tiklash yo‘lida bor imkoniyatiz bilan harakat qiling. Xalifa xalq ustidan bo‘lgan rahbarlikni mansab yoki amal deb emas, balki javobgarlik va mas’uliyat sifatida qabul qiladi va buning uchun Allohning oldida javob berishi kerakligini biladi.
Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam dedilar:
“Barchangiz rahbarsizlar va o‘z qo‘l ostidagilaringizdan so‘ralursizlar. Odamlar ustidan turgan imom rahbardir va u o‘z qo‘l ostidagidan so‘ralur. Er kishi o‘z ahli baytida rahbardir va u o‘z qo‘l ostidagidan so‘ralur. Ayol kishi eri va (erining) O‘g‘li uyida rahbardir va u o‘z qo‘l ostidagidan so‘ralur…”. (Beshovlari rivoyat qilganlar).
Abudrahmon Odilov