Turkiya va (Isroil) o‘rtasidagi aloqalar yana kuchayishi mumkin
Turkiya va (Isroil) o‘rtasidagi munosabatlar va ikki tomonlama diplomatik aloqalar mart oyigacha o‘z o‘rniga qo‘yilishi mumkin. Turkiya prezidentiga oid ba’zi manbalar buni tasdiqladi. Prezident xavfsizligi va tashqi siyosat qo‘mitasi a’zosi Mas’ud Haqqi Chashin, agar (Isroil) bir qadam qo‘ysa Turkiya ikki qadam qo‘yishini ma’lum qildi. Turkiyaning (Isroil)dan ko‘plab qurol-yarog‘ sotib olganini eslatgan Chashinning ta’kidlashicha, bu aloqalardan (Isroil) ko‘p yutuqlarga ega bo‘ladi. Shuningdek Chashin, AQShda Jo Bayden tayinlanishi bilan yangi istiqbollar paydo bo‘lishini va ko‘p narsalar o‘zgarishini so‘zlariga ilova qildi.
Turkiya-(Isroil) aloqalari bo‘yicha mutaxassis Selin Nasining ta’kidlashicha, Musulmon davlatlar bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatishni boshlagan Isroil, Turkiyani ham bu ro‘yxatga qo‘shishi xalqaro maydonda Isroilning obro‘si jihatidan ham muhimdir.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning bayonotlari ham uning bosqinchi yahudiy vujudiga nisbatan yaqinlashish istagi borligini ko‘rsatmoqda. Juma namozidan chiqishda (Isroil) va Turkiya o‘rtasidagi so‘nggi aloqalar haqida xabarlarga o‘z munosabatini bildirgan Erdogan shunday dedi: “Bizning Isroil bilan razvedka xizmatidagi aloqalarimiz hech qachon uzilgani yo‘q, hanuzgacha davom etmoqda. Aytmoqchimanki, biz bu erda ba’zi davlatlar singari eng yuqori nuqtadagi odamlar bilan ba’zi muammolarni boshdan kechirmoqdamiz. Agar eng yuqori nuqtada bunday muammolar bo‘lmaganida edi, Isroil bilan munosabatlarimiz juda boshqacha bo‘lar edi”.
Janob Erdogan “Isroil”ning Falastin siyosatini qabul qilish mumkin emasligini ta’kidlar ekan, aks holda, (Isroil) va Turkiya o‘rtasidagi aloqalarni eng yuqori darajaga etkazishni chin ko‘ngildan istashini qo‘shimcha qildi.
Izoh: Xalqi musulmon bo‘lgan Turkiya davlati yahud vujudini davlat sifatida tan olgan ilk davlatdir. O‘sha ondan buyon yahud vujudi bilan iqtisodiy, siyosiy, harbiy, diplomatik va turizm aloqalari uzilgani yo‘q. Musulmonlar Islomiy ko‘rinishi uchun ovoz bergan Erdogan hukumati davrida esa aloqalar maksimum darajaga etdi. Moviy marmara hodisasi kabi ba’zi holatlarda, aloqalar biroz oqsagandek ko‘rinsa-da, AQShning “arazlashni bas qiling” degan buyrug‘i o‘zaro aloqalarning yana avvalgi yuksak darajaga ko‘tarilishi uchun etarli bo‘ldi.
Tarixda Islomning adolatiga shaxsan guvoh bo‘lgan Turkiya kabi bir davlatning – garchi aksariyat xalqi, shu jumladan rahbarlari musulmon bo‘lsa ham – bosqinchi yahud vujudini tan olishi va u bilan hamkorlik qilishi uning mafkuraviy (o‘z ideologiyasiga ega) davdat emasligini ko‘rsatadi. Agar Turkiya mafkuraviy davlat bo‘lganda bu borada o‘z mafkurasidan kelib chiqqan pozitsiyasiga ega bo‘lardi. Turkiya va boshqa arab davlatlari mafkuraviy davlat bo‘lmaganligi uchun kapitalizmning etagini tutishga majburdir. Natijada qo‘yilayotgan har bir qadamda kapitalizmning hayotdagi o‘lchovi, ya’ni manfaat yagona asos bo‘lib qolaveradi. Manfaat nimani talab qilsa, hatto ummatga, dinga, Allohga xiyonatni talab qilsa ham, baribir u birinchi darajaga qo‘yiladi. Bundan boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Musulmon o‘lka bo‘la turib, Islom mafkurasini rad etgan, kuftga yaltoqlanib uning mafkurasiga ergashgan hukumatlarning ahvoli bundan boshqa qanday bo‘lishi mumkin?! Nafaqat Turkiya, balki Islom o‘lkalarining hammasida ahvol shunday.
Har qanday davlat o‘z irodasiga ko‘ra hukm yutirishi uchun albatta o‘z mafkurasiga (ideologiyasiga) ega bo‘lishi lozim. Chunki o‘z mafkurasiga ega bo‘lgan davlatgina boshqaga qaram bo‘lmaydi.
Shunday ekan, Islomiy o‘lkalardagi hukumatlar o‘z aqidasiga zid bo‘lgan kapitalistik, demokratik mafkuradan yuz o‘girib, Islomiy mafkuraga tayangan holda qadam tashlashlari lozim. Ana o‘shanda hayotda foyda zararni emas, halol haromni o‘lchov qiladigan buyuk davlatga aylanadi. Aks holda kapitalistik davlatlar ortidan xalloslab yugurishdan boshqaga yaramaydi.
Qiyomuddin Sharif