Ey Erdogan! Xalifalikka da’vat qilish qamoqqa olish kerak bo‘lgan jinoyatmi?!

358
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey Erdogan! Xalifalikka da’vat qilish qamoqqa olish kerak bo‘lgan jinoyatmi?!

Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo‘limi bayonot chiqarib, bunday dedi:

«Hizb ut-Tahrir boshlagan «Xalifalik ag‘darilishining alamli yuz yillik xotirasi… Ey musulmonlar Xalifalikni barpo qilinglar» nomli kampaniya doirasida Hizb ut-Tahrirning Turkiyadagi matbuot bo‘limi ham Turkiyadagi ko‘plab shaharlardagi tarixiy maskanlarda Xalifalik haqida video lavhalar tayyorladi. Amuriyada suratga olingan videoda ham Xalifa Mo‘’tasimning yordam so‘rab nola qilgan asira muslimalarga yordam ko‘rsatgani musulmonlarga eslatilgan edi. Ushbu tadbir ortidan joriy yil 23 fevral kuni ertalab Anqaradagi xavfsizlik xizmati videoga olgan, degan dastak bilan besh nafar singilimizni qamoqqa oldi. Singillarimiz uch kun tergov qilinib, so‘ng ishlari sud tomonidan ko‘rib chiqilishi sharti bilan ozod etildi. Bundan tashqari, Bursa shahri xavfsizlik xizmati ham uch nafar birodarimizni Ertug‘rul maqbarasini videotasvirga tushirgani uchun qamoqqa oldi. Istanbul xavfsizlik xizmati Uskudarda videoga olgani uchun besh nafar birodarimizni qamoqqa oldi».

Matbuot bayonotida yana bunday deyildi:

«Hizb ut-Tahrir Turkiyada 1959 yildan buyon faoliyat olib boradi. Hizb faoliyati fikriy va siyosiy kurashga cheklangan. Biroq shunday bo‘lsa-da, o‘tgan oltmish yil davomida, Hizb a’zolari istibdod, adolatsizlik va tuhmatlarga uchrab keldilar. Britaniya malayi bo‘lgan kamolchilar davrida ham, harbiylar boshqaruvi davrida ham, so‘nggi yillarda Adolat va Taraqqiyot partiyasi hukmronligi davrida ham bir xilda ta’qib qilindi. Biroq, bu zulm va tuhmatlar Hizb a’zolariga aslo ziyon etkazolmay, da’vatni etkazishdan ularni mutlaqo to‘sa olmadi».

Bayonot so‘nggida bunday deyildi:

«Xalifalikni talab qilish jinoyat emas. Aksincha, bu shar’iy farz va sharafli amaldir. Albatta, Erdogan xavfsizlik kuchlarining bu kabi hujum va qamoqqa olish ishlari bizni ushbu muborak xayrli da’vatimizdan aslo bura olmaydi. Ular shuni bilib qo‘ysinlarki, biz Xalifalikni barpo etishga da’vat qilish va ushbu da’vatni himoya qilishdan hech qachon to‘xtamaymiz.

Roya gazetasining 2021 yil 10 mart chorshanba kungi 329-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.