Yangi davlat kotibi Blinken bergan bayonotlar Amerikaning Falastin masalasini tugatish qarori qat’iyligini tasdiqlaydi

312
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yangi davlat kotibi Blinken bergan bayonotlar Amerikaning Falastin masalasini tugatish qarori qat’iyligini tasdiqlaydi

AQShning yangi Davlat kotibi Entoni Blinken prezident Baydenning Falastin bilan «Isroil» mojarosini hal qilishning yagona yo‘li ikki davlat echimi, deb hisoblashini, biroq bu echimni yaqin vaqt ichida amalga oshirish mumkinligiga shubha bilan qarayotganini ma’lum qildi. Blinken zudlik bilan yahudiylar va falastinliklarni ushbu jarayonni murakkablashtiradigan qadamlar tashlashdan saqlanishga chaqirdi. U Quddusni «Isroil»ning poytaxti sifatida tan olish va u erga elchixonani ko‘chirish haqidagi sobiq prezident Trampning qarorlari to‘g‘risida «Bayden ma’muriyati bunga rioya qilajagini» ta’kidladi. Bu bayonotlar Senat tomonidan Blinkenning davlat kotibi lavozimiga tayinlanishini ma’qullash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan tinglov majlisida yangradi.

Hizb ut-Tahrirning muborak Falastin zaminidagi matbuot bo‘limi o‘z saytida bunga izoh sifatida quyidagicha bayonot berdi:

«Blinkenning ayni bayonotlari ostida juda ko‘p siyosiy haqiqatlar yotibdi. Ulardan biri, musulmonlar va Falastin ahliga nisbatan dushmanlik AQSh prezidentining o‘zgarishi yoki yangi ma’muriyat tuzilishi bilan o‘zgarmaganidir. U erdagi har bir ma’muriyat sobiq ma’muriyatning musulmonlar masalasida, shu jumladan, Falastin masalasidagi yutuqlarini himoya qiladi. Ularning siyosatidagi asosiy mazmun yahudiy vujudi xavfsizligini AQSh manfaatlarini saqlab qoladigan va unga xizmat qiladigan tarzda himoya qilishdan iborat. Zero, Blinkenning bayonotlarida AQSh ma’muriyatining o‘zgarishi yoki Trampning ketishi Falastin masalasini qutqaradi, deya ishonayotgan kimsalar uchun aniq javob bor. Blinkenga ko‘ra, demak, Bayden ma’muriyati Tramp tomonidan yahudiylarga qilingan hadyalarga bundan keyin ham rioya qilib, ikki davlat echimi oldidagi to‘siqlarni bartaraf etishga harakat qiladi. Tabiiyki, bunday siyosat Falastin ahli, arablar va musulmonlar uchun tomoqqa sanchilgan suyak bo‘lib qoladi. Yahudiy vujudi esa, Falastin zaminida kengayishda, kuchayishda, mavjud siyosatlarni zo‘rlab tiqishtirishda davom etaveradi.

Islom Ummati bugungi kunda dunyodagi birinchi davlat o‘zining ichki vaziyatini tartiblashtirish bilan band bo‘lib qolganini, Falastin masalasini tugatishga ojizlik qilayotganini ko‘rib turgan ekan, allaqachon Xalifalik davlatini barpo qilib, o‘z saltanatini qayta tiklashi vaqti keldi. Ana shundagina, muammolarini o‘zi hal qilishga, tashqi siyosatini shar’iy ahkomlarga muvofiq tatbiq qilishga va Falastinni ozod etib, uni qayta musulmon yurtlarining gultojisiga aylantirishga muvaffaq bo‘ladi.

Roya gazetasining 2020 yil 27 yanvar chorshanba kungi 323-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.