Ummat siyosiy maydondan chiqib qolishlaring asosiy sababi (3)

288
0

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

Ummat siyosiy maydondan chiqib qolishlaring asosiy sababi (3)

Ummat, ya’ni Islomni qabul qilib, o‘zini musulmonman deb bilgan insonlar o‘zlarini tanib, kimligini anglaganlari holda olam oldidagi ulkan hamda sharafli vazifasi – Islomni butun insoniyatga etkazishni – tasavvur qilgan kundan boshlab o‘z maqomiga ya’ni dunyo xalqlarini yana kufrning hamda jirkanch siyosatlarining adashtiruvidagi hozirgi, zamonaviy zulmat botqog‘idan Islom nuri-adolati tomon etaklash maqomiga tezda qaytadilar, insho Alloh. Zero Islom butun insoniyatga ne’mat qilib berilgan din, hamda Rosululloh(s.a.v)ning bizlarga qoldirib ketgan amonatlaridir. Bu amonatni xis qilganki mo‘min o‘z vazifasini bajarishga shoshilishlari kerak. Alloh Taolo mo‘minlarga quydagicha xitob qilmoqda:

إِنَّ هَذِهِ أُمَّتُكُمْ أُمَّةً وَاحِدَةً وَأَنَا رَبُّكُمْ فَاعْبُدُونِي () وَتَقَطَّعُوا أَمْرَهُمْ بَيْنَهُمْ كُلٌّ إِلَيْنَا رَاجِعُونَ () فَمَنْ يَعْمَلْ مِنْ الصَّالِحَاتِ وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَلَا كُفْرَانَ لِسَعْيِهِ وَإِنَّا لَهُ كَاتِبُونَ

(Ey insonlar), sizlarning millatingiz-diningiz haqiqatda bir dindir (ya’ni Islomdir). Men esa (barchalaringizning) Parvardigoringizdirman. Bas, Mengagina ibodat qilinglar! (Odamlar) esa ishlarini (ya’ni dinlarini) o‘zaro parchalab-bo‘lib oldilar. Barchalari Bizga qaytguvchidirlar. Bas, kim mo‘min bo‘lgan holida yaxshi amallardan qilsa uning sa’y-harakati zoe bo‘lmas – Biz uni yozib qo‘yguvchidirmiz. [21:92-94]. Yana shunday deydi:

وَإِنَّ هَذِهِ أُمَّتُكُمْ أُمَّةً وَاحِدَةً وَأَنَا رَبُّكُمْ فَاتَّقُونِي(52)فَتَقَطَّعُوا أَمْرَهُمْ بَيْنَهُمْ زُبُرًا كُلُّ حِزْبٍ بِمَا لَدَيْهِمْ فَرِحُونَ

Shak-shubhasiz bu (barchangizni millatingiz ya’ni hayotlaringizni tartibga soluvchi diningiz) bir millat (ya’ni Islomdir). Men esa sizlarning Parvardigoringizdirman, bas, Mendangina qo‘rqingiz!». So‘ng (odamlar hayotdagi) ishlarini bo‘laklarga bo‘lib yubordilar. Har bir guruh o‘z oldilaridagi narsa (ya’ni hayotidagi ishlarini tartibga solish siyosatlari) bilan xursanddirlar. [23:52-53].

Aqllarini ishlata bilmagan nonko‘rlargina bu oyatlarga e’tibor bermaydilar:

وَنَزَعْنَا مِنْ كُلِّ أُمَّةٍ شَهِيدًا فَقُلْنَا هَاتُوا بُرْهَانَكُمْ فَعَلِمُوا أَنَّ الْحَقَّ لِلَّهِ وَضَلَّ عَنْهُمْ مَا كَانُوا يَفْتَرُونَ

Biz (u kunda) har bir ummatdan bir guvohni (ya’ni payg‘ambarni) chiqarib, (ularga «Alloh yolg‘iz emas», deb keltirgan shirklaringiz haq bo‘lsa qani) hujjat-dalillaringizni keltiringlar-chi», dedik. Bas ular (xudolik) haqqi-huquqi (yolg‘iz Allohniki ekanini) bildilar va o‘zlari to‘qib olgan «xudolari esa ulardan g‘oyib bo‘ldi. [28:75].

Xar bir zamondagi kofirlar, johillar, xossatan ularning dabdabali hayotga berilgan etakchilari go‘yoki bir hil javob: biz aqlimizni ishlatmaymiz, bizga avvaldan qolib kelgan ota-bobolarimizning ko‘rsatmalari etarli degandek Haqqa qarshi turadilar:

بَلْ قَالُوا إِنَّا وَجَدْنَا آبَاءَنَا عَلَى أُمَّةٍ وَإِنَّا عَلَى آثَارِهِمْ مُهْتَدُونَ() وَكَذَلِكَ مَا أَرْسَلْنَا مِنْ قَبْلِكَ فِي قَرْيَةٍ مِنْ نَذِيرٍ إِلَّا قَالَ مُتْرَفُوهَا إِنَّا وَجَدْنَا آبَاءَنَا عَلَى أُمَّةٍ وَإِنَّا عَلَى آثَارِهِمْ مُقْتَدُونَ

Balki ular (shunday) dedilar: Albatta bizlar ota-bobolarimizni bir millat – din ustida topganmiz va albatta bizlar ularning izlaridan borib hidoyat topguvchidirmiz».(Ey Muhammad), shuningdek Biz sizdan ilgari biron qishloq-shaharga biron ogoxlantirguvchi-payg‘ambar yubormadik, magar (yuborganimizda) u joyning boyonlari: «Albatta bizlar ular(ya’ni ota-bobolarimiz )ning izlaridan ergashguvchidirmiz», deganlar. [43:22-23].

Adashgan johil kimsalar namoz bilan siyosatni, zakot bilan da’vatni ajratadilar, namoz, ro‘za kabi shaxsiy farzlarni ado qilishgach, faqat shu dunyonigina tan oladigan kofirlar kabi dunyo ketidan ertayu-kech quvib yuradilar. Namozga, zakotga buyurayotgan Robbimiz kufrni uloqtirib tashlab, shariatini hukmron qilishni va kufr hukmronligi ostidagi boshqa o‘lkalarga ham Islom nurini etkazishni amr qilmayaptimi?! Kachon Islomga to‘la bo‘ysunamiz, ey iymonni da’vo qiluvchi brodarlar?! Alloh Taoloning quydagi oyati haqida jiddiyroq fikrlanglarda:

أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ قِيلَ لَهُمْ كُفُّوا أَيْدِيَكُمْ وَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَآتُوا الزَّكَاةَ فَلَمَّا كُتِبَ عَلَيْهِمْ الْقِتَالُ إِذَا فَرِيقٌ مِنْهُمْ يَخْشَوْنَ النَّاسَ كَخَشْيَةِ اللَّهِ أَوْ أَشَدَّ خَشْيَةً وَقَالُوا رَبَّنَا لِمَ كَتَبْتَ عَلَيْنَا الْقِتَالَ لَوْلَا أَخَّرْتَنَا إِلَى أَجَلٍ قَرِيبٍ قُلْ مَتَاعُ الدُّنْيَا قَلِيلٌ وَالْآخِرَةُ خَيْرٌ لِمَنْ اتَّقَى وَلَا تُظْلَمُونَ فَتِيلًا

(Ey Muhammad), mana bu kimsalarni ko‘rmadingizmiki, ularga (ilgari Makkada turgan paytlarida kofirlarga qarshi jang qilishga talabgor bo‘lganlarida) «O‘zingizni bosing va namozingizni o‘qib, zakotingizni ado etib turinglar», deyilgan edi. Endi jang farz qilinganida esa banogoh ulardan bir to‘pi odamlardan Allohdan qo‘rqqandek, balki undan-da qattiqroq qo‘rqmoqdalar. Va (hatto) «Parvardigor, nega bizga jangni farz qilding? Bizlarga bu ajalni bir oz keyinroq yuborganingda edi», dedilar. Ularga ayting: «Dunyo matosi ozginadir. Allohdan qo‘rqqan kishiga oxirat yaxshiroqdir. Sizlarga qilchalik zulm qilinmas».[4:77].

Biz siyosiy maydonda kufrga tobe’ bo‘lmaslik uchun hayotimizdagi har bir ishda Alloh Taoloning hukmini yaxshilab o‘rganishimiz, tushunishimiz va shu hukmga muvofiq hayotdagi munosabatimizni to‘g‘rilashimiz bilan siyosiy maydondan kufr nufuzini uloqtiramiz, hamda iyomnimizni saqlab qolamiz. Chunki Rosululloh(s.a.v): «Sizlardan biror kishi to xohishi men olib kelgan narsaga tobe bo‘lmaguncha mo‘min bo‘lmaydi», – deb aytganlar. Manashu ish – siyosiy ishdir. Siyosiy maydonda etakchi bo‘lish uchun esa: Islomni o‘rganish, uni chuqur tushunib etish hamda islomiy shaxsiyani shakllantirish uchun islomiy aqliya bilan islomiy nafsiyani vujudga keltirishga ta’sir qiladigan darajada odamlarni Islom bilan tarbiyalashdan iborat. Shuningdek, Islomni ummatga tushuntirish, ummatning manfaatlari haqiqatini va Islom ularni hal qilib, amalga oshirishini ham kafolatlashi hamda ummatning manfaatini tabanniy qilganini ummatga tushuntirish uchun ummatga ta’sir o‘tkazish ham hokimiyatga olib boradigan tariqatning bir qismidir. Shunga ko‘ra, ummatga ta’sir o‘tkazish va da’vat yo‘lida kurash bilan bir vaqtda o‘rganish ham to‘xtamasligi kerak. Hizbiy uyushmaning bu ishi siyosiy ishdir.(Hizbut tahrir tushunchalari kitobidan).

Ummat qalbi poq, aqli raso, hayotning hamma sohasini chuqur o‘rganib chiqqan, hamda Ummatni etaklayotgan har bir ishini Alloh Taolo nozil qilgan haqiqat ekaniga – Qur’on va hadis bilan yoki sahih ijtihodga asoslanib – dalil keltirgan siyosiy etakchiga muhtoj. Bunday etakchi hayotni to‘g‘ri idrok qiladi, nohaq aqidalarni, tuzumlarni nohaqligini va hatosini besh qo‘ldek bilib turadi. Hamda hamma aqida va tuzumlarni siyosiy maydonda kurashga chorlaydi, tanqid qiladi, hatolarini ochib tashlaydi. Har bir ish to‘g‘rilanishi uchun Islom olib kelgan echimga o‘tishi zarurligini isbotlab beradi. Hozirda bu ishni Hizbut Tahrir olib bormoqda. U o‘z ishini risoladagidek amalga oshirsa, Ummat ham unga aql ko‘zi bilan quloq solib, unga yordam bersagina Ummatni yana siyosiy maydondagi etakchilik maqomiga olib chiqadi, chunki o‘tkir tanqid, xatolarni ochib tashlash va barcha vaziyatlar Islom talab qilayotgan qolipga o‘tishi zarurligini ta’kidlash siyosiy kurash hisoblanadi. Hizb yoki uning biror a’zosi bajargan ish mustahkam fikrat va tariqat bilan hamda chuqur fahmlash va ongli itoat namoyon bo‘lib turadigan kurashchan uslub bilan bajarilsagina siyosiy kurash muayyan natijani beradi. Zohiri botiniga zid kelmasligi lozim. Chunki maqsad shunchaki natijaga emas, balki muayyan natijaga erishish, g‘oya esa qandaydir uyg‘onishni paydo qilish emas, balki Islomiy hayotni qayta boshlash va Islomiy da’vatni yoyishdir. Siyosiy kurashni esa hizb amalga oshiradi.(“Siyosiy harakatlantirish” kitobidan). 

Ummat Islomni o‘rganish va islomiy hayotni qayta boshlash, hamda da’vatni yoyish ishiga oxirgi vaqtlarda etarlicha e’tibor bermay qo‘yganligi oqibatida siyosiy maydonda dovdirab qoldi, holbuki bu eng zarur farzlardan edi. Ayniqsa, bu ish xalifalik qulatilgandan boshlab – mana 100 yildirki – farzlar tojisiga aylangan, chunki juda ko‘plab hukmlarning ijrosi, hattoki Islomning hayotda bor bo‘lishi shu farzga bog‘liq. Bu farzga bee’tibor bo‘lishning gunohini boshqa har qancha ibodatlar soqit qilolmaydi. Umr bo‘yi namozda o‘tsa ham, har yili haj-umra qilsa ham, doimo infoq-ehsonlar, muhtojlarga yordamlar qilsa ham Qiyomatda holiga voy bo‘ladi, chunki shariatni hayotda ijro qiluvchi Xalifaga itoat qilish bilangina Qiyomatda yuzimiz yorug‘, hujjatimiz qoim bo‘ladi: Muslim Nofe’dan, u Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilib aytadi: Nabiy (Sallallohu alayhi va olihi va sallam)dan shunday deganlarini eshitdim: «Kim itoatdan qo‘l tortsa, qiyomat kunida Allohga hujjatsiz yo‘liqadi. Kim bo‘ynida bay’at bo‘lmagan holda o‘lsa u johiliy o‘lishda o‘libdi».(davomi bor).

G‘arib Muslim

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.