Karantin joriy qilish va masjidlarni berkitish hukumatning navbatdagi chalg‘ituvchi siyosati bo‘lib, bu Allohning dini va odamlarning manfaatini mensimaslikdir

125
0

Karantin joriy qilish va masjidlarni berkitish hukumatning navbatdagi chalg‘ituvchi siyosati bo‘lib, bu Allohning dini va odamlarning manfaatini mensimaslikdir

Falastin hukumati bosh vaziri Muhammad Ashtiya hukumatning koronavirusga qarshi kurashish uchun chiqargan qarorlarini e’lon qildi. Qarorda kelishicha, kelasi payshanba kundan boshlab to‘rtta muhofazada bir haftaga to‘liq karantin joriy qilinadi. Shuningdek, shu muddat ichida barcha muhofazalar o‘rtasida harakatlanish man qilinadi. Bundan tashqari, barcha muhofazalarda masjidlar etti kun muddatga to‘liq yopiladi.

Ushbu siyqasi chiqqan va muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan qarorlar hukumatning koronavirusga qarshi kurashda qanchalik adashganini hamda kerakli tayyorgarlikni ko‘rishda yo‘l qo‘ygan xatolaridan qochishga urinayotganini ko‘rsatmoqda. Bu qarorlar Falastin ahliga uyqu bermayotgan yomon tush bo‘lib qolgan. Shuningdek, ular din va uning shiorlarini hamda odamlarning manfaat va qayg‘ularini nazorat qilmaydigan mas’uliyatsiz siyosat bo‘lib qolmoqda. Bunday qarorlar ba’zida iqtisoddan qolgan-qutganini ham vayron qiladi. Chunki karantin sog‘liqni saqlash sohasidagi bugungi inqirozni hal qilish o‘rniga hayotni falaj qiladi, ta’limni izdan chiqaradi va iqtisodni vayron qiladi.

Albatta karantin biror kun ham echim bo‘lgan emas. Hatto Falastin hukumati pandemiyaga qarshi kurashda uning ta’limotlari va yo‘liga yurayotgan xalqaro sog‘likni saqlash tashkiloti ham o‘tgan iyun oyida karantin joriy qilishni tavsiya qilmasligini e’lon qilgan. Bu haqda Xalqaro Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi Mariya Van Kerkxove shunday deydi: «Biz faqat masalani yoritamiz, lekin karantin qo‘llashni tavsiya qilmaymiz. Chunki karantin Sog‘likni Saqlash Tashkiloti ishlatmaydigan iboradir. Balki buning aksi o‘laroq ijtimoiy chora-tadbirlar haqida gapiramiz. Bu erda koronavirusga qarshi kurashish uchun boshqa bir necha yo‘llar mavjud». Kerkxovening ochiqlashicha, bir necha davlatlarda karantin joriy qilinishiga ularning imkoniyatlari cheklanganligi sabab bo‘lgan. Chunki ular shifoxonalarda joy tayyorlash kabi ishlarga ulgurishmagan.

Joriy yilning birinchi kvartalida inqiroz boshlangan paytdayoq bir necha yillardan beri e’tiborsiz tashlab qo‘yilgan sog‘likni saqlash sektorini rivojlantirish uchun etarli vaqt bor edi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi global inqirozga muvofiq keladigan hamda kuz va qish kirib kelishi, ya’ni, yilning oxirgi kvartalida kasallikning tarqalishi yanada ko‘payish haqidagi shifokorlar va mutaxassislarning taxminiga mos keladigan haqiqiy o‘zgarishlarni amalga oshirish imkoniyati bor edi. Lekin hukumat vaqtni Falastin ahli zarariga bekor o‘tkazdi va karantinlar tufayli odamlarga ulkan iqtisodiy zararlar etdi. Chunki sog‘liqni saqlash sektori o‘rnida depsinib qoldi. Natijada, infrastruktura qanday bo‘lsa, shundayligicha kuchsiz va imkoniyatsiz qolaverdi.

Bugun esa, hukumat o‘z xatolarini qayta karantin joriy qilish orqali yashirmoqchi. Bu haqda hukumat vakili Ibrohim Mulhim kecha shunday dedi: «Falastinda sog‘likni saqlash tizimi jar yoqasiga kelib, barcha oilalar deyarli to‘liq tibbiy nazoratga olinishi kerak bo‘lib qolganidan keyin, hukumat boshqa muhofazalardagi juma va shanba kunlardagi karantindan tashqari ushbu muhofazalarda yana bir haftalik karantin e’lon qildi».

Sog‘liqni saqlash sohasidagi inqirozni hal qilish Islom marosimlarini bekor qilish va masjidlarni berkitish evaziga bo‘lmasligi kerak. Chunki bu hukumatning dinga qarshi jur’ati va Allohning hukmlarini pastga urishidir. Chunki odamlar masjidlar yopiq turgan bir paytda bozor va banklar odamlar bilan gavjum ekanini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib turibdilar. Bu shuni ko‘rsatmoqdaki, hukumat koronavirusga qarshi chora ko‘rish niqobi ostida, Islomga qarshi kurashmoqda, uning da’vatchilariga bosim o‘tkazmoqda va ularni qamoqqa tashlamoqda.

Shubhasiz, Falastindagi iqtisodiy vaziyat ko‘pchilikni qiynamoqda, shuning uchun odamlar qayta karantinlarni ko‘tara olmayapti. Chunki xalqaro bankning oktyabr oyi oxirida chiqargan yangi hisobotidagi taxmini bo‘yicha, yilning oxirida Falastin iqtisodidagi kamomad 8 %ni tashkil qiladi. Hisobotda kelishicha, joriy yilning ikkinchi kvartalida pandemiya tarqalishi ortidan 121 ming shaxs o‘z ish joylarini yo‘qotgan. Ulardan 96 mingtasi aynan Falastin iqtisodida, xususan, turizm va qurilish sohasidadir. Xalqaro Bank o‘zining oldingi, ya’ni iyun oyidagi hisobotida koronavirus tarqalishi ortidan G‘arbiy Qirg‘oqda qashshoqlik kuchayishi haqida aytgan edi. Xalqaro bankning taxminicha «Kambag‘allik darajasidan ham past ahvolda yashayotgan oilalar soni G‘arbiy Qirg‘oqda 30 %ga, G‘azoda 64 %ga ko‘tarilgan. Koronavirus tarqalishidan oldin bu ko‘rsatgich G‘arbiy qirg‘oqda 14 %, G‘azoda 53 %ni tashkil qilgan edi.

Hozirgi ma’lumotlar bilan tanishish ortidan shu narsa aniq bo‘ladiki, hukumat o‘zining navbatdagi qarorlari bilan sog‘liqni saqlash sektorini rivojlantirish orqali inqirozni hal etishni ham, odamlarni nazorat qilishni ham, vaboga qarshi kurashishda Payg‘ambarimiz ﷺning yo‘llariga ergashishni ham istamayapti. Balki uning istagi masjidlarni berkitish, juma va jamoat namozlarini bekor qilish kabi Allohning g‘azabini qo‘zg‘aydigan, iqtisodni vayron qiladigan hamda qashshoqlik, kambag‘allik va ishsizlikni kuchaytiradigan eski siyosatini yurgizish, xolos. Hukumat iqtisodni kuchaytirish va uni qo‘llab-quvvatlash uchun hech narsa qilmayapti. Shuning uchun ahvol karantin davrida qanday bo‘lsa, shundayligicha qolmoqda. Hukumat buning o‘rniga aktsiz va boj soliqlarini solish bilan ovora. Bu esa, bo‘layotgan ishlar faqat xato, adashish va mas’uliyatdan qochishmi? yoki bu Falastin ahlini och qo‘yish va tiz cho‘ktirish uchun hamda ular kelajakda G‘arbning mustamlakacha echimlari va soxta loyihalarini qabul qilishlari uchun dinga qarshi kurashishni ko‘zlagan siyosatmi? kabi savollarni paydo qilmoqda.

Ushbu mas’uliyatsiz choralar Falastin ahlini halokatga etaklamoqda. Shuning uchun ular uyg‘oq va ogoh bo‘lishlari lozim. Bundan tashqari, ular Falastin rejimidan hisob talab qilishlari hamda unga qarshi chiqib, ushbu pandemiyaga qarshi kurashdagi jinoyatkorona va noto‘g‘ri choralariga qarshi baralla so‘zlashlari shart.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.