Rohinga musulmonlarini Bxasan Char yarim oroliga ko‘chirish irqchilikning xunuk yuzini ochdi

207
0

Rohinga musulmonlarini Bxasan Char yarim oroliga ko‘chirish irqchilikning xunuk yuzini ochdi

Zolim Hasina hukumati xavfsizlik kuchlarini kuchli nazorati ostida, minglagan Rohinga musulmonlarini Bengal ko‘rfazidagi chiqindilarga to‘la Bxasan Char (Char Piya) oroliga ko‘chirishga kirishdi. O‘tgan may oyida uch yuzta Rohinga musulmonlari notinch mintaqa bo‘lgan ushbu orolga ko‘chirildi. Ular hozir ayanchli ahvolda yashamoqdalar. Darhaqiqat, bir necha oy oldin, yashash sharoitlarini yaxshilash uchun ochlik e’lon qilishganidan keyin, erkaklar, ayollar va go‘daklar xavfsizlik kuchlari tayoqlaridan zarbasiga uchragan edilar. Ma’lumki, Bxasan Char oroli ommaviy kontslagerь bo‘lib, u erda musulmonlarga hayvonlarcha muomala qilinadi. Shuningdek, u Britaniyaning mustamlakachilik davridagi Andamon va Nikibar orolida joylashgan Kalabani yoki «Zulmatli suvlar» qamoqxonasidan qolishmaydi. Ushbu qamoqxonada umrbod qamoq jazosiga tortilganlar jazolanar edi.

Himoya qiladigan boshliqlari bo‘lmagan Rohinga musulmonlari Hasinaning ilmoniy hukumatining iflos siyosatiga o‘lja bo‘lishdi. Ushbu hukumat boshlanishda 2016 yili Mьyanma qatliomidan qochib kelgan Rohinga musulmonlarini ortga qaytardi. Lekin Bangladeshdagi musulmonlarning jamoatchilik fikridan qo‘rqib, ularga yurtga kirishlariga ruxsat berdi. Shundan so‘ng, Rohinga musulmonlariga berilayotgan yordam pullarini talon-toroj qilar ekan, ularni hayvonlarga ham to‘g‘ri kelmaydigan iflos lagerlarda qamal qilmoqda. Bu ilmoniy hukumat jamiyatda ajnabiylarga nisbatan qasddan va asta-sekin irqchilik fikrlarini tarqatmoqda va shu orqali odamlarni bu zaifhol musulmonlarga qarshi qo‘yishga urinmoqda. Bir tarafdan, etakchi partiya musulmonlarning qiyin ahvollaridan foydalanib, jinoyat sodir etishga, shu bilan jazolanishga majburlayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Hasina hukumati xushomadgo‘y ziyolilar va yollanma axborot kanallaridan ushbu jabrdiydalarga qarshi adovat va xavf-xatar qo‘zg‘ashda foydalanyapti. Undan maqsad Rohinga musulmonlarini borish mumkin bo‘lmagan va «suv ostida qolgan orol» deya nomlanadigan orolga ko‘chirishni oqlashdir.

Hukumat – millionga yaqin qochqinlar oziq-ovqat tanqisligiga hamda 200 million aholiga ega yurtda ishsizlikning ko‘payishiga olib keladi, deya qasddan sun’iy iqtisodiy xavotirlarni paydo qilib, odamlarda baqo g‘arizasini qo‘zg‘adi. O‘nlab yillar davomida yomon boshqarilganimiz, boylik va resurslarimizning talon-toroj qilingani go‘yo bizga kamlik qilgandek, bu rejim endi bizni maishiy va iqtisodiy jihatdan azob-uqubatga giriftor etmoqda! Binobarin, Bengal ahli bu ilmoniy hukumatdan to‘yib ketgan bir paytda, Hasina hukumati buzuq millatchilik oloviga o‘t qalash orqali o‘z chegaralarini «mudofaa» qilishga urinyapti… U Alloh Taoloning

وَإِنِ اسْتَنْصَرُوكُمْ فِي الدِّينِ فَعَلَيْكُمُ النَّصْرُ

«Agar ular din yo‘lida sizlardan yordam so‘rasalar, yordam qilish zimmangizdadir» [Anfol 72]

degan oyatini bilmaslikka olmoqda.

Rejim odamlar qalbida ushbu qochqinlarga nisbatan birodarlik va insoniylik shuurini yo‘qotish uchun hamda soxta millatchilik bahonalari ostida ularning musulmon va muhtoj ekanini unuttirishga harakat qilmoqda. Shuningdek, bu rejim ma’lum bir vaqt davomida o‘n millionlab aholining o‘zga yurtlarda qochqin bo‘lib yurgani odamlar tomonidan unutilishini istamoqda. Bundan tashqari, xoin Hasina hukumati Rohinga musulmonlariga qarshi nafrat hissini qo‘zg‘ash orqali «Bo‘lib tashla, hukmron bo‘lasan» maqolida o‘z aksini topgan mustamlakachilar merosini tiriltirishga harakat qilmoqda. Maqsadi xo‘jayinlari rejasini amalga oshirishdir. Shuningdek, ushbu Ummatni mustamlakachi belgilagan soxta milliy chegaralar ichida parchalangan holda qoldirishdir.

Ey musulmonlar: Ilmoniy Hasina hukumatining zehnimizga zaharli millatchilikni o‘rnatish uchun qilayotgan til biriktiruvlarini rad eting. Chunki ushbu yovuz tushuncha vahshiylikni paydo qiladi va bundan jabrdiyda birodarlarimizni ko‘chirib yuborishda foydalanishadi. Hukmdorlar turli joylardan kelgan bu jabrdiydalarni kelgindi jinoyatchilar deya tasvirlab, ularga qarshi nafratni kuchaytirishmoqda. Holbuki, ilmoniy hukmdorlar va etakchi partiya arboblarining sodir etayotgan jinoyatlari va xiyonatlari tufayli o‘sha orolga ularning o‘zlarini surgun qilish lozim. Ushbu xoin hukmdorlar G‘arbdagi mustamlakachi xo‘jayinlariga xizmat qilar ekanlar, bizlarni geografik chegaralarda bo‘lingan holda qolishimiz uchun har qanday yo‘ldan foydalanadilar. Ayniqsa ularning xo‘jayinlari Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikning qayta barpo bo‘lishidan qo‘rqayotgan bir paytda, bu ishga qattiq harakat qilmoqdalar.

Ey musulmonlar: Ogoh bo‘ling! Agar sizlar aqllaringizni millatchilik fikrlari ofatidan ozod qilmasangiz hamda musulmonlar va jabrdiydalarning yolg‘iz qalqoni va himoyachisi bo‘lmish Xalifalikni qayta barpo etish uchun harakat qilmasangiz, Alloh Taolo sizlardan nima uchun ayol va go‘daklarni yordamsiz qoldirdingiz deb so‘raganda, qanday javob berasiz?! Axir Payg‘ambarimiz ﷺ:

«الْمُسْلِمُ أَخُو الْمُسْلِمِ، لَا يَظْلِمُهُ، وَلَا يَخْذُلُهُ»

«Musulmon musulmonning birodaridir. Unga zulm qilmaydi va uni yordamsiz tashlab qo‘ymaydi», degan-ku.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.