Dilorom Toshmuhamedova: Toshkent viloyatida voyaga etmagan qizlarning homilador bo‘lib qolishi ikki barobarga ko‘paygan

366
0

Dilorom Toshmuhamedova: Toshkent viloyatida voyaga etmagan qizlarning homilador bo‘lib qolishi ikki barobarga ko‘paygan

  Oxirgi ikki yilda Toshkent viloyatida voyaga etmagan qizlarning homilador bo‘lish holatlari ikki barobarga ko‘paygan. Bu haqda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Dilorom Toshmuhamedova Xalq ta’limi vazirligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

 “Yoshlarimiz, ayniqsa, o‘spirinlarimiz o‘zining salomatligi to‘g‘risida bilimi etarli emasligi muayyan muammolarni keltirib chiqarmoqda. Buning natijasida bir nechta salbiy holatlar uchramoqda. Misol uchun, Toshkent viloyatida erta tug‘ish ko‘rsatkichi o‘sib borayotganligi, ba’zi bir viloyatlarda o‘smir qizlar orasida abortning ko‘payayotgani juda ayanchli holat”, – deya ta’kidlagan Dilorom Toshmuhamedova.

 Senatorning aytishicha, Toshkent viloyatida 2019 yilda 15–16 yosh oralig‘idagi qizlarda erta tug‘ish holati ikki barobarga ko‘paygan.

 Izoh: Termiz davlat universiteti rektori, 2021 yil 14 yanvarda e’tiboran Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov 2019 – 2020- o‘quv yiliga bag‘ishlangan yig‘ilishda “Biz 100 yil davomida oliy ta’limdan ham, ta’limdan ham Islomni sug‘urib oldik. Islom ma’naviyatini sug‘urib oldik. Harom bilan halol, to‘g‘ri yashashni sug‘urib oldik. Biz yoshlarga Gyoteni o‘rgatdik. Lekin, janob payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan hadis keltirishga cho‘chidik”, – degan edi.

 Ha, mulhid kommunistik rejim 70 yildan oshiq vaqt mobaynida Markaziy Osiyo respubliklari, jumladan, O‘zbekiston musulmonlarini Allohga ibodat qilishdan to‘sdi, ta’lim dasturini “Darvin nazariyasi” asosida tuzib, o‘sib kelayotgan yosh avlodga “inson maymunlardan tarqagan” degan nazariyani singdirib keldi, hozirga qadar ham ushbu nazariya ta’lim dasturidan chiqarib tashlangani yo‘q.

 O‘zbekiston “mustaqil” bo‘lgach, shu kommunistlar tarbiyasini olgan Karimov prezidentligi davrida esa Islom diniga qarshi kurash yangi bosqichga chiqdi. Karimov tabiatidagi qo‘rqoqlik tufayli o‘z hokimiyatiga tahdid uyg‘otishi mumkin bo‘lgan barcha fikr va tushunchalarga qarshi keskin kurash olib bordi. Ayniqsa u Islom diniga bo‘lgan qalban adovati va nafrati ortidan Islomni “terrorchik dini”, musulmonlarni “ekstremist” va “terrorist” sifatida ko‘rsatib, Islom va uning qadriyatlarini jamiyatdan sug‘urib tashlashga jiddiy kirishdi. Dastlab, “vahhobiylik” tamg‘asi bilan O‘zbekistondagi taniqli ulamolar va musulmonlarni ta’qib va tazyiqqa olib, sohta ayblovlar bilan qamoqqa tashlagan, ayrimlarini jismonan yo‘q qilgan bo‘lsa, keyinchalik, 1999-yil 16-fevral voqealarini uyushtirib, ommaviy ravishda Islom va musulmonlarga qarshi kurash boshlab yubordi. Erkaklar soqoli, oq do‘ppisi va ayollar hijobiga qarshi kurash boshlandi. Keyinchalik, “Nurchilar”ga qarshi “kurash olib bordi”. 2005-yil 13-mayda “Akromiylar” bahonasi bilan tinch aholini qirg‘in qildi. Maktab va kollej o‘quvchilarini masjidlarga kirishi va umuman diniy ilm olishlariga chek qo‘yildi. OAV,  televidenielar orqali “noqonuniy diniy ta’lim” berayotganlar sazoyi qilindi (bu ko‘rinish xamon davom etib kelmoqda). Natijada Islom dinidan bexabar, halol-haromni farqiga bormaydigan yangi avlod etishib chiqdi. Bu avlodning tarbiyachisi turli xil buzuq seriallar bo‘ldi…

 Xalqimizda “nima eksang, shuni o‘rasan” degan dono naql bor. 30 yil mobaynida yoshlarga buzuq tarbiya berib, endi ulardan hayo va yaxshi amallar kutish aqlsizlikdan boshqa narsa emas. Biz yoshlardan yaxshilik umid qilishmiz uchun ularni Islom dini ta’limoti asosida tarbiyalashimiz, Allohning borligi va birligini anglatishimiz, halol va harom, jannat va jahannamni tanitishimiz shart. Ana shunda ular o‘zlarini yaratgan va nazorat qilib turguvchi Zot borligiga imon keltiradilar. Jamiyatda buzuqlik va buzuq ko‘rinishlar yo‘q bo‘ladi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.