AQShning Falastin ahliga yordam ko‘rsatishi ularni yaxshi ko‘rgani uchun emas, balki o‘zining va yahudiylarning manfaatiga xizmat qilgani uchundir!

315
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

AQShning Falastin ahliga yordam ko‘rsatishi ularni yaxshi ko‘rgani uchun emas, balki o‘zining va yahudiylarning manfaatiga xizmat qilgani uchundir!

AQSh davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays Vashingtonning Falastin xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatishni qayta yo‘lga qo‘yish niyatida ekanini, ilgari sobiq prezident ushbu yordamni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qaror chiqarganini bildirdi. Prays matbuotga «Qo‘shma Shtatlar Falastin xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatishni qayta yo‘lga qo‘yish niyatida, biz buni yaxshilik uchun qilayotganimiz yo‘q, balki bunda Qo‘shma Shtatlar uchun manfaat mavjud», deya qo‘shimcha qildi.

Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi bu borada o‘z saytida bayonot chiqarib, quyidagilarni ta’kidladi:

«Amerika ochko‘z kapitalistik sistemaning etakchisidir. Shu bois, u insonparvarlik va boshqa qadriyatlarni sariq chaqaga olmaydi. Olgan taqdirda ham undan faqat o‘zining manfaatini ko‘zlagan bo‘ladi. Shuning uchun ham Prays «insonparvarlik» yordamlari haqidagi o‘z bayonotida ularning faqat AQSh manfaatlariga qaratilganini ochiq aytdi. Maqsad, Falastin yordamga muhtoj va u erdagi mojaroni bartaraf etish kerak, degan niqob bilan uning masalasini yo‘q qilishdir. Bundan bosib olingan zaminni ozod etish ham, bosqinchilikdan qashshoq bo‘lib, qamaldan azob chekayotgan xalqqa yordam berish ham ko‘zlanmagan! Bu mustamlakachi davlatni Falastin rejimiga ushoqlarni berishga undayotgan narsa yurt ahlini yaxshi ko‘rganligi yoki masalalarini adolat bilan echib bermoqchiligi emas, balki o‘zining manfaatini ko‘zlayotganidir. Bu manfaatni Amerika o‘zining qo‘g‘irchoqlari bo‘lgan Falastin rejimi va Ozodlik Tashkiloti orqali amalga oshirmoqda. Masalan, rejim Amerikaning ikki davlat echimi loyihasiga muvofiq, Falastin masalasini yo‘q qilishga urinib kelyapti. Bu echim esa, yurtning aksar qismini bosqinchi yahudiylarga beradi hamda ularning xavfsizligini ta’minlab, Amerika manfaatlarini ro‘yobga chiqaradi!

Roya gazetasining 2021 yil 10 fevral chorshanba kungi 325-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.