بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
«Istanbul konventsiyasi» o‘z ichiga olgan sakkizta xavfli tushuncha (1)
Ustoz Hannon Xumayriy qalamiga mansub
Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati ayolar qanoti rasmiy notiqasi
Birinchi tushuncha: Gender ya’ni jinsning ijtimoiy tuzilishi:
Istanbul konventsiyasining 3-modda (v) va (g) bandida bunday deyilgan: «Gender atamasi – ma’lum bir jamiyat tomonidan ayollar va erkaklar uchun munosib deb topilgan rollar, xulq-atvor, faoliyatlar, demakdir».
(g) bandi: «Ayollarga nisbatan jinsga asoslangan zo‘ravonlik» atamasi ayolga qarshi uning ayol bo‘lganligi sababli yoki ayollarga nomutanosib ta’sir ko‘rsatadigan ravishda sodir etiladigan barcha zo‘ravonliklarni anglatadi.
Istanbul konventsiyasi «jinsga asoslangan zo‘ravonlik»ka qarshi kurashishga qaratilgan bo‘lib, bu gender nazariyasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Bu nazariyaga ko‘ra, gender biologik jinsga, ya’ni, ayol va erkakka aloqador emas, balki ularga o‘z jinslarini va moyilliklarini qonun-qoidasiz o‘zlari belgilash ixtiyori berilishi kerak.
Ushbu yo‘ldan ozgan nazariyani ko‘rib turibsizki, jinsiy identifikatsiyani shaxsning erkak yoki ayol bo‘lib tug‘ilishi bilan belgilamaslik kerak emish. Bu nazariyaga ko‘ra, qiz bola qiz bola bo‘lib, o‘g‘il bola o‘g‘il bola bo‘lib tug‘ilmaydi, balki ularning jinsi jamiyat va hukmron saqofatning kuchi bilan belgilanadi. Konventsiya, xususan, jinsni tanlash erkinligi masalasida ayol bilan erkak o‘rtasidagi farqni mana shunday belgilagan.
Bunday buzuq, izdan chiqqan tafakkur dinni hayotdan ajratuvchi moddiy hazoratning tabiiy mahsulidir. Islom hazoratiga kelsak, u rabboniy hazoratdir. U o‘z tushunchalarini insoniyat tabiati mohiyatini ma’lum qilgan Qur’on bulog‘idan simirgan. Ushbu mohiyat mana bu oyati karimada ochiq bayon qilindi:
يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُمْ مِنْ ذَكَرٍ وَأُنْثَى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوباً وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِنْدَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ
«Ey insonlar, darhaqiqat Biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishinglar (do‘st-birodar bo‘lishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik. Albatta sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatligingiz eng taqvoligingizdir. Albatta Alloh bilguvchi va ogohdir» [Hujurot 13]
Ikkinchi tushuncha: Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik, degan narsa bilan ayol-erkak o‘rtasidagi tengsizlik, degan narsaning o‘rtasini qasddan-yomon niyatda aralashtirish. Istanbul konventsiyasi muqaddimasida «ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning tizimli tabiati jinsga asoslanganligi hamda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik ayollarni erkaklar oldida ijtimoiy va siyosiy jihatdan bo‘ysunuvchi holatda saqlash mexanizmlaridan ekanligi e’tirof etiladi», deyilgan.
Istanbul konventsiyasiga ko‘ra, ayolning eri yoki aka-ukalari va boshqalar kabi uyda yoki ommaviy hayotda erkak kishi tomonidan zo‘ravonlikka uchrayotgani shu erkakning aqliy va psixologik natijasidir. Ya’ni, bu erkak ayolga zo‘ravonlik qilayotganda «ayolga shunday yo‘l bilan muomala qilinmaguncha u tushunmaydi, chunki men erkak kishi, u esa ayol kishi», degan yashirin e’tiqoddan kelib chiqqan holda zo‘ravonlik qiladi.
Konventsiyadagi bunday tushuncha juda xavfli xato. Chunki bu, xoh oilada bo‘lsin, xoh ommaviy hayotda bo‘lsin, erkak kishi bilan ayol kishi o‘rtasida janjalni keltirib chiqaradi… oqibatda jamiyat ustunini sindiradi, jamoa o‘rtasini ayrib, ommaviy hayotdagi erkaklar va ayollar o‘rtasidagi hamkorlikni parchalaydi. Alloh Taolo bunday deydi:
وَمِنْ آيَاتِهِ أَنْ خَلَقَ لَكُمْ مِنْ أَنْفُسِكُمْ أَزْوَاجاً لِتَسْكُنُوا إِلَيْهَا وَجَعَلَ بَيْنَكُمْ مَوَدَّةً وَرَحْمَةً إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَاتٍ لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ
«Uning (Allohning) oyatlaridan (biri) U zot sizlar hamdam bo‘lishlaringiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratishi va o‘rtalaringizda oshnolik va mehr-muhabbat paydo qilishidir. Albatta bunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibratlar bor» [Rum 21]
Asl tamoyil shundan iboratki, erkak kishi ayol kishidagi tinchlik va mehr-muhabbatga intiladi va buning aksi ham shunday. Binobarin, konventsiya ushbu asl tamoyilni dushmanlikka, kamsitishga va nafratga aylantirdi va bu Alloh Subhanahu va Taolo insoniyat tabiati va fitrati haqida bizga xabar bergan haqiqatga teskaridir.
Uchinchi tushuncha: dinlarni ayblash va Islomni nishonga olish:
Konventsiya muqaddimasida yana bunday deyiladi: «Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik tarixiy jihatdan ayollar bilan erkaklar o‘rtasidagi tengsizlikning muvozanatini aks ettirmoqda. Bu esa, erkak kishining ayol kishi ustidan hukmronligiga, kamsitishiga va ayollarni to‘liq erkinlikdan mahrum qilinishiga olib kelmoqda».
Bu tushuncha erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlarni ziddiyat nuqtai nazaridan kelib chiqib cheklaydi. Ya’ni, aksar tushunchasi va xulosasi butun tarix mobaynida erkak-xotin janjallashib, erkak zo‘rlik qilib kelgan, tarixda erkak ayolni mag‘lub etgan, degan nazariyaga asoslangan.
Bundan biz konventsiyadagi «tarix», degan so‘zdan diniy narsalar, xususan, Islom nazarda tutilganini ko‘ryapmiz. Misol uchun, islomiy olam tarixida kuchlarning nomutanosibligi, deganda Islom ahkomlarini qasd qilishadi.
Biz ushbu xulosamizga Abdulmajid Sharafiyning «Islom va yangi zamon» nomli kitobidagi mana bu so‘zlarini misol qilamiz: «Butun Islom jamiyatlarida, xususan arab jamiyatlarida ayollarning past darajadagi mavqeiga oid keng tarqalgan fikrlar Islomdagi ta’limot va hukmlardir. Bunday fikrlar Islomga xos ta’limot va ahkomlarga borib taqaladi. Chunki Islom ahkomlari ayolning ijtimoiy hayotga qo‘shgan hissasini buzgan bo‘lib, ayolni xoh otasi, xoh eri bo‘lsin, erkak kishining hukmronligi ostiga kiritib qo‘yadi hamda uni lazzatlanish, farzand ko‘paytirish va xizmatkorlik vositasiga aylantiradi».
Sharafiyning bu so‘zlari ham G‘arbdagi ilmoniy mufakkirlar so‘zlaridan zarracha farq qilmaydi. Ularning barchasi tarixda erkak va ayol o‘rtasida buzilgan mezonning asosiy sababchisi xotin-qizlarni pastga urib, xizmatkorga aylantiradigan din, urf-odat va tarixiy ijtimoiy sarqitlardir, degan fikrda.
Istanbul konventsiyasi xuddi shunday buzuq tushunchalarga qurilgan. Tunisdagi ilmoniy malay siyosiy elita ham jamiyatda ilmoniy tushunchalarni yanada rivojlantirish uchun mana shu Istanbul konventsiyasini tatbiq qilishga qattiq chiranmoqda.
To‘rtinchi tushuncha: Davlatga musulmonlarning e’tiqodlari ustidan shafqatsiz siyosat olib borish uchun hukmronlik berish:
Istanbul konventsiyasining 12-moddasida bunday deyilgan: «1-band: davlatlar ayollarning ijtimoiy va madaniy xulq-atvorlarini o‘zgartirib, erkaklarni shunga undash uchun zaruriy choralarni ko‘radi. Bu choralardan maqsad, ayollarning pastga uruvchi g‘oyalarga va erkak kishi bilan ayol kishi o‘rtasidagi odatiy rolga asoslangan ijtimoiy turmush tarzlarni, urf-odatlarni, an’analarni ildizi bilan quritishdir».
«5-band: davlatlar ushbu madaniyatlar, urf-odatlar, dinlar, an’analar va «sharaf», deyilayotgan narsalarning ushbu konventsiya doirasiga kiruvchi zo‘ravonlik amaliyotlarini oqlashda asos bo‘lmasligini ta’minlaydilar».
Ushbu 12-moddadan konventsiyaning jamiyatni ilmoniylashtirish va fahsh-buzg‘unchilikni yoyish loyihasiga xizmat qilish uchun butun davlatlarni safarbar qilayotgani ochiq ko‘rinib turibdi, hatto bu davlatlar Tunis singari musulmon davlati bo‘lsa ham.
Istanbul konventsiya davlatni o‘zining loyihasiga xizmat qiluvchi askarlarga aylantirmoqda. Uning loyiha Islom ahkomlariga qarshi kurashdan iborat bo‘lib, kapitalistik demokratik mafkurani keng yoyishda namoyon bo‘ladi. Vaholanki, demokratiyada davlat har qanday ideologik loyiha qarshisida betaraf turishi kerak, huquq va erkinliklarni himoya qilish uchun barcha tomonlarga nisbatan xolis pozitsiyani egallashi lozim, deya da’vo qilinadi. Biroq shunga qaramay, bu konventsiya davlatni dinga, xususan, Islom diniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri dushmanga aylantirmoqda.
Demak, bu konventsiya davlat orqali butun insoniyatni repressiya qilmoqda, uning tabiiy ehtiyojlarini bostirib, majburan yangi jamiyat va yangi tizim sari yo‘naltirmoqda. Bu tizim esa, hayvoniylik va hayvonlar tizimidir. Bundan mustamlakachi ilmoniy kuchlar zo‘rlab tiqishtirayotgan ushbu mafkuraviy nazariyaning rasvoligi va halokatga yuz tutgani yaqqol ko‘rinib turibdi.
Roya gazetasi saytidan olindi