بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Britaniya AQShning Suriyadagi siyosiy echimini qo‘llab-quvvatlamoqda Suriya dunyoviy koalitsiyasi buni olqishlamoqda
«Zamon vasl» veb-sayti (hijriy 1442 yil 19 jumodulavval, milodiy 2021 yil 3 yanvar yakshanba kuni) nashr qilgan xabarda quyidagilar ta’kidlangan:
«Suriya milliy koalitsiyasi Britaniya hukumatining Suriyadagi jinoyatlarga javobgar shaxslarni javobgarlikka tortish vazifasiga rioya qilganini olqishladi. Ayniqsa, Britaniyaning rejim va uning sheriklariga nisbatan Evropa Ittifoqi tomonidan qo‘yilgan sanktsiyalarni Britaniyadagi maxsus sanktsiyalar tizimiga ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorini mamnuniyat bilan qabul qildi.
Suriya milliy koalitsiyasi kecha juma kuni nashr qilgan bayonotida o‘zining Birlashgan Qirollik bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi. Bu hamkorlik bo‘yicha koalitsiyaning maxsus guruhi to jinoyatchilar javobgarlikka tortilib, Xavfsizlik Kengashi qarorlariga muvofiq siyosiy echim ijro etilgunga qadar AQShning «Qaysar» nomli sanktsiyalarining ijro etilishini kuzatib boradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rejim tomonidan Suriya xalqiga qarshi sodir etilgan genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar va inson huquqlarini qo‘pol ravishda buzish kabi jinoyatlar xalqaro faol tomonlardan alohida o‘ziga xos pozitsiya talab qiladi. Bu pozitsiya jinoyatchilarni javobgarlikka tortishni kafolatlaydigan hamda o‘tish davri adolatini siyosiy echim doirasida bo‘lishini ta’minlaydigan pozitsiyadir».
Roya:
Britaniyaning Suriyaga aralashishi ham Amerikaning siyosiy echimini qo‘llab-quvvatlash liniyasi bo‘ylab ketmoqda va buni u jinoyatchi Asad rejimiga sanktsiyalar kiritish orqali amalga oshirmoqda. Anavi malay, xoin koalitsiya esa, Amerikaning «Qaysar» sanktsiyalarini mamnuniyat bilan qabul qilganidek, buni ham shunday mamnuniyat bilan qabul qilmoqda. Zotan, «Qaysar» sanktsiyalaridan maqsad Asad rejimini saqlab qolish hamda siyosiy echim bilan shug‘ullanish uchun uni qayta ishlab chiqish edi va hamon shunday bo‘lib qolmoqda. Xalqaro hamjamiyatning Jenevada qabul qilgan zahriqotil siyosiy echimi ham, Xavfsizlik Kengashining 2254 raqamli qarori ham mana shu nuqtai nazarda bo‘lib, maqsad, Shom qo‘zg‘olonini yo‘q qilish va nihoyat, iflos qonxo‘r rejimni mustahkamlashdir.
Roya gazetasining 2020 yil 13 yanvar chorshanba kungi 321-sonidan