Qirg‘iziston Suriyadan o‘z fuqarolarini olib keladi

442
0

Qirg‘iziston Suriyadan o‘z fuqarolarini olib keladi

Qirg‘iziston hukumati Suriyadagi fuqarolarining birinchi qismini olib keladi. Bu haqda Qirg‘iziston Adliya vazirining o‘rinbosari Marat Kanulqulov parlamentning umumiy majlisida aytib o‘tdi.

Deputatlarning savollariga javob bergan Kanulqulovning ta’kidlashicha, hukumat bu haqda buyruq chiqargan. Qarorga ko‘ra vataniga qaytishga qodir bo‘lmagan Suriyadagi fuqarolarni maxsus delegatsiya borib olib keladi. Shuningdek, Adliya vazirining o‘rinbosari Suriya va Iroq bilan Qirg‘iziston o‘rtasida mahbuslarni ekstraditsiya qilish to‘g‘risida kelishuv mavjud emasligini, shu sababli,  vatanida bunday jazoni o‘tash uchun sharoit yaratishning hozircha imkoni yo‘qligini bildirdi.

Ta’kidlash joizki, Suriyada urush boshlanganda xalqaro kuchlar Turkiya orqali Suriyaga o‘tish uchun korridor ochib bergan edi. Rahbarlar o‘z mamlakatlaridan ketayotgan musulmonlar oqimiga ko‘z yumdilar va ularni xalqaro siyosat qo‘liga topshirdilar.

Bugungi kunda Suriyadagi vaziyat o‘zgardi, ya’ni ushbu muhojirlarning Amerika manfaatlariga xizmati tugaganligi sababli, AQSh hozirda hibsga olingan muhojirlarni vataniga qaytarishga harakat qilmoqda. Bu bilan ular yana o‘zlarining manfaatlariga xizmat qiladigan “hujayralarni” yaratishga harakat qilishadi.  Ayni paytda Rossiya Suriyadan qaytib kelgan muhojirlarni teraktlar uyushtirishda ayblab,  Islomni xunuk qilib ko‘rsatishga harakat qilmoqchi ko‘rinadi.

Bundan avval AQSh Qirg‘izistonni Suriyadagi fuqarolarini olib chiqishga undagan bo‘lsa, Rossiya bunga qarshilik qilib kelardi. Chunki hukumatning zaifligi tufayli AQSh yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarni nazorat qila olmasdi. Bugungi paytda hukumatga qarshi norozilik namoyishini musulmonlarga qarshi kurash tomonga yo‘naltirishga Rossiya uchun qulay fursat tug‘ilganga o‘xshaydi. Demak, Qirg‘iziston musulmonlari hukumatning so‘nggi paytlardagi musulmonlarga qarshi harakatlarini diqqat bilan kuzatib borishlari va ularni mustamlakachilar tuzog‘iga tushib qolmaslikka chaqirishlari lozim! Zero Islom nazarida bir musulmonning qoni Ka’badan ham muqaddasdir. Ammo Musulmonlarning qoni kofir mustamlakachilar uchun hech qanday qadr-qiymatga ega emas! Ular uchun urush va boshboshdoqliklar ortidan o‘z ta’sirini saqlab qolish va musulmon xalqining boyliklariga egalik qilish muhimdir!

Mumtaz Maveranahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.