Tahriri Shom hay’atining namoyishchi ayollarga hujum qilishi oqibati

237
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Tahriri Shom hay’atining namoyishchi ayollarga hujum qilishi oqibati

Tahriri Shom hay’ati qamog‘ida saqlanayotgan yigitlarning onalari va ayollari G‘arbiy Halabning Sahora qishlog‘ida ularni ozod etilishini talab qilib namoyish o‘tkazgan edi. Tahriri Shom hay’ati esa, o‘zining sodir etayotgan qator sharmandali jinoyatlari doirasida namoyishchi ayollarga hujum qildi. Ushbu qilmishga nisbatan Shimoliy Idlibning Atma shaharchasi ayollari Sahora ayollariga nusrat-yordam sifatida «Kim ayollarimizga qo‘l cho‘zsa, unga halokat etsin» nomli bayonot chiqardilar. Bayonot ortidan Atma ayollari yigitlarga qilingan zulmni rad qilib, ularga yordam ko‘rsatish va ayollarga hujum qilinishini qoralashga qaratilgan namoyish o‘tkazdilar. Sahora ayollariga nusrat-yordam sifatida, Idlibdagi Dayr Hasson qishlog‘i ayollari ham bayonot chiqardilar. Ushbu bayonotdan oldin Tahriri Shom hay’ati ularning ham ikki nafar farzandini qamoq olib, o‘tkazayotgan namoyishlariga hujum qildi. G‘arbiy Halabdagi Bobakka qishlog‘idagi erkaklarga kelsak, ular ham o‘z opa-singillariga hujum qilinishi ortidan plakatlar ko‘tarib chiqib, o‘zlarini Sahora ahli bilan birga ekanliklarini ifodaladilar. Nohaq qamoqqa olingan Hizb ut-Tahrir a’zolarini ozod etishga bo‘lgan talablar doirasida, Hizb a’zolaridan biri Somir Iydning aka-uka va yoru birodarlari Tahriri Shomning niqob taqqan odamlari tomonidan uning qamoqqa olinishini qoralab bayonot chiqardilar. Somir Iydning qamoqqa olinishiga Shimoliy Halabdagi E’zoz shahrida Turkiya razvedka xizmati tomonidan qamoqqa olingan Hizb ut-Tahrir a’zolarining ozod etilishini talab qilgani sabab bo‘lgan edi. Shuningdek, Hizbning ikki a’zolari Muhammadjon Hadid va Ahmad Ismoilning mahalla ahli ham Tahriri Shom hay’ati xavfsizlik xodimlari tomonidan qamoqqa olingan ushbu farzandlarining ozod etilishini talab qilib namoyish o‘tkazdilar. Bu ikki yigit ham Ummatga mustamlakachi kofirlar qo‘li bilan ag‘darilgan Xalifalikning yuz yilligi alamli xotirasini eslatish tadbirini o‘tkazishlari ortidan qamoqqa olingan edilar.

Roya gazetasining 2021 yil 17 mart chorshanba kungi 330-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.