Mo‘’minlar ahamiyat berishi zarur bo‘lgan ishlar (2)

176
0

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

Mo‘’minlar ahamiyat berishi zarur bo‘lgan ishlar (2)

Alloh Taoloning ahkomlariga bee’tibor bo‘lgan, munkarlarga to‘lib toshgan bunday jamiyatni guvohi bo‘lgan mo‘min uni o‘zgartirish uchun shoshilishligi iymon talabidir. Bu ishda Rosululloh(s.a.v)ni namuna qilib olish farz, Alloh Taolo har qanday ishning to‘g‘ri echimini quyida shunday bayon qilmoqda:

 فَإِنْ تَنَازَعْتُمْ فِي شَيْءٍ فَرُدُّوهُ إِلَى اللَّهِ وَالرَّسُولِ

«Bordiyu biror narsa haqida talashib qolsangiz, u narsani Alloh va Rosuliga qaytaringiz!» [Niso 59], nafaqat ibodatlarda, balki ommaga aloqador ishlarimizni ham to‘g‘ri olib borishimiz uchun Rosululloh(s.a.v)ni namuna qilib olishimiz zarur:

لَقَدْ كَانَ لَكُمْ فِي رَسُولِ اللَّهِ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ

“Sizlar uchun Allohning payg‘ambarida go‘zal namuna bordir”.            [33:21], shunda Alloh Taolo bizdan rozi bo‘ladi va shu kungacha beparvo bo‘lgan xato-kamchiliklarimizni, gunohlarimizni mag‘firat qiladi, Alloh Taolo aytadi:

قُلْ إِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللَّهَ فَاتَّبِعُونِي يُحْبِبْكُمْ اللَّهُ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ وَاللَّهُ غَفُورٌ رَحِيمٌ

Ayting (ey Muhammad): «Agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunoxlaringizni mag‘firat qiladi. Alloh (gunohlarni) mag‘firat qilguvchi, mehribondir». [3:31].

O‘zimizni yaxshi tanigan holda Alloh Taologa qullik qilishni Rosulluoh(s.a.v) kabi Islomni o‘rganish va o‘rgatishdan boshlashimiz bilan Rosululloh(s.a.v)ni o‘zimiz uchun namuna qilgan bo‘lamiz, chunki Rosululloh(s.a.v) ishni avvalo Arqam ibn Arqam(r.a)ning uyida Islomni o‘rganish, hamda bir vaqtning o‘zida o‘rgatishdan boshlagani juda mashxur va hammaga ma’lum. Islomni haqqi-rost, qanday bo‘lsa shundayligicha, hozirda amal qiladigan qilib faqat Hizbut tahrirgina o‘rgata oladi. Bu so‘zimiz haqqa qarshi chiqish, tarafkashlik hulosasi emas. Agar bunday bo‘lmasa dalil keltiringlar! Bunday deyishimizga sabab, saroy olimlari hukumatdan qo‘rqqanligidan Islomni siyosiy vaziyatlarga moslashtirib bayon qilmoqdalar yoki sukut saqlashda davom etishmoqda. Haqni oshkor qilishni da’vo qilayotganlarda esa hozirgi davrda Islomni mukammal holda ijro qilish uchun sahih ijtihod bilan nususlarga asoslanib ishlab chiqilgan nizomlari yo‘q. Boshqaruv, iqtisod, ijtimo, ta’lim-tarbiya, jazolar nizomi kabi jamiyat uchun zarur bo‘lgan, Alloh Taolo rozi bo‘ladigan tartib-nizomlar ishlab chiqilmagan, umumiy gaplardan nariga o‘tilmayapti.

Islomda boshqaruv qanday bo‘lishi “Xalifalik davlati jihozi” kitobimizda, Islomdagi iqtisod “Islomdagi iqtisod nizomi” hamda “Halifalik davlatida mollar” kitoblarimizda, ijtimo “Islomdagi ijtimo nizomi” kitobimizda, boshqa sohalar ham “Jazolar nizomi”, “Halifalik davlatida manhajiy ta’lim asoslari” kabi kitoblarimizda mufassal bayon qilingan. Hozirda mo‘minlar uchun Islomni o‘rganish  eng zarur ish, chunki Alloh Taoloni shariatini hayotga qaytishi ham, munkarlarni jamiyatdan tozalash ham, er yuzidagi mazlum, bechora mo‘min brodarlarimizga yordam berish ham, nafaqat Islom olamini balki butun dunyoni jabr-zulmlardan, jaholat-kufr qaronguligidan Islom nuriga, Alloh Taoloning adolatiga olib chiqish ham shu ishga – Islomni yaxshilab o‘rganib, Ummatga o‘rgatishga, bu dunyodagi vazifasini eslatishga bog‘liq. Alloh Taolo aytadi:

وَكَذَلِكَ جَعَلْنَاكُمْ أُمَّةً وَسَطًا لِتَكُونُوا شُهَدَاءَ عَلَى النَّاسِ وَيَكُونَ الرَّسُولُ عَلَيْكُمْ شَهِيدًا

Shuningdek, sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh bo‘lishingiz va payg‘ambar sizlarning ustingizda guvoh bo‘lishi uchun o‘rta (adolatli) bir millat qildik. [2:143].

(davomi bor)

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.