G‘arb – o‘g‘rilar hazoratidan boshqa narsa emas

289
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

G‘arb – o‘g‘rilar hazoratidan boshqa narsa emas

Al-Va’y jurnalining (hijriy 1442 yil rabiussoniy, milodiy 2020 yil dekabr oyi) 411-sonida quyidagi xabar nashr qilindi: «Amerika siyosatiga salbiy qarashlari bilan tanilgan va (Isroil)ni «dunyodagi eng irqchi mamlakat» deb atagan belьgiyalik jurnalist Kollon Mishelning bayonoti xashakka o‘t ketgandek tarqaldi. Chunki u G‘arb Hazorati dunyo xalqlarini ekspluatatsiya qilayotganini fosh qildi. Uning bayonoti ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda avval kuzatilmagan tarzda keng tarqaldi. Chunki «G‘arb – o‘g‘rilar hazoratidan boshqa narsa emas», deb nomlangan bayonot hammaning ko‘z o‘ngidagi haqiqatga to‘g‘ri keladi. Bayonotda jumladan shunday deyiladi: «XVII asrda Ispaniya va Frantsiya davlatlari boyib ketdi. Buning sababi shundaki, ular Lotin Amerikasida hindularni o‘ldirib, hech qanday to‘lovsiz oltin va kumushlarini o‘g‘irlab kelishdi. Frantsiya, Buyuk Britaniya va Qo‘shma Shtatlar Afrika xalqlarini tunash va qul qilish orqali boyishgan. XIX asrga kelib esa, Belьgiya va Gollandiya juda boyib ketdi. Chunki ular Afrika va Osiyodan xom ashyoni tovonsiz o‘g‘irlab kelishgan edi. So‘nggi besh asr davomida bizning G‘arb jamiyatlarimiz uchinchi olam davlatlarining boyliklarini talon-toroj qilib kelishdi. Afrikadagi har bir qashshoq yurtlarning boyligini kim va qanday talon-toroj qilganini jadval shaklida aytib berishimiz mumkin. Xulosa qilib aytganda, biz yoki ba’zilarimiz haqiqiy o‘g‘rilarmiz. Shu sababli boshqalar hisobiga boyidik»».

Roya:

Insoniyat hech qachon kapitalizm kabi vahshiy va ikkiyuzlamachi hazoratni ko‘rmagan. Bu hazorat «dinni hayotdan ajratish» nomli kufr aqidasiga hamda qora tanli odamlarni qul qilib, hindularni yo‘q qilishga asoslangan hazratdir. U o‘zining qonli yurishlarini birinchi va ikkinchi jahon urushlari orqali boshlagan. Ushbu hazorat egalari o‘zlarining jirkanch mafkuralari va g‘oyalarini «ozodlik» shiori ostida tarqatib, odamlarni qulga aylantirish va boyliklarini talashda mustamlaka yo‘lini tanladilar. Shuningdek, ular odamlarni boshqarish oson bo‘lishi uchun ularni zaiflashtirib, millatchilik, mazhabparastlik va toifachilik asosida bo‘lib tashlashdi va oralariga nifoq urug‘ini ekishdi. Ushbu hazorat dunyoning har bir burchagiga inqiroz va fojia bo‘ronlarini olib keldi. Masalan: urush, ekspluatatsiya, talon-toroj qilish, qashshoqlik, adashish, jaholat va ko‘chirib yuborish va hokazo. Shuning uchun ham bu hazorat insoniyat tarixidagi eng yomon hazorat bo‘ldi. U hanuzgacha olam davlatlari va xalqlari uzra shafqatsiz jinoyatlarini davom ettirmoqda. Ushbu jinoyatlarga chek qo‘yish vaqti keldi. Bunga chek qo‘yishning eng yaxshi yo‘li ushbu hazoratni ag‘darishdir. Bu hazorat o‘zining uzoq va mashaqqatli sayohatidan keyin qulash arafasiga kelib qoldi. Shuning uchun ham butun dunyoda «xalqaro tizimni o‘zgartirish» haqida gapirilmoqda. Bugungi kunda olam shunday bir nozik bosqichdaki, Koronavirus pandemiyasi tarqalishi sababli, xalqaro nizomni o‘zgartirish haqida gapirilmoqda. Amerikadagi saylovlarda ham shu mavzu o‘rtaga tashlanib, demokratiyaning markazi bo‘lgan mamlakatda demokratiyaning barbod bo‘lishi haqida so‘z yuritildi. Islomga qarshi global urush olib borayotgan mamlakatlarning hech kimga sir bo‘lmay qolgan zulmlari ham ularning hazorati qulashiga turtki bo‘lmoqda. Masalan, Makron o‘zini qulashga oz qolgan ilmoniylik va demokratiyani himoya qilayotgan qilib ko‘rsatmoqda. U ilmoniylik va demokratiyani shu qadar jirkanch tarzda himoya qilishga urindiki, hatto ilmoniylik va demokratiyani himoya qiladigan bir qator mufakkir va siyosatchilar ham Makron va uning «so‘z erkinligi»ga qarshi bayonotlar berishdi. Shunday qilib, ushbu hazoratni qo‘llab-quvvatlovchilar ham uning naqadar buzuqligi haqida bayonot beradigan bo‘lib qoldi. Bu esa, jurnalistning «G‘arb – o‘g‘rilar hazoratidan boshqa narsa emas» degan gapini tasdiqlaydi.

Roya gazetasining 2020 yil 23 dekabr chorshanba kungi 318-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.