O‘tish davri hamkorlari degan kengash tuzishdan maqsad, Amerikaning Sudanga solgan changalini mustahkamlashdir

344
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

O‘tish davri hamkorlari degan kengash tuzishdan maqsad, Amerikaning Sudanga solgan changalini mustahkamlashdir

Ustoz Yoqub Ibrohim qalamiga mansub

2020 yil oktyabrda Sudan hukumati bilan turli harakatlar o‘rtasida «Sudan tinchligi uchun» Juba shartnomasi imzolandi. Shu nuqtai nazardan, Sudandagi siyosiy kompas o‘zgartirilgan konstitutsiyaviy hujjat bandlari ustida janjallar kelib chiqishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Masalan, general Abdulfattoh Burhon ushbu shartnomaning 79-moddasiga binoan, o‘zgartirilgan konstitutsiyaviy hujjatning 80-moddasiga muvofiq hamda 2019 yilgi 38 va 39 farmonlarga ko‘ra 2020 yil 1 dekabrda qaror qabul qildi. Bu «O‘tish davri hamkorlari kengashi» niqobi ostida yangi jism yaratish va yangi sheriklar qo‘shish qarori bo‘ldi. Ya’ni, bu qaror taqozosiga ko‘ra, avvalgi prezidentni ag‘dargan xalq harakatini jilovlab olish imkoni tug‘iladi va bu bilan adolat izlagan qo‘zg‘olonchilar talablari yo‘qqa chiqariladi. Bunday g‘oyat jirkanch rejadan parda ortida AQSh razvedkasining yashirin qo‘llari borligi ko‘rinmoqda. Chunki Amerika tinchlik hujjatini Sudanni terrorizm hujjatidan chiqarish talablaridan biri, deb hisoblamoqda. Shuning uchun o‘zining kuchli odami bo‘lgan Hamidatiyga muzokaralardagi hukumat delegatsiyasini Amerika istagiga muvofiq natija chiqarish sari yo‘llashni buyurdi.

Bu qaror Sudanda yangi siyosiy jarayonga ko‘chish bo‘lishini anglatadi. Amerika shu orqali o‘tish davri hukumatidagi o‘ziga qarashli harbiylarni kuchaytirib, Burhonni ikkinchi muddatda ham harbiy kengash raisi bo‘lib qolishini ta’minlamoqchi bo‘lyapti. Bu muddat shartnoma imzolangan 2020 yil 3 oktyabrdan boshlab 21 oy bo‘lib, bu vaqt Amerika nufuzini mustahkamlash, Evropa odamlari qanotini qirqish yoki Sudandagi siyosiy hayotdan chetga chiqarish uchun etarlidir. Shu maqsadda ayni qarorda o‘tish davri hamkorlari kengashining maxsus vazifalari beshta bandda belgilandi.

Ularning 1-bandida «O‘tish davrini Sudanning oliy manfaatlariga xizmat qiluvchi tomonga yo‘llash», deyilgan.

Bu banddan ko‘rinib turibdiki, bu Sudanning oliy manfaatlari, deganda qanday manfaatlar ko‘zlanganligi aniq ko‘rsatilmagan. Demak, u «oliy manfaat» niqobi ostida ko‘zlangan har qanday til biriktiruv yoki jinoyatni o‘z ichiga olishi mumkin. Toki, u xalqaro razvedkaning Sudanga qarshi to‘qiyotgan jirkanch rejalarini amalda tatbiq qilishga asos bo‘lsin. Masalan, o‘tish davri hukumati ham shu «oliy manfaat»ga suyangan holda, Xalqaro Valyuta Fondi ko‘rsatmalari kabi boshqa rejalarni tatbiq qilishga yoki xalqaro hujjatlarni qonuniylashtirishga yoxud qolgan-qutgan Islom qonunlarini ham yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lishi mumkin bo‘ladi. Yoki Burhon ham shu «oliy manfaat»ni dastak qilib, yahudiylar bilan aloqani mustahkamlashga, AQSh ma’muriyatidan tuzib berilgan «tinchlik shartnomasi»ni imzolashga muvaffaq bo‘lishi mumkin. Ana shunda bu kimsaning bunday jinoyatlarni barcha doiralarga amal qilishni shart qiluvchi konstitutsiyaviy hujjat orqali qonuniylashtirishga shoshayotganiga guvoh bo‘lamiz.

«Arabiy 21» veb-saytining 2020 yil 1 dekabrda «Nьyu-York Tayms» gazetasiga tayangan holda xabar qilishicha, besh nafar sudanlik rasmiylar hamda voqeaga guvoh bo‘lgan boshqa shaxslar Sudanning yahudiy vujudi bilan tinchlik shartnomasiga imzo chekkanini ta’kidlashdi. Ularga ko‘ra, Burhon ilgari bosqinchilar bilan munosabatlarni normallashtirish to‘g‘risida gapirayotib, «Amerika hech narsani bekorga bermaydi», degan.

2-bandda «Turli tomonlarning qarashlaridagi farqlarni bartaraf etish», ko‘rsatilgan. Ma’lumki, Sudan o‘tish davri hukumatidagi tomonlarning har biri xorijdagi turli davlatga sodiq, bir-biridan farqli va bir-biri bilan janjallashadi. Masalan, hukumat tarkibidagi fuqaroviy boshqaruv tomoni Britaniyaga va ba’zi Evropa davlatlariga sodiq. Harbiy boshqaruv tomoni esa, AQShning buyrug‘i bilan qadam bosadi. Demak, ularni xalqaro razvedka xizmati tomonidan boshqariladigan eskirgan hokimiyat rishtasidan boshqa narsa birlashtirmaydi. Shuning uchun bu ikki tomon o‘rtasida ixtilof va nizo chiqishiga shubha yo‘q. Mana, Burhon ushbu 2-bandni yurtdagi jarayonni Amerika lageri tomonidan boshqarilishini ta’minlash maqsadida ehtimolli nizolarni bartaraf qilish uchun ishlab chiqdi.

3-banda «O‘tish davri muvaffaqiyati uchun kerakli barcha qo‘llab-quvvatlovni safarbar qilish hamda bu davr uchun konstitutsiyaviy hujjatda va 2020 yildagi Juba tinchlik shartnomasida ko‘rsatilgan vazifalarni ijro etish», deyilgan. Bundan jamoatchilik qo‘llab-quvvatlovini va odamlar e’tiborini harbiy tomon manfaatiga va jon taslim qilayotgan omadsiz fuqaroviy tomon ziddiga yo‘naltirish ko‘zlangan. Zero, hukumatdagi fuqaroviy boshqaruv tomoni Sudandagi ommaviy namoyishlar nazarida juda zaif holatda qoldi. Chunki uni odamlar turmushi uchun kerakli asosiy ehtiyojlarni ta’minlashda qasddan muvaffaqiyatsizlikka uchratildi. Shu bilan harbiy boshqaruvdagilar hokimiyatning eng muhim bo‘g‘inlari – xavfsizlik va iqtisod – ustidan hukmronlik qilishmoqda, shu orqali muvaffaqiyatsizlikni fuqaroviy boshqaruvdagilarga to‘nkashmoqda… Ularni ag‘darish va axlatxonaga uloqtirish uchun shuning o‘zi etarli. Burhon bu bilangina kifoyalanmadi, balki ayni qarori bilan bosh vazir Hamdukni vazirlari bilan qo‘shib, qo‘llaridan hech narsa kelmaydigan tomoshabinlarga aylantirib qo‘ydi. Keyin kengash ishlariga chang soldi. Masalan, 5-bandda «Boshqa har qanday vakolatli doiralar o‘z vakolati doirasidagi ishlarni bajarishi lozim», deb ko‘rsatilgan.

Shu xususda Hizb ut-Tahrirning Sudandagi rasmiy notig‘i Ibrohim Usmon (Abu Xalil) matbuot bayonotida bunday dedi:

«O‘tish davri hamkorlari kengashi, degan kengash Evropa malaylari bo‘lgan Ozodlik va O‘zgarish kuchlari va uning vazirlar kengashi bilan harbiylar o‘rtasini ajrim qilish uchun tuzilgan. Biroq AQSh malaylari bo‘lgan harbiylar hujjatda keltirilgan shartlarni chetlab o‘tishyapti. Ozodlik va O‘zgarish kuchlari tarkibiga kiruvchi fuqaroviy boshqaruvdagilarning ayni hujjatga norozi bo‘layotganining sababini shundan ko‘rish mumkin».

Burhonning bu qarori vazirlar kengashini 2020 yil 4 dekabrda bayonot chiqarishga majbur qildi. Bayonotda «o‘tish davri hamkorlari, degan kengashning hozirgi shaklida tuzilishi, bizni avvalo sudanliklar sifatida, qolaversa ijroiy apparat sifatida norozi bo‘lishimizni shart qilmoqda. Shu bois barcha tomonlarni uni tuzish qarori va ixtisoslashgan vazifalarini qayta ko‘rib chiqishga chaqiramiz», deyildi. «Sudan Tribьyun» veb-saytining 2020 yil 3 dekabrdagi xabarida «Sudan bosh vaziri Abdulloh Hamdukning o‘tish davri hamkorlari kengashi tuzilishiga ehtiyotkorlik bilan yondashayotgani, agar unga tub o‘zgarishlar kiritilmasa, uni boykot qilishni o‘ylayotgani» aytildi. Shuningdek, unda «bosh vazir Abdulloh Hamduk kengash tuzilishiga norozi ekanini bildirdi», deyildi. Keyin Hamduk xalq orasidan Evropaga moyil kishilarni o‘z atrofiga to‘plab, Burhonni ayni rejasini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilishga kelishib olishdi: «Sudan bosh vaziri Abdulloh Hamduk bilan hukmron koalitsiya bo‘lgan Ozodlik va O‘zgarish kuchlari o‘tish davri hamkorlari kengashi tomonidan konstitutsiyaviy muassasalar vakolatlari cheklanayotgani sababli uning tuzilishiga norozilik bildirishga kelishib olishdi». (Sudan Tribьyun veb-sayti, 2020 yil 3 dekabr). «Arabiy 21» veb-saytida ham bunday xabar nashr qilindi: «Sudan mehnatkashlar assotsiatsiyasi o‘tish davri hamkorlari, deyilayotgan kengashning tuzilishiga qat’iy norozilik bildirdi».

Burhonning o‘z biriktiruvi uchun chora topishi tabiiy. U matbuot anjumanida «bu o‘tish davri hamkorlari kengashini tuzish haqidagi qarorimiz Ozodlik va O‘zgarish kuchlari tashabbusi hamda suveren kengash va vazirlar ijozati bilan chiqarildi», dedi. (Hurra kanali). Hatto Sudan armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Muhammadusmon Husayn ham hamkasbi Burhonni himoya qilib, «qurolli kuchlarning ushbu tinchlik kelishuvini – o‘z maqsadiga erishib, vatan bo‘ylab xavfsizlik va barqarorlik o‘rnatishi uchun – qo‘llab-quvvatlashi»ni ta’kidladi. So‘ng «shu maqsadda qurolli kuchlarimiz qonunlar, loyiha va nizomga muvofiq ushbu qarorga qo‘shilishni istagan har bir tomonning tarafdori bo‘lib qoladi», dedi. (Arabiy 21, 2020 yil 2 dekabr).

Amerika o‘z malayining sa’y-harakati uchun yaxshi niyatini bildirdi. Sudan «Anbo» rasmiy agentligiga ko‘ra, AQShning Xartumdagi elchixonasi «Qo‘shma Shtatlar Sudan va sudanliklarning yaqin hamkori va do‘sti bo‘lib qolajak, deya bayonot berdi. So‘ng AQSh tomonidan Sudanga bug‘doy sotib olishi uchun 20 million dollar grant berishi aytildi». (Anadolu, 2020 yil 1 dekabr).

Shunday qilib, AQSh bilan Britaniyaning Sudan ustidagi manfaatlar kurashi kuchaymoqda. Ikkalasi ham o‘z nufuzini mustahkamlash yo‘lida barcha mahalliy qo‘g‘irchoqlarini ishga solyapti. Bu hukmdorlarning ahvoli shu ekan, ular mustamlakachi G‘arb rejalarini bajaruvchi xizmatkorlarga aylanib qolishgan ekan, Sudan ahli bu kurashning azob-uqubatlarini totishda davom etaveradi hamda qashshoqlik har bir xonadonga kirib boradi. Ular yaxshi yashashga erishish yo‘lida qiyinchiliklarga duch kelaveradilar. Chunki Sudan ahli faqat Islom soyasidagina azizlikka va adolatga erishadi.

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.