Islom qadriyatlarining oyoq osti qilinishining asosiy sababi Ummat o‘z qalqonini yo‘qotganligidadir

454
0

Islom qadriyatlarining oyoq osti qilinishining asosiy sababi Ummat o‘z qalqonini yo‘qotganligidadir

 O‘tgani yil Qirg‘izistonda Robbim Alloh degani uchun muslimalarni qamalishidan tortib, Frantsiyada payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallamning haqorat qilinishi, Shvetsiyada Qur’oni Karimning yoqilishi va Sharqiy Turkistondagi lagerlarda muslimalarni jinsiy zo‘rlanishi kabi Islom qadriyatlariga qarshi to‘xtovsiz hujumlar bilan kechdi. Bunday voqealar dunyoda musulmonlar soni 2 milliardga etib, islomiy yurtlar mudofaa sohasiga 100 milliard dollarlab mablag‘ sarflayotgan vaqtda sodir bo‘ldi. Albatta, aqli bor odamda savol tug‘iladi: Nima uchun dunyodagi deyarli barcha ocharchilik, zulm, adolatsizlik musulmon mamlakatlarida sodir bo‘lmoqda? Yoki musulmonlar shunchali zaif xalqmi? 

 Masalan, o‘tgan yilning iyul oyida Norin viloyatida olti muslima opa-singillarimiz da’vat olib borayotgan vaqtda MXDQ va IIV xodimlari tomonidan qamoqqa olindi. Ularga nisbatan hokimiyatni kuch bilan bosib olishga harakat qilish (ekstremizm) ayblovi bilan jinoyat ishi ochildi. Aslida da’vat har bir musulim va muslima uchun farz! Biroq, uch bora hokimiyatni kuch bilan bosib olgan, bir necha marta bosib olishga harakat qilganlarning o‘rniga, Alloh oldidagi o‘z mas’uliyatlarini ado etgan ojiza muslimalar uchun javobgarlikka tortilishmoqda. 

 Qirg‘izistondagi voqeani davom ettirib, Shvetsiyaning Malьyome shahrida 11-sentyabr kuni iflos millatchilar Allohning Kitobi bo‘lgan Qur’oni Karimni yoqib yuborishdi. Buning ortidan o‘z demokratiyasi bilan maqtangan Frantsiyaning “Sharliebdo” jurnali payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam haqorat qilingan karikaturasini yana qayta nashr etdi. Buning ortidan bir qator musulmon mamlakatlarida Rasulullohning sharafini oyoq osti qilishga yo‘l qo‘ymaslik  maqsadida aktsiyalar bo‘lib o‘tdi. Islom va musulmonlar dushmani bo‘lgan Frantsiya prezidenti Makron esa “sharliebdo” ishini so‘z erkinligi sifatida baholadi.

 Mushrik Xitoy hukumati ham kapitalistlardan ortda qolmay Islom va uning qadriyatlariga qarshi tish-tirong‘i bilan kurashmoqda. Chet eldan boshpana istab chiqqanlar Xitoyning o‘zi lager deb ataydigan zindonlarda muslimalar muntazam ravishda zo‘rlanayotganini jar solishmoqda. Bu zindonlarda erkak va ayollarni bepusht qilish va har xil tajribalar o‘tkazish uchun har 15 kunda vaktsina va dorilar berib turilgan. Albatta, Ummatning bir qismi bo‘lgan Shinjondagi musulmonlar ustidagi zulmlar imoni bor musulmonlarni tinch uxlatmaydi.

 Afsuski, musulmonlar shunday xor holatga tushib, imonimizning asosiy talablaridan biri bo‘lgan Qur’on va Payg‘ambarimizning sharafi oyoq osti qilinishni befarq kuzatib turadigan bo‘lib qoldik. Or-nomusimiz bo‘lgan ayollarimizning nomuslari taxqirlanishini e’tiborsiz qoldiradigan bo‘ldik. Kofirlar esa qadriyatlarimizning birin ketin oyoq osti qilishmoqda. Ular Islom va uning qadriyatlariga qarshi kurashda bir qayiqdadirlar. Buni dunyo rahbarlari yig‘ilib Frantsiyadagi aktsiyada ishtirok etishgani oshkor etib qo‘ydi.

 Ayni paytda Islom Ummati, 2 milliardga yaqinlashgan musulmonlar esa dengiz ko‘piklariga aylanib qolishdi. Chunki, ularning boshini birlashtiradigan Islom davlati yo‘q! Bir muslimaning nomusi uchun butun boshli armiyani, oq va qora otlarni safga tortgan Al-Mo‘’tasim billoh kabi xaliflari yo‘q!

 Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: “Eb to‘ymas ochofatlar o‘z tovog‘iga tashlangani kabi yaqinda millatlar sizlarning ustingizga tashlanadi. Shunda bir kishi o‘sha paytda sonimiz kam bo‘lganidan shunday bo‘ladimi? – deb so‘radi. Payg‘ambar: Sizlar u paytda ko‘p bo‘lasizlar. Lekin selning ko‘pigi kabi ko‘pik bo‘lasizlar. Alloh dushmanlaringiz qalblaridan sizlardan bo‘lgan qo‘rquvni olib qo‘yadi, sizlarning qalblaringizga esa, vahnni solib qo‘yadi, dedilar. Shunda bir kishi ey Rosululloh vahn nima? – deb so‘ragandi, u zot: Dunyoni yaxshi ko‘rish, o‘limni yomon ko‘rish, deb javob berdilar”. (Abu Dovud Savbondan rivoyat qilgan).

 Albatta, ummat bunday ahvolidan o‘z Islomiga qaytishi va haqiqiy rahbarning Xalifalik davlatini qayta e’lon qilishi orqaligina chiqa oladi. Bu haqiqiy rahbardan Islom qadriyatlariga qilingan har bir hujumga javob berish va bu yo‘lda qurbonliklar berishni talab qiladi. Ummatdan esa o‘z Islomlarini mabda sifatida ko‘tarib chiqish talab qilinadi!

Aslida bu Ummat chorasiz emas. Faqat ularni birlashtiradigan kuchning yo‘qligi musulmonlarni xor qilmoqda. Agar hozir musulmon yurtlari birlashadigan bo‘lsa, xalqaro maydonda albatta etakchiga aylanadi. Bu davlatdagi aholi soni 2 milliarddan oshadi. Uning maydoni 32 million kvadarat kilometrni tashkil etib, bugungi siyosiy xaritadagi eng katta davlat Rossiyadan ikki barobar katta bo‘ladi. Bu davlatdan Nil, Tiger, Firot, Niger kabi eng ahamiyatli daryolar oqib o‘tadi. Shuningdek, jahon savdosining asosini tashkil etuvchi Suvaysh, Gibraltar va Dardanel bo‘g‘ozlari kabi yuk tashish yo‘llarini nazorat qiladi. Bu davlatning er osti bitmas-tuganmas neft va konlar resurslariga boy. Masalan, dunyo neft zahirasining 73%i shu hududlarda joylashgan.

 Agar bugungi musulmon mamlakatlarining harbiy kuchlarini birlashtirsak, u harbiy derjavaga aylanadi. Chunki, bu mamlakatlar ayni vaqtda o‘rtacha hisob bilan mudofaa sohasiga 200 milliard dollardan ziyod mablag‘ sarflashadi. Uning bugungi harbiylari soni 4 milliondan oshib, Xitoyni ortda qoldiradi. Harbiy samolyot, tanklar soni jahatidan ham olamiy etakchiga aylanadi. Albatta, bu soha Islom davlati barpo etilgandan keyin so‘zsiz rivojlantiriladi. Natijada Islom qadriyatlarini oyoq osti qilgan Frantsiya singari iflos davlatlarni Usmoniy Xalifalik kabi bir xat bilan to‘xtatib qo‘yadigan bo‘ladi. Mo‘’tasim kabi bir muslimaning nomusi uchun butun armiyani safarbar qiladi!

 Mumtoz Movarounnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.