Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati ayollar qanoti namoyishi

300
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati ayollar qanoti namoyishi

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati ayollar qanoti «Musulmon oila mustahkam qo‘rg‘onga ega, u yaxshilikni da’vo qilib, buzg‘unchilikni yoyuvchi shartnomalarga muhtoj emas» nomli kampaniya doirasida namoyish o‘tkazdi. Ushbu namoyishni o‘tkazishga quyidagilar sabab bo‘ldi: Tunis parlamenti deputati Muhammad Affosiy so‘zga chiqib, oila xususidagi ayrim Islom ahkomlarini bayon qilgandan so‘ng bunga norozilik sifatida, xotin qizlar masalalari bo‘yicha noxolis tashkilotlar va malay partiyalar parlament oldida «zo‘ravonlikka qarshi» nomli namoyish o‘tkazishdi. Ularning «zo‘ravonlikka qarshi», degan iboralari Islomning xotin-qizlar va oila bilan bog‘liq ahkomlariga qarshi chiqishni anglatadi… Zotan, shu paytgacha majlislar va axborot minbarlari bu shubhali tashkilotlarga ochib berilgan… Hizb ayollari namoyishda shiorlar ko‘tarib chiqib, ularda muslima ayollarni o‘z dinlarini mahkam ushlashga chaqirdi. Siz Robbingiz ahkomlarida jannatni ko‘ryapsiz, ilmoniylikka ham, insonlar qonunlariga ham hargiz rozi bo‘lmay, bugungi kundagi badbaxt hayotning sababchisi shular ekanini anglamoqdasiz, deyildi. Namoyish so‘nggida Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati ayollar qanotining rasmiy notig‘i ustoz Hannon Xumayriy xonim ma’ruza qildi. So‘ng barcha hizbiya ayollar ilmoniy tuzum va qonunlarini qoralovchi hayqiriqlar yo‘llashdi.

Roya gazetasining 2020 yil 6 yanvar chorshanba kungi 320-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.