بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Sisiy rejimi eng qorong‘i zulmatdir
Ustoz Said Fazl qalamiga mansub
Hizb ut-Tahrir – Misr viloyati matbuot bo‘limi a’zosi
O‘z xalqining ishlariga e’tibor bermaydigan, haq-huquqlarini ushoqlar miqdorida ta’minlab, o‘zlarini o‘zlari ta’minlashga tashlab qo‘ygan, o‘zining xato va gunohlari oqibatlarini shu xalq ustiga yuklagan Misr rejimi, endi oziq-ovqat kartochkasiga asosan beriladigan yordamni ikki bolali oilaga cheklab qo‘ydi. Bu ishiga «aholi sonining ko‘payishiga qarshi kurash» bilan dastaklayapti. Bu haqda – ijtimoiy birdamlik vazirasi Navin Qabbojning dushanba kuni televidenie orqali bergan bayonotiga ko‘ra – kelasi oyda bosh vazirning rasmiy qaror chiqarishi kutilmoqda. Vaziraning ta’kidlashicha, ushbu qaror kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq «birdamlik va hurmat»ni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida amalga oshirila boshlagan.
Bir necha kun oldin bosh vazirning o‘zi qarshimizga chiqib, aholi sonining oshayotganini aybladi va buning sababini Misr boshdan kechirayotgan muammolarga bog‘ladi. Go‘yo oilalardagi bolalarni uning o‘zi peshona terisi bilan boqayotgandek… Go‘yo qisqartirishga qaror qilgan shu pullari ularni eb-ichish va kiyinish bilan ta’minlashga etadigandek, bu bo‘lmasa, och qolishadigandek… Go‘yo bu rejim insonlarga yuqori darajada yordam ko‘rsatib, endi uni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qilayotgandek! Aslida esa, Misr ahli bunday rejim ostida hech qanday g‘amxo‘rlik ko‘rmadi. Aksincha, ularga tashlangan ushoqlar evaziga haq-huquqi poymol etilib, boyliklari talandi, hurmatlari oyoq osti qilindi.
Aholi sonining o‘sishi butun dunyo nazarida samarali insoniy energiya hisoblanadi va shunga targ‘ib qilinadi. Misol uchun, Germaniyada har oyda bolalarga beriladigan pul-posobiya miqdori tobora ortmoqda. Yaqinda nemis parlamenti qonunga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida qaror chiqardi. Unga ko‘ra, har bir bolaga davlat tomonidan beriladigan posobiya 10 evroga oshdi. Bu bilan 2019 yildan e’tiboran, har birinchi va ikkinchi bolaga 204 evro, to‘rtinchi boladan boshlab 234 evro beriladigan bo‘ldi. Frantsiyada ham, unda Evropa bo‘yicha tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lishiga qaramay, qator imtiyoz va yordamlarni taqdim etgan. Jumladan, «tug‘ilish granti» 1000 evro atrofiga etdi, daromad solig‘i miqdorining ozaytirilishi va hukumat tomonidan yordam markazlarini ochilishiga qo‘shimcha, oilalarga har oyda bir qator imtiyozlar berildi (arab tilidagi Sputnik, 2019 yil 28 noyabr).
G‘arb bashariy energiyasini oshirish uchun o‘z fuqarolarini farzand ko‘rishni ko‘paytirishga targ‘ib qilayotgan bir paytda, bizning hukmdorlar musulmonlar sonini ozaytirish uchun naslni cheklashga va farzand ko‘rishni to‘xtatishga urinishmoqda! Bu erda ta’kidlash lozim bo‘lgan narsa shuki, Germaniyaning o‘z bolalariga berayotgan posobiyasi va Frantsiyaning tug‘ilish uchun berayotgan imtiyozlari Misr ahli uchun katta boylik hisoblanadi. Chunki rejim o‘z fuqarolariga qurumsoqlik bilan sariq chaqa berib, buning evaziga o‘zining dahshatli siyosatlari javobgarligini ularning bo‘yniga yuklamoqda. Ta’kidlash lozimki, aholi sonining o‘sishi iqtisodiy rivojlanishga to‘siq bo‘lyapti va qashshoqlikka sabab bo‘lyapti, degan gapni bizning ruvaybiza hukmdorlardan boshqa hech kim gapirmagan. Ular bu energiyani nafaqat to‘xtatishga, hatto vayron qilishga urinishyapti.
Haqiqiy rejimlar yirik davlatlar va donor davlatlarning ko‘rsatmalariga o‘z siyosatlarini garov qilib qo‘ymaydi, ularning qonun va qarorlariga bo‘ysunmaydi. Balki haqiqiy rejim qarz olish yo‘lini umuman tutmaydi va iqtisodiy muammolar qarz olish bilan echiladi, deb bilmaydi. O‘z xalqiga zarar etkazishi yoki huquqlarini poymol etishi yoxud hurmat-e’tiborlarini toptashi mumkin bo‘lgan biror bir siyosatni aslo qo‘llamaydi. Ammo yurtlarimizdagi mavjud malay rejimlar bo‘lsa, hammaga ma’lumki, ular zolim va o‘g‘ridirlar. Odamlarning nonini o‘marishdan, boyliklarini talon-toroj etib, o‘z xalqlari jasadlari ustidan bo‘lsa ham Shveytsariya banklaridagi shaxsiy hisoblarini ko‘paytirishdan boshqa tashvishlari yo‘q ularning. Misr boshdan kechirayotgan voqelik ham xuddi shunday. Bu voqelik Britaniya uni bosib olib, qirollik boshqaruvi ostida ushlab kelganidan beri, so‘ng AQSh malay harbiylar boshqaruvi ostida ushlab turganidan beri davom etib kelmoqda. Faqat AQShning harbiy boshqaruvi davrida Misrning emirilishi yanada tezlashmoqda, xolos.
Misr boshdan kechirayotgan krizisga aholi soni oshishining hech bir jihatdan aloqasi yo‘q. Bil’aks, aholi sonining oshishi, agar bundan to‘g‘ri foydalana bilinsa, echimning bir qismi bo‘lishi mumkindir. Yurtning tanasini qurtdek kemirib, xalqi nonini tortib olayotgan haqiqiy krizis va yaramas illat, bu anavi kapitalistik tuzum va uni tatbiq qilayotgan yuvindixo‘r hukmdorlardir. Bu tuzum Kinona ahli elkasiga minib olib, odamlarni qashshoqlikka tortishda davom etaverar ekan, ahvol sistematik ravishda tobora yomonlashaveradi.
Misr ahli boshdan kechirayotgan muammolarning yagona echimi dardi balo bo‘lgan anavi kapitalist ilmoniy soliqchi rejimni ildizi bilan qo‘porib tashlashdan iboratdir. Ya’ni, malay hukmdorlar va ularning G‘arb va madaniyatiga shaydo bo‘lgan yugurdaklarini bitta ham qoldirmay yo‘q qilib, haqiqiy g‘amxo‘r tuzumni olib kelish kerak. Faqat ushbu tuzumgina Misr ahlini tamsil etadi, aqidalariga uyg‘un keladi, ular istagan hurmat-izzatli farovon hayotni ro‘yobga chiqaradi. Biroq mudom Islomni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida odamlar ustidan to‘la tatbiq etuvchi tuzum yo‘q ekan, bu hargiz ro‘yobga chiqmaydi. Ummat bu tuzumni yaxshi taniydi, uning soyasida asrlab yashagan… O‘shanda u butun dunyo xo‘jayini bo‘lgan. Butun islomiy yurtlar boyliklari ham, resurslari ham energiyalari ham bitta holatda bitta davlat soyasida yashagan. Shubhasiz, bunday hayot albatta qaytadi. Chunki u Alloh Subhanahuning va’dasi, Rosuli ﷺning bashoratidir. Ushbu va’da va bashoratni ro‘yobga chiqarish uchun Ummatning ongli bir jamoasi g‘ayrat ko‘rsatmoqda. Ularga Islom davlatini barpo etishda nusrat-yordam beruvchi armiya ansorlari etishmayapti, xolos. Chunki Islom davlatigina Islom va musulmonlarni aziz-kuchli qiladi, yo‘qotilgan adolat ustunlarini tiklash uchun er yuzida hokimiyatlarini qayta olib beradi, olamni o‘z domiga tortayotgan kapitalizmdan butun insoniyatni qutqaradi.
Allohim, ushbu Ummatga tarixlarini qaytaradigan va qayta roshid Xalifaliklarini barpo etadigan kechagi ansorlar kabi ansorlar chiqarib ber. Allohim, uni tezlat va Misrni ushbu Xalifalikning bosh shahriga, Misr qo‘shinlarini uning ansorlariga aylantir, Allohumma omin.
وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ الْقُرَى آمَنُوا وَاتَّقَوْا لَفَتَحْنَا عَلَيْهِمْ بَرَكَاتٍ مِنَ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ وَلَكِنْ كَذَّبُوا فَأَخَذْنَاهُمْ بِمَا كَانُوا يَكْسِبُونَ
«Agar u qishloqlarning (joyning) aholisi imon keltirib, taqvo qilganlarida edi, albatta Biz ularga osmonu erdan barakot (darvozalarini) ochib qo‘ygan bo‘lur edik. Lekin ular (payg‘ambarlarimizni) yolg‘onchi qildilar, bas, ularni o‘zlarini qilgan gunohlari sababli ushladik» [A’rof 96]
Roya gazetasi saytidan olindi