Xalifalikning bekor qilinish xotirasi

330
0

Xalifalikning bekor qilinish xotirasi

Bundan 100 avval qulatilgan Xalifalik davlatining xotirasi dillarni mahzun qildi. Musulmonlar Xalifalik Davlatining soyasida uzoq asrlar davomida shon-sharaf va azizlikka burkanib hayot kechirdilar. Barcha sohani qamrab olgan, hayotiy muammolarni go‘zal suratda hal qilgan va butun xalqlar hayotiga hamda xalqaro vaziyatga yuksak darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bunday siyosiy nizomni insoniyat butun tarixi davomida ko‘rmagan edi.

Bunga hech ajablanmasa ham bo‘ladi. Chunki Alloh nozil qilgan hukmlarning tatbiq qilinishi xotirjamlik va osoyishtalikning hamda atrofidagi barcha narsalarga barakot yog‘ilishining garovidir. Bunga insoniyat o‘z hayotida guvoh bo‘ldi. Ammo 100 yildiki, Musulmonlar – nafaqat Musulmonlar, balki butun insoniyat – bu xotirjamlik va osoyishtalikdan mahrumdir.

Xalifalikning so‘ngi paytlarida musulmonlardagi fikriy zaiflikni qulay fursat bilgan kofir G‘arb musulmonlarga qarshi fikriy kurashni kuchaytirdi. Chunki G‘arbning moddiy taraqqiyotidan ko‘zlari qamashib qolgan aksar musulmonlar uning “erkinlik”, “hurriyat” kabi fikrlari va nizomlaridan ta’sirlanib qolgan edi. Aslida Musulmonlar orasidagi ilm-fan sohasida yuzaga kelgan qoloqlikning sababi ijtihodga bo‘lgan e’tiborsizlik edi. Ijtihoddan uzoqlashgan musulmonlarning zehnlarini qorong‘ulik qoplab olganligi tufayli ular Islomni tushunishda xatolarga yo‘l qo‘yadigan va G‘arb fikrlaridan ta’sirlanadigan bo‘lib qoldi. Masalan G‘arb velosiped ixtiro qilgan bir paytda musulmonlar G‘arbdan kelgan mevalarni iste’mol qilish mumkin yoki mumkin emasligi xususida talashib, tortishish bilan ovora edilar. Lekin ming afsuski, G‘arbning moddiy taraqqiyoti va o‘zlarining moddiy qoloqligining asl sababini tushunish ularga nasib etmadi. Yoshlar ham bilib-bilmay G‘arbning g‘arazli maqsadlariga xizmat qilar edi. Shu darajadaki, Xalifalik davlati qulatilishida Arab va turklardan iborat musulmonlar yoshlarning xizmati Britaniya, Frantsiya, Rossiya, Gretsiya kabi Islomga dushman davlatlarning dushmanchiligidan kam bo‘lmadi. Chunki Islom dushmanlari Xalifalikni qulatishda Arab va turk yoshlarining xizmatidan unumli foydalandilar.

Alaloqibat makkor G‘arb la’nati Mustafo Kamolning qo‘li bilan Xalifalik nizomini bekor qildi va uning o‘rniga Islomdan tamoman yiroq bo‘lgan jumhuriyat nizomini tuzib berdi. Natijada Islomiy olamning barcha mamlakatlarida boshqaruv nizomlari tubdan o‘zgarib ketdi. 50dan ko‘proq kichik davlatchalarga bo‘lib tashlangan Usmoniy davlat kofir davlatlarning mustamlakasiga aylandi. Bitta Xalifalik nizomi o‘rniga bir nechta qirolliklar, sultonliklar, amirliklar, avtonom boshqaruv, jumhuriyat boshqaruvi va bulardan boshqa, shariatga butunlay xilof fasod boshqaruv nizomlari o‘z hukmronligini o‘rnatdi. Ummat esa bo‘rilar galasi o‘rtasida qolib ketgan qo‘zichoqqa o‘xshab qoldi. Nomuslar toptaldi, boyliklar talon taroj qilindi, Musulmonlar ustida ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan son-sanoqsiz qirg‘inlar o‘tkazildi va bu holat hozirgacha davom etmoqda.

Biz Xalifalik qulatilgan kunni esga olar ekanmiz, uni abadiylashtirish va shu kunda ko‘z yosh to‘kib, oh-voh qilib qo‘yish uchun xotirlamaymiz. Balki moziydan ibrat olib, bu qora kunni tariximizdan o‘chirib tashlash va Xalifalikni hayotga qaytarish uchun ummatni faoliyatga chorlash maqsadida yodga olamiz. Zero Allohning shariati hayot maydonidan uzoqlashtirilgandan so‘ng yana takror qaytib kelishini tasdiqlovchi bir qancha hadislar mavjud.

Rosululloh ﷺ Payg‘ambarlikdan so‘ng roshid Xalifalik bo‘lishi, undan so‘ngra adolatsiz podshohlik bo‘lishi va undan so‘ng zolim va zo‘ravon podshohlik bo‘lishi haqida xabar berar ekanlar,

«ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«So‘ngra Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi», deya roshid Xalifalikning qaytib kelishini bashorat qildilar.

Shuningdek, Muslim sahihida Savbondan Rosululloh ﷺning shunday deganlarini rivoyat qiladi:

إِنَّ اللهَ زَوَى لِيَ الْأَرْضَ فَرَأَيْتُ مَشَارِقَهَا وَمَغَارِبَهَا، وَإِنَّ أُمَّتِيْ سَيَبْلُغُ مُلْكُهَا مَا زُوِيَ لِيْ مِنْهَا

«Alloh menga erning hamma tomonini yig‘ib ko‘rsatdi. Men uning kun chiqishidan kun botishigacha barcha joylarini ko‘rdim. Ummatimning hukmronligi erning menga ko‘rsatilgan joyigacha etib boradi».

Ibn Hibbon Sahihida bunday deganlarini rivoyat qiladi:

لَيَبْلُغَنَّ هَذَا الْأَمْرُ – يَعْنِي الإِسْلاَمُ –  مَا بَلَغَ اللَّيْلُ وَالنَّهَارُ وَلاَ يَتْرُكُ اللَّهُ بَيْتَ مَدَرٍ وَلاَ وَبَرٍ إِلاَّ أَدْخَلَهُ اللَّهُ هَذَا الدِّينَ بِعِزِّ عَزِيزٍ أَوْ بِذُلِّ ذَلِيلٍ عِزًّا يُعِزُّ اللَّهُ بِهِ الْإِسْلَامَ وَذُلاًّ يُذِلُّ اللَّهُ بِهِ الكُفْرَ

«Bu ish kecha va kunduz etib borgan joygacha etib boradi. Alloh bironta ham o‘trog‘u ko‘chmanchining uyini qoldirmasdan unga bu dinni azizning azizligi yoki xorning xorligi bilan kiritadi. Bu azizlik bilan Alloh Islomni aziz qiladi va xorlik bilan Alloh kufrni xor qiladi».

Islomning er yuzidaga har bir xonadonga kirib borishi haqida xabar bergan bu hadislar dunyo xalqlarining Islomni qabul qilib, qilmasligidan qat’iy nazar, shariat ahkomlari er yuzida tatbiq qilinishini anglatadi. Shariat ahkomlari esa Xalifalik davlati mavjud bo‘lsagina tatbiq qilinadi.

Bu kabi Islomning hayot maydoniga qaytishi haqida xabar bergan yana bir qancha hadislar mavjud. Ammo Xalifalik davlatining qayta tiklanishi kutib o‘tiriladigan va qarsaklar chalib kutib olinadigan ish emas. Bu ish ummatdan o‘ziga yarasha mashaqqat talab qiladi. Bu davlatni birinchi bor tiklagan Rosululloh ﷺ qanday mashaqqat chekkanliklari o‘zingizga ma’lum. U Zotning tutgan yo‘llari biz uchun tariqatdir.

Inshaalloh Roshid Xalifalik davlatining qaytib kelishi muqarrardir. Ayni paytda – Allohga hamdu sanolar bo‘lsin – Ummat orasidan chiqqan muxlis musulmonlarning sa’yi harakatlari tufayli Ummat qayta uyg‘ona boshladi. Bu insonlar Xalifalik davlatini qayta tiklash va Ummatning sharafini qaytarish uchun Rosululloh ﷺ yo‘lidan yurib olamiy shaklda faoliyat olib bormoqda. G‘arbning turli makrlari orqali unuttirilgan “Xalifalik”, “shariatni tatbiq qilish” kabi so‘zlar bugunga kelib ummat og‘zidan tushmay qoldi. Ya’ni bu masala oxirgi kunlarda islomiy uyg‘onish taqozo qilayotgan umumiy talabga aylanib qoldi.

Shunday ekan, biz Xalifalik bekor qilinishining 100 yillik xotirasini mahzuniyat bilan yodga olish bilan birga, har bir musulmonni bu xotira oldida bir lahza to‘xtab, fikrlab ko‘rishga chaqiramiz. Chunki Shar’iy hukmlarni hayotga qaytarish masalasi xos insonlarga yoki biror jamoaga cheklangan masala emas, balki barcha musulmonlarning vazifasidir. Har birimiz uchun Allohning diniga yordam berishga eng shimaradigan va bu buyuk farzni ado etgan hamda faoliyat olib borayotganlar bilan birga elkama – elka turib harakat qilish vaqti keldi. Shoyad Allohning oldiga borganda yuzlarimiz yorug‘ bo‘lsa.

 لِمِثْلِ هَذَا فَلْيَعْمَلْ الْعَامِلُونَ

«Bas, amal qilguvchilar mana shunday (mangu baxt saodat) uchun amal qilsinlar!» [Soffat 61]

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.