Insoniyat boshiga tushgan iqtisodiy inqiroz va qashshoqlikdan kapitalizm javobgardir

370
0

Insoniyat boshiga tushgan iqtisodiy inqiroz va qashshoqlikdan kapitalizm javobgardir

 Kapitalizm tuzumining asosi bo‘lgan demokratiya mafkurasi 4 erkinlik – shaxs, fikr, mulk va e’tiqod erkinligi asosiga qurilgan. Bu aqida inson hayotida majburiy davom etadigan doimiy aloqalarni tartiblashtirish insonlarning o‘zlarining qo‘llarida, bu aloqalarni tartiblashtiradigan omil qonun ekanligidan, uni ishlab chiquvchi inson mutloq erkin bo‘lishi lozim degan falsafani ilgari surdi. Doimiy aloqalar esa, iqtisodiy (bir birlari bilan mol ayirboshlash), ijtimoiy (erkak bilan ayol o‘rtasidagi munosabatlar), siyosiy (insonlar o‘rtasidagi aloqalarni mavjud qonunlar asosida boshqarish)… masalalaridan kelib chiqqan bo‘lib, ularnining har biri davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Kapitalist-demokratlar dinni hayotdan ajaratishgach barcha qonunlar inson tomonidan tuzilishi shartligi belgilandi. Inson o‘zining cheklangan aqli yordamida ishlab chiqqan qonunlar esa bu tuzumni har sohada inqiroz yoqasiga olib kelib qo‘ydi. Shaxs erkinligi natijasida odamlar xayvondan ham tuban darajaga tushib, inson zoti davomiyligi uchun zarur bo‘lgan oila munosabatlari darz ketdi. Fohishalik, bir jinsli nikoh, fuqaroviy nikoh… va boshqalar illatlar natijasida kapitalistik tuzumni tatbiq qiluvchi davlatlar tug‘ilish darajasi past, tez qarib borayotgan jamiyatga aylanib qoldi.

 Kapitalizm siyosiy-boshqaruv jihatidan ham inqirozga yuz tutgani bugun aqli raso inson uchun sir bo‘lmay qoldi. Butun dunyoga yoyilgan koronavirus pandemiyasi kapitalistik tuzumning aybu nuqsonini ochib tashladi, G‘arb hazoratidagi ko‘z ilg‘amas chirkinlikni va uning qadriyatlari tizimida in qurgan buzuqlikni fosh etdi. Bu shunday bir manzarada ro‘y berdiki, hatto dunyoning yirik davlatlari ham, katta, mashhur va eng taraqqiy topgan shaharlari ham bu virus oldida ojiz qoldi. Yirik davlatlarning tibbiy materiallar uchun, hatto oddiy niqob uchun bir-biriga qarshi qaroqchilik qilishayotganiga guvoh bo‘ldik. Masalan, Amerika Germaniyaga uchun mo‘ljallangan tibbiy niqoblar partiyasini tortib oldi. Xuddi shu ishni Frantsiyaga nisbatan ham sodir etdi.

 Kapitalizmning insoniyat boshiga kulfat va balolar olib kelgan qadriyatlaridan yana biri – mulk erkinligidir. Bu insonlarga xohlagan sohasidan pul topib, istagan o‘ringa sarflash erkinligini bergani sababli, insoniyat qashshoqlik va ochlik iskanjasiga tushib qoldi. Undagi shaxslarni mulk erkinliklarini himoya qilish masalasi noto‘g‘ri asosda qurilgani sababli vaqt o‘tishi bilan mulk bir guruh shaxslar qo‘liga o‘tib qolishi tabiiy sodir bo‘ladi. Ushbu iqtisodiy nizomda, insonning cheksiz ehtiyojlariga nisbatan tovar va xizmatlarning nisbiy kamligi degan nazarda barcha e’tiborni tovar va xizmatlarni ko‘paytirishga qaratdi, ammo uning taqsimotini e’tiborsiz qoldirdi. Natijasda dunyo boyliklarining 99 foizi dunyo aholisining bir foizini tashkil qiluvchi bir hovuch kapitalistlar qo‘lida to‘planib qoldi. Bunday adolatsizlik tufayli er aholisining qaryib yarmi qashshoqlikda kun kechirib, har daqiqada 18ta yosh bola ochlik qurboni bo‘lmoqda.

 Xalqaro oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) jamiyatlarga xatar tug‘dirayotgan ushbu ocharchilik haqida, shunday deydi: “Dunyoning turli burchaklari, xususan rivojlanayotgan yurtlardagi 820 milliondan ortiq shaxs oziq-ovqatga bo‘lgan asosiy ehtiyojlarini qondira olmayapti. Holbuki, oziq-ovqat ta’minotida keng miqyosda yordamlar ko‘rsatilayotgan bo‘lsa-da, ocharchilik va qashshoqlik hamon davom etmoqda”.  Oxirgi 3 yil ichida ocharchilikdan aziyat chekayotganlar soni 10 mln kishiga ko‘paygan.

 Bundan tashqari, 1971 yili AQSh prezidenti Nikson Bretton-Vuds ittifoqi tugatilgani va oltin bilan dollar o‘rtasidagi bog‘liqlik bekor qilinganini e’lon qildi. O‘shandan boshlab oltinning pul bilan bo‘lgan aloqasi uzilib, boshqa tovarlar qatori oddiy tovarga aylandi. Amerikaning bundan ko‘zlagan maqsadi dollarni dunyodagi asosiy pulga aylantirib, xalqaro moliyaviy bozor nazoratini qo‘lga kiritish edi. Shundan buyon dunyodagi barcha majburiy qog‘oz pullar AQSh dollariga bog‘lanib, davlatlar puli qadri va ayirboshlash qiymatlari dollarga qarab belgilanadigan bo‘ldi. Amerika istagan vaqtda dollar kursini ko‘tarish yoki tushirish orqali bu davlatlar ichki moliyaviy bozorlarini izdan chiqarish va iqtisodiy bosim o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldi. Amerika dollari neft narxini belgilaydigan va moliyaviy to‘lovlar valyutasiga aylandi. Natijada dunyo iqtisodi moliyaviy inqirozlar girdobiga tushib qoldi. Aslida kapitalistik tuzum paydo bo‘lgandan beri moliyaviy va iqtisodiy inqirozalar tuzumi bo‘lib keldi. Bu tuzum 1929 yildagi buyuk depressiya va 2008 yildagi inqirozlardan ortib bugungi kunimizgacha faqat inqirozlar ketidan inqirozlar keltirib chiqardi. Koronavirus pandemiyasi bu tuzumni yangi inqirozga – Allohning izni bilan yakson qiluvchi – olib kirmoqda. “Bank of America”dagi iqtisodchi ekspert Mishel Meyer 2020-yil bahorida: “Biz AQSh iqtisodiyotining retsessiyaga kirganini rasman e’lon qilamiz, dunyoning boshqa davlatlari iqtisodiyoti ham shunday”, dedi… Ha, kapitalistik tuzumning inqirozi vaqt masalasi bo‘lib qoldi xolos. U o‘zining so‘nggi nafasini olmoqda, in sha Alloh.

 Islom boylik moddasini ishlab chiqarishga undadi va umumiy shaklda kasbga targ‘ib qilgan chog‘da unga ham tirg‘ib qildi, lekin ishlab chiqarishni ko‘paytirish kayfiyati va ishlab chiqarilgan narsaning miqdoriga aralashmadi, balki xohlaganlaridek amalga oshirishlari uchun bularni odamlarning o‘ziga qo‘yib berdi. Islom iqtisod ilmiga aralashmadi, ammo mulkka ega bo‘lish, mulkni sarflash, boylikni insonlar o‘rtasida taqsimlashdan iborat bo‘lgan iqtisodiy nizomga alohida e’tibor qaratdi.

 Islom shariatida musulmon odam xohlagan yo‘li bilan mulkka ega bo‘lishi va uni istagan o‘rniga sarflashi mumkin emas. Islom shaxsga mulkka ega bo‘lish sabablari: mehnat, meros, yashash uchun mol-mulkka bo‘lgan ehtiyoj, davlat o‘z mulkidan fuqarolarga ajratib berishi va shaxslar mol yoki mehnat sarflamay qo‘lga kiritadigan mollar – vasiyat, hadiya va sovg‘alar – bilan chekladi. Mulkni o‘stirish va sarflashda ham musulmon erkin bo‘lmay, shariat ko‘rsatmalariga amal qilishini shart qildi. Islom boylikdan foydalanish ishiga ochiqdan-ochiq aralashib, xamr (mast qiluvchi) va o‘laksa kabi ba’zi narsalarni iste’mol qilishni, shuningdek, raqs va buzuqlik kabi ba’zi inson mehnatidan foydalanishni ham harom qildi va eyish harom qilingan narsalarni sotishni taqiqladi va bajarish harom bo‘lgan ishlarning ijarasini ham harom qildi.

 Islomdagi iqtisodiy siyosat har bir odamning barcha asosiy ehtiyojlari to‘liq qondirilishini kafolatlash, shuningdek, kamoliy ehtiyojlarini imkon qadar qondirish imkoniyatlarini xosil qilishdan iborat. Islom yahlit hayot tuzumi bo‘lib, undan iqtisodiy nizomni ajratish mumkin emas. Islom “jamiyat qanday bo‘lishi lozimligini” inson ehtiyojlarini qondirish uchun asos etib belgiladi.

  Islom qashshoqlikka qarshi kurashadi, Rosululloh sollallohu alayhi va sallam:

“Qo‘shnisi och bo‘la turib, to‘q bo‘lgan kishi mo‘min emas”, boshqa hadisda:

“Qo‘shnisi och bo‘la turib, uni bilib, to‘q holda tong ottirgan kishi menga imon keltirmabdi” deganlar.

 Islom jamiyatdagi ocharchilik va qashshoqlikka qarshi kurashishni Allohga bo‘lgan imonning alomati deb hisoblaydi. Unga iqtisodiy muammo deb emas, balki insoniy muammo deb qaraydi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam qashshoqlikka barham berishni imonga bog‘ladi va Rosulullohdan keyin roshid xalifalar ham mana shu yo‘ldan yurdilar va kambag‘allikdan xoli jamiyat sari harakat qildilar. Xulosa qilib aytganda, Islom har bir shaxsning asosiy ehtiyojlarini qondirishga kafildir. Islom er yuzida tatbiq qilinib, uning ustidan hukmronlik qilgan paytda qashshoqlikka qarshi kurashib, unga barham bergan. Chunki Islom shaxsni mehnat qilish, rizq topish va unga harakat qilishga undadi, qarindoshlarga aloqador nafaqani farz qildi. Zakot va sadaqalar hamda umumiy va davlat mulkidan kambag‘allar uchun nafaqa belgiladi.

  Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.