بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Arab qo‘zg‘olonlarining o‘n yillik hosili
Ustoz Abu Hamza Xutvoniy qalamiga mansub
Arab qo‘zg‘olonlari alanga olgandan beri mashaqqatli o‘n yil o‘tgan ekan, undagi voqea-hodisalarni diqqat bilan kuzatgan kishi qo‘zg‘olonning ko‘ngilsiz natijalariga ob’ektiv baho berishni o‘zining burchi, deb biladi. Shuningdek, qo‘zg‘olonga poydevor bo‘lishi mumkin bo‘lgan ijobiy natijalarga erishish va talab qilingandek o‘zgarish qilish uchun barcha uslublarni ishlab chiqish zarurligini ham o‘zi uchun shart deb biladi.
Ushbu qo‘zg‘olonlarning so‘ngi o‘n yillikdagi zohiriy natijalari aksilinqiloblar tufayli kuchsiz bo‘lgan bo‘lsa-da, biroq bu qo‘zg‘olonlar haqiqiy o‘zgarish uchun faoliyat urug‘ini ekib qo‘ydi. Chunki – shubhasiz – mana shu qo‘zg‘olonlar tufayli arab xalqlari yangi tajribalar kasb qildi va hukmdorlarga qarshi otilib chiqish uchun qulay fursat kutadigan, yuz bergan halokatli xatolarni engib o‘tadigan xalqlarga aylandi. Bu xatolarning eng yomoni islomiy loyihani yo‘qotib qo‘yish hamda unda yaxshilik bor degan gumonda ayrim rejimlarga suyanishdir.
Qo‘zg‘olonlar boshlangan arab davlatlaridagi siyosiy vaziyatni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ularda umidsizlik paydo bo‘lganiga guvoh bo‘lishimiz shubhasiz. Masalan, ushbu qo‘zg‘olonlar boshlanishiga ilhom baxsh etgan Tunisdagi siyosiy vaziyat juda achinarli. Chunki prezident Qays Said siyosatga shunchaki ilmiy qo‘llanma sifatida yondashmoqda. Shuning uchun u quruq nutq so‘zlab, protokol jihatlariga (rasmiyatchilikka) e’tiborni qaratib, muhim siyosiy ishlarni Tunisning omadsiz hukumatlariga yuklamoqda. Bunday akrobatik amaliyotlarning natijalari jur’atli siyosiy qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lmagan hukumatlarni o‘zgartirish o‘yiniga cheklanib qoldi. Ya’ni, bunday siyosiy ishlar chalg‘ituvchi ma’muriy ishlarga aylanib, Tunis parlamentini siyqasi chiqqan o‘yinlar bilan mashg‘ul qilib qo‘ydi. Chunki bu o‘yindan shiorlar kurashi ochiq ko‘rinib turibdi, bular esa, yo diktaturaga yoki demokratiyaga mayllik uyg‘otuvchi umumiy ishlardan nariga o‘tmaydi. Vaholanki, hozirda yurt iqtisodiyoti deflyatsiyadan va ishlab chiqarishning yo‘qligidan, 18 %dan ziyod ishsizlikdan aziyat chekmoqda. Prezident bo‘lsa, o‘zida na bir real siyosiy faoliyatni aks ettiruvchi va na amalda ko‘rinuvchi yuzaki bayonotlar berish bilan band. Mabodo biror sezilarli faoliyat qilgan bo‘lsa ham, u eng yomon siyosiy faoliyat bo‘lib chiqadi. Eng yomoniga misol keltiradigan bo‘lsak, u Parijni ziyorat qilib, uning suyukli Rosulimiz ﷺga kechayu kunduz nafrat zahrini sochayotgan va Islomni ich-ichidan yomon ko‘rgan bir rahbari bilan suratga tushdi.
Yamanni misol qiladigan bo‘lsak, aftidan, u erdagi urush tugamaydiganga o‘xshaydi… Yurt shimoli bilan janubi o‘rtasidagi bo‘linish-nizo doimiy bo‘lginchilikka xizmat qiladigan ko‘rinadi. Hatto janubliklarning o‘zining ichidagi bo‘linishlar ham to‘xtamayapti. Bu bo‘linish haqidagi fikrning ozuqalantiruvchilari AQSh va Britaniya razvedkalari bo‘lsa, uning ijrochilari Saudiya va Amirliklar bo‘lyapti. Masalan, yaqinda bu ikki davlat siyosatchilarining janub uchun ko‘p o‘rinli hukumat tuzish kelishuviga imzo chekkanlari yamanliklarning azob-uqubat chekishda davom etishlarini, aholining sakson foizi ocharchilik, qashshoqlik va yomon turmush tarzi botqog‘iga g‘arq bo‘lishlarini ko‘rsatmoqda.
Suriyaga kelsak, u erda Turkiya birma-bir harbiy punktlardan chiqib ketishni va ularni qonxo‘r Asad rejimiga topshirishni oxiriga etkazmoqda… Bunday chekinish bilan «Asadni Murekdan nariga chiqarib tashlashimiz kerak» kabi qator bergan va’dalarini buzishda davom etmoqda. Shunday yolg‘on va’dalarni buzish bilan birga Rossiyaning sohil liniyasini egallashiga, Amerikaning Suriya sharqidagi neftь mintaqalarini nazorat ostiga olishiga yordam beryapti. Shu tarzda suriyaliklarning azob-uqubat chekishlari, jamloqlar va boshqa davlatlarda qochqinlikda qiynalib, holdan toyib, qo‘zg‘olonlarini shubha ostidagi jangchi guruhlar qo‘liga topshirishlari davom etmoqda.
Sudanda ham malay hukmdorlar yurtni «terrorizm»ni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarish evaziga yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirishyapti. Burhon va Hamidatiy kabi harbiy rahbarlar bu qilmishlari bilan siyosiy qarorlarni o‘z nazoratlariga olishga hamda raqobatchi fuqaroviy rahbarlarni harbiy rahbariyatdan ruxsatsiz qaror chiqarish huquqidan mahrum etishga muvaffaq bo‘lishyapti. Ayni maqsadda o‘tish davri hamkorlari kengashi, degan narsani tuzib, xalq harakati ta’sirini uzoqlashtirishga va hukumatdagi Britaniya malaylari rolini kamaytirishga urinishyapti. Amerika o‘z malaylariga bug‘doy sotib olishlari uchun Sudanga 20 million dollar grant berish kabi ushoqlar sepib beryapti. Vaholanki, ishsizlik 13 %dan oshishi bilan aholining iqtisodiy vaziyati izdan chiqmoqda. O‘z navbatida, Sudanni Efiopiya bilan navbatdagi siyosiy muammolarga tiqib qo‘yilmoqda… Bu muammolar esa, yurtni uzoq davom etishi mumkin bo‘lgan navbatdagi urushlarga kirishiga turtki bo‘lishi mumkin.
Liviyaga kelsak, AQSh va Evropa o‘rtasida avj olgan mustamlakachilik kurashi yurtda nufuzlar bo‘lishib olish pallasiga deyarli etib keldi. Bu bo‘linish Sharqiy Barqa (Kirenaika) bilan G‘arbiy Tripolida Haftar bilan Sarroj misolida ko‘rinmoqda. AQSh bilan Evropadan iborat bosh o‘yinchilardan tashqari Rossiya bilan Turkiyadan iborat yangi o‘yinchilar qo‘shilishi bilan kurash yanada murakkablashib, o‘rtani bo‘lib turuvchi qizil chiziqlar tortilmoqda. Bu yoqda liviyalik siyosatdonlar bilan mahalliy axborot vakillari harbiylar tomonga o‘tish kerakmi yoki demokratlar tomonigami, kabi foydasiz bema’ni tortishuvlardan bo‘shamayapti.
Misrga kelsak, u erda Amerika razvedkasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi Sisiy yurt ahli ustidagi changalini mustahkamlashda, ularni nafas olishga qo‘ymaslikda, islomchilar bilan soxta urushlar keltirib chiqarish orqali misliklarning barcha dushmanlari tomoniga o‘tishda davom etmoqda. U bir vaqtning o‘zida, harbiylikka asoslangan davlat qurishga harakat qilmoqda… Bu bilan kelajakda xalq g‘azabidan va qo‘zg‘olonidan o‘z atrofini mustahkamlab, qo‘rg‘on qurib olishni xayol qilyapti. Biroq bu qo‘rg‘onning o‘rgimchak to‘ridan ham nimjon bo‘lishiga aslo shubha yo‘q.
Arab davlatlarida alanga olgan qo‘zg‘olonlarning siyosiy natijalari mana shu. Bu natijalar zohirdan qaraganda qo‘zg‘olon xalqlarini orqaga qaytarib, o‘zgartirish amaliyotlarini noldan pastga tushirib qo‘ygandek ko‘rinadi. Biroq ayni davlatlar xalqlari hanuz cho‘g‘ning ko‘milgan holatidek turibdi… Oyoqlar ostidan bu cho‘g‘ning harorati his qilina boshladi, o‘zgartirish qayta alanga olishiga shubha yo‘q. Mavjud rejimlarning odamlarning siyosiy vaziyatlarini hal qilib berishga qodir emasligi ochiq ko‘rinib qoldi… Bu esa, qo‘zg‘olon qayta portlab chiqishiga uchqun bo‘lishdan boshqa narsaga xizmat qilmaydi. Ammo bu qo‘zg‘olonlar bu safar Islomning qudratli sistemasi, ya’ni, buyuk loyihasi asosida bo‘lajakdir. Bu sistema buyuk loyihani, ya’ni, Robbimiz va’dasi va Rosulimiz ﷺ bashoratlari bo‘lmish Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini tamsil etadi.
Roya gazetasining 2021 yil 6 yanvar chorshanba kungi 320-sonidan