“Dunyoviy davlat”

439
0

“Dunyoviy davlat”

 Hozir jamiyatda yangi konstitutsiya loyihasidan “dunyoviy” so‘zni olib tashlash yoki qoldirish to‘g‘risidan ozmi-ko‘pmi baxs-munozaralar bo‘lmoqda. Biz bu munozaraga to‘g‘ri yondoshishimiz uchun, albatta, ushbu atamaning ma’nosini, ya’ni “dunyoviy davlat” mohiyatini tushinib olishimiz, shuningdek, uning tarixi haqida ma’lumotga ega bo‘lishimiz kerak. 

 “Svetskiy” atamasi lotincha saecularis so‘zining ruscha tarjimasidir. O‘zbekcha “dunyoviy” so‘zi ishlatiladi, bu arabchadan olingan. Oddiy qilib aytganda, uning terminologik ma’nosi quyidagacha: Yaratuvchi bormi-yo‘qmi, oxirat bormi-yo‘qmi – bular haqida bahs qilinmaydi. Bahs faqat bu dunyo hayoti haqida bo‘ladi. Insonning dunyo hayoti qonunlariga hech bir din aralashmasligi kerak. Qonunlar inson tomonidan tajriba, aql va ilmga asoslanib ishlab chiqiladi. Masalan, agar abortni taqiqlash bo‘yicha qonun zarur bo‘lsa, din abortni taqiqlagani uchun emas, tajriba va ilmda zararliligi isbotlangani, ko‘pchilik odamlar buni to‘g‘ri deb hisoblashgani uchun shunday qonun qabul qilinishi kerak. Odamlarni biron bir diniy e’tiqodga majbur qilish mumkin emas. Din davlat ishlariga, ayniqsa siyosatga umuman aralashmasligi kerak.

 Yuqoridagilardan ma’lum bo‘lganidek, bugungi “sekulyarizm” ta’rifidan uning dinga qarshi kontseptsiya ekanligi aniq ko‘rinib turibdi. Bugungi darajaga etgunga qadar, zamonga muvofiq bir qator o‘zgartirishlarga duchor bo‘ldi, boshqacha aytganda, u o‘z tarixiga ega.

 Tarixda, “yuqori o‘rta asr” (XI-XIV) deb atalgan davrda Evropa mamlakatlari Qadimgi Rim imperiyasining merosxo‘ri sifatida “Muqaddas Rim imperiyasi” tarkibida bo‘lgan. Uni imperator bashqargan. Rim katolik cherkovi xalqni nasroniylik xudosi nomi bilan boshqaruvida din imperatorning mafkuraviy quroli bo‘lgan. Cherkov odamlarga “imperator xudoning erdagi vakili, unga itoat qilish – xudoga itoat qilishdir” deb tushintirardi. Chunki, nasroniylik dini inson hayotining barcha sohalarini qamrab olgan tuzum emas. Unda asosan, Qadimiy Rimdan meros bo‘lib qolgan qonunlar tatbiq qilinardi. Biroq cherkov, ya’ni Rim papasi siyosiy doirada muhim o‘rin egallagan. Imperator va qirollar uning ruxsati bilan hokimiyatga kelar edi. Uni muhofaza qiluvchi ritsarlik ordenlar bo‘lgan. Bundan tashqari, Vatikanning ta’siri imperiya tarkibiga kirmagan Angliya, Frantsiya kabi katolik davlatlarga ham yoyilgandi. Davlatlar va knyazliklar o‘rtasidagi ziddiyatlar papaning diplomatik aralashuvi bilan xal qilingan. Barcha davlatlarda cherkovga qarashli yirik er maydonlari bo‘lgan. Bundan tashqari, u qurolli kuchlar va ulkan qurilishlarni moliyalash uchun odamlardan turli to‘lovlarni yig‘ib turardi. Shunday qilib, odamlar imperator hukumati, cherkov ruxoniylari va hatto mahalliy rahbarlar zulmi ostida juda qiynalib ketgan.

 14-asrning ikkinchi yarmida Kichik Osiyodagi musulmon turk sultonlari Vizantiyaga qarashli erlarni fath qilishni boshlagan. Fathlar Evropaga qarab ichkarilab borardi. Islom olamidagi ilmiy kashfiyotlar Evropaga 10-asrdayoq etib borgan bo‘lsa-da Evropadagi hokimiyatlar uni keyingi rivojlanishiga qarshi bo‘lgan. O‘quv yurtlarida Qadimgi Rimdan meros bo‘lib qolgan huquqshunoslik qonunlari, shuningdek, katolitsizm ilmlari, lotin tili o‘qitilgan, keyinchalik tibbiyot va falsafa qo‘shilgan. 14-15-asrlarda musulmonlar fathidan cho‘chigan vizantiyaliklar Evropaga qochishgan. Ular bilan birga Evropaga islomiy olamning matematika, astronomiya, geografiya, fizika sohasidagi va boshqa shu kabi kashfiyotlari ham bordi. Sababi, Vizantiyada bularni lotin tiliga tarjima qilingan kitooblari bor edi. Hatto, evropaliklar yunon falsafasi bilan arab tilidan lotinchaga tarjima qilingan baxslar tanishishgan. 

 Shunday qilib, 15-asrda Evropada olimlar va faylasuflar etishib chiqdi. 15-16-asrlar orasidagi bu davr “uyg‘onish davri falsafasi” deb nomlandi. Tarixiy jihatdan bu davr “Renessans” (uyg‘onish) davrining bir qismi hisoblanadi (14-16-asrlar). Bu olim va faylasuflar Evropadagi hayot tarzidan qanoatlanishmagan, norozi bo‘lishgan. Shuningdek, ular kirib kelayotgan Islomni qabul qilishni ham xohlashmagan. Ular o‘ziga xos yashash tarzi haqida fikr yuritishgan. Oxir oqibat, qadimgi yunon, qadimgi rim tsivilizatsiyalarini uyg‘onish asosi qilib olishdi. Shu sababli bu davr – uyg‘onish davri deb nomlandi.

 Bizga tarixda o‘qitishgani bo‘yicha, renassans davri deganda ko‘z oldimizda san’at, xaykaltaroshlik, musiqa namoyon bo‘ladi. Aslida, evropa xalqi uyg‘onishiga bularning emas, “uyg‘onish falsafasi”ning ta’siri bo‘lgan. Avvalgi katolik ta’limotida – oddiy va qisqacha qilib aytganda – aql faqat xudoni tanish va injilni tushinishda ishlashi kerak deb o‘qitilgan. Ya’ni, dinni ruxoniylar aytganidek bilish va amal qilish kerak bo‘lgan. Tabiatni, hayotni anglash uchun aql ishlatishni, tajriba to‘plash, tajribalar o‘tkazishni shart emas deyishgan. Injilga zid keladigan ilmlarni keragi yo‘q deyishgan. Yangi paydo bo‘lgan olim va faylasuflar esa buni teskarisini aytishgan. Ulardan ba’zilari ilmni din bilan muvofiqlashtirsa bo‘ladi desa, ba’zilari xudoni bor ekanligini tan olgan, biroq, ilm dindan oldinda turishi kerak deyishgan, yana boshqalari xudo yo‘q degan. Aslini olib qaraganda, ularning ilmiy xulosalari yoki undan kelib chiqqan fikrlari nasroniylik dinini bekor qilardi. Sababi, nasroniylik dini ular isbotlab qo‘ygan narsalarni rad qilishdan ojiz edi. Masalan, nasroniy ta’limotida Quyosh Er atrofida aylanadi deyilsa, Galiley teleskobi orqali Er Quyosh atrofida aylanishiga dalil keltirgan. Aslida, Galiley xudo bor degan. Shuning uchun u: “Xudo ikkita kitob yozgan ular – injil va tabiat” degan. Demak, bu tabiat ilm bilan o‘rganiladi degani. Bu esa nasroniylik ta’limotiga zid kelar edi. Shu sababli, din vakillari bunday ilmiy fikrlarga qarshi kurashni boshlab yuborishgan. Natijada, ba’zi olimlar ta’qibga uchradi, ayrim faylasuflar inkvizitsiya o‘tida yoqildi. Masalan, Kopernik, Galiley kabi olimlar bir umr ta’qib ostida bo‘lishgan, faylasuf Bruno esa yoqib yuborilgan.

 Olimlarni inkvizitsiyaga duchor bo‘lmaganliklarining yana bir sababi, bu davrda kapitalistik munosabatlar rivojlanib, burjua sinfi paydo bo‘lgan edi. (Tarixda bu davr “tijoriy kapitalizm” deb ataladi, 15-18-asrlar). Ularning ishlab chiqarishi rivojlanishi uchun esa olimlarning ilmiy kashfiyotlari va sanoat ixtirolari zarur edi. Burjuaziya olimlarni saqlab qolishdan manfaatdor edi.

 Tijoriy kapitalizm shu tarzda paydo bo‘lgan edi. 1453-yili Usmoniy sulton Muhammad Fotih Konstantinopolni fath qildi. Ushbu fathlar evropaliklarning Sharqiy Osiyo bilan bo‘lgan karvon savdo yo‘llarini to‘sib qo‘ydi. Afrikani aylanib o‘tuvchi suv yo‘llariga esa Portugaliya egalik qilar edi. Bu vaqtda Portugaliya va Ispaniya musulmonlar Andalusiyasidan erlarini qaytarib olishganidan keyin qudratli kuchga aylanishgan edi. Avvaliga Portugaliya, undan so‘ng Ispaniya boylikka ega chiqish va nasroniylikni tarqatish uchun kema qurish va dengizchilik faoliyatini kuchaytirdi. Natijada Portugaliya Afrikani aylanib o‘tib, Hindiston va Xitoyga etib bordi. Ispaniya Hindistonni topaman deb yurib “yangi dunyo” – Amerikani kashf qildi. 17-asrda Angliya, Frantsiya va Gollandiya ulardan o‘zib ketdi. Shunday qilib Evropada savdo, ya’ni bozor rivojlandi. Amerikadan oqib kelgan oltin-kumushga Osiyoning ziravorlari, ipak va chinnilari sotib olib kelindi. Bu savdogarlar juda boyib ketishdi. Manufakturalarga egalik qila boshlashdi. Sudxo‘r banklar, aktsionerlik jamiyatlar, birjalar tashkil etildi. Shu tarzda burjuaziya paydo bo‘ldi. Ular endi hokimiyatga intila boshlashdi.

 Aslida, sekulyarizm (dunyoviylik)ning shakllanishida “reformatsiya” (islohot) g‘oyasi muhim rol o‘ynadi. Reformatsiya davri (1517-1648 yillar) tarixda sekulyarizmning dastlabki bosqichi sifatida qaraladi. Reformatsiya g‘oyasi 14-asrning ikkinchi yarmida angliyalik professor Jon Uiklif tomonidan ko‘tarilgan. Uiklif: “Cherkovning boshlig‘i papa emas, balki Masihdir” degan. Yana “Avtoritet cherkov emas, injil” degan. Shuningdek u cherkov erlarini musodara qilishga chaqirgan. Injilni ingiliz tiliga tarjima qilgan, uni o‘z tilida o‘qib tushingan odamlar haqiqatdan ham Rim cherkovi din nomidan foydalanib xalqni ezib kelayotganini anglab etgan. Uiklif izdoshlari o‘z davrida quvg‘inga uchragan bo‘lsa-da, biroq, uning g‘oyalari Angliyada tarqalib ulgirdi. Angliya Rim imperiyasiga tegishli bo‘lmagani sababli unga nisbatan cherkovning bosimi kamroq bo‘lgan. (Shu sababli, keyinchalik reformatsiyaning birinchi namunasi sifatida 1520-yilda Angliya qiroli Vatikan bilan aloqalarini uzib, yangi anglikan cherkovini tashkil etdi va o‘zi uni boshlig‘i bo‘ldi). Ammo, Vatikan imperiya tarkibidagi boshqa mamlakatlarda Uiklif g‘oyasi tarqalishiga qattiq qarshi turgan. Reformatsiya g‘oyasini Chexiyada tarqatgan Yan Gus yoqib yuborilgan.

 16-asrda Usmoniy xalifa Sulaymon Qonuniy Avstriyaga qadar fath qilib bordi. Bu davrda Rim imperiyasi zaiflashib qolgan edi. Imperiyaning zaifligidan foydalangan uning tarkibidagi knyazliklar  mustaqil davlat bo‘lishni ko‘zlab qolishdi. Germaniyada islohotchi Martin Lyuter ayrim knyazlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Kurfyurst Fridrix Saksonskiy Lyuterni inkivizatsiyadan saqlab qolgan, ikki yil mobaynida yashirib injilni nemis tiliga tarjima qildirgan. Knyazlar imperatorning uni jazolash to‘g‘risidagi buyrug‘iga rasmiy norozilik (protest) bildirishgan. Shu sababli bu oqim protestantizm deb nomlangan. Shunday qilib, lyuteranizm, kalьvinizmning protestant oqimlari paydo bo‘ldi. Ayrim knyazliklar protestant oqimlarini qabul qilgan bo‘lsa, ayrimlari katolikligicha qoldi. Oqibatda ularning o‘rtasida 30 yillik urush kelib chiqdi. Tarixda bu konfessiyalararo urush deb ataladi, aslida konfessiyalar “mustaqillik” uchun bo‘lgan urushda qurol bo‘lgan. Protestantizm islohoti burjuaziya tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan. Chunki ular hokimiyatga kelishi uchun yangi mafkuraviy qurol zarur edi. Bu kapitalistlar ham nasroniylikdan voz kechishmagan, biroq ular uchun arzon va engil nasroniylik kerak edi. Ular cherkovni boqishni, baland soborlar qurishni, nasroniylikning qat’iy qoidalari ostida yashashni xohlamasdilar.

 Oxir oqibat imperator Usmoniy xalifalikka birgalikda qarshi turish uchun Vestfal tinchlik shartnomasini tuzishga majbur bo‘ldi. Vestfal shartnomasiga binoan imperiya tizimidagi mamlakatlar mustaqillikka erishdilar, ularning qirollarining huquqlari imperator huquqlari bilan tenglashtirildi. Katoliklar va protestantlar teng huquqqa ega bo‘lishdi. Cherkov erlari musodara qilindi. Papa hokimiyati minimal darajaga tushirildi. Hokimiyat qirollar qo‘liga o‘tdi, mahalliy diniy cherkovlar ularning mafkuraviy quroli bo‘lib qoldi. O‘tmishda cherkov cheksiz hokimiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa, endi u faqat davlatning bir tarmog‘iga aylandi. Ammo bu haqiqiy sekulyarizm emas edi.

 Shunday qilib, hokimiyat burjuaziya qo‘liga o‘tmay qoldi. Bunga qadar, 1624-1626-yillarda “Dehqonlar urushi” bo‘lib o‘tgan edi. Burjuaziya bu urushni zimdan qo‘llab-quvvatladi, chunki hukumat va cherkov ularning ishlariga aralashib, topgan foydalari ustiga o‘tirib olgan edi. Ammo bu qo‘zg‘olon shafqatsizlarcha bostirildi.

 Reformatsiyadan keyin protestantizm ilmga to‘sqinlik qilmagani sababli Boyl, Nьyuton, Leybnits, Paskal va boshqa ko‘plab olimlar etishib chiqib, ilmiy kashfiyotlar qilishdi. Shuningdek, protestantizm tadbirkorlikka ijobiy munosabatda bo‘lganidan, ilmiy kashfiyotlarni amalga oshirish orqali sanoat ixtirolari yuzaga keldi. Burjuaziya rivojlanishda davom etdi va 18-asrdan boshlab kapitalizmning “sanoat” davri keldi. Bu asrlarda bug‘ dvigatellari, suv nasoslari, ip yigiruv mashinalari ixtiro qilindi. Metallurgiya sanoati rivojlandi. Natijada fabrikalar va mashinasozlik zavodlari paydo bo‘ldi. Transport va aloqa vositalari ixtiro qilinib, foydalanishga topshirildi. Shunday qilib, kapitalistlar gurkirab yashnadi, ularni hokimiyatga kelish vaqti etdi. Bu vaqtga kelib burjuaziya qirollarining hokimiyatidan ham, uning mafkuraviy quroli bo‘lgan cherkovdan ham voz kechish zaruriyati paydo bo‘lib qolgandi. Demak ularga yangi mafkura, yangi boshqaruv tuzumi kerak edi. Ushbu mafkura “ma’rifat davri”ning faylasuflari tomonidan ishlab chiqildi (18-asr).

 Sharl Monteskьyo, Jan Jak Russo, Immanuil Kant va boshqalar shular jumlasidan edi. Ular tomonidan asosan quyidagi fikrlar shakllantirildi:

 – Inson va tabiatni o‘rganishda aql birichi o‘rinda turadi

 – Aql faoliyatining eng ilg‘or ko‘rinishi – dunyoni ilmiy nuqtai nazardan bilish

 Bularning natijasi sifatida

– “Inson huquqlari va erkinliklari” fikri kiritildi.

 Va ushbu “huquq va erkinliklarni” amalga oshiradigan davlat haqida:

– “dinni davlatdan ajratish”

– “hokimiyatning uch bo‘g‘ini”

fikrlari kiritildi.

Adam Smit, Malьtus, Rikardo kabi iqtisodchilar tomonidan kapitalistik iqtisod nizomi ishlab chiqildi.

 Bularning barchasi Tomas Jefferson tomonidan tizimlashtirilib, mamlakatda ishlatish mumkin bo‘lgan tuzumga aylantirildi.

 Bunday tuzumning ishlab chiqilishi va tarqalishi Angliya, Frantsiya va boshqa mamlakatlarda burjuaziya inqiloblariga olib keldi, natijada bu mamlakatlarda nasroniylik dini hayotdan ajratilgan, nasroniylikning axloq va ibodatdan iborat hukmlari cherkov bilan cheklangan, qonunlar parlament tomonidan qabul qilinadigan, iqtisodi kapitalistik iqtisod bo‘lgan dunyoviy davlatlar barpo bo‘ldi. Bular haqiqiy dunyoviy davlatlar bo‘lishdi va shu kunga qadar ushbu yo‘lni takomillashtirib kelishmoqda.

Ko‘rinib turganidek, “dunyoviy davlat” olimlar va faylasuflar tomonidan – qirollik boshqaruvi va uning quroli bo‘lgan nasroniylik diniga qarshi – ishlab chiqilgan. Undan kapitalistlar demokratiya niqobi ostida kapitalistik hukmronlikni o‘rnatishda foydalanishdi. Keyinchalik kapitalistlar mustamlakachilik ishlarini olib bordilar va dunyoda imperialistik siyosat yurgizishdi. Vaqtiki kelib, ular Islomiy Xalifalik davlatini qulatishga erishishdi. Shundan keyin, ular nasroniylik diniga qanday munosabatda bo‘lishgan bo‘lsa, Islomga ham xuddi shunday munosabatda bo‘ldilar. Islomni axloq va ibodat bilan cheklab, uni boshqaruv, siyosat, iqtisod va boshqa nizomlarini hayotdan ajratishdi. Biroq, Islomning tabiati hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan mabda bo‘lgani sababli kapitalist kofirlar uni engib chiqa olmadilar. Mana Islom mabda sifatida yana qaytmoqda. Uni tatbiq qiladigan Xalifalik davlati barpo etilish arafasida turipti. Bundan qo‘rqqan imperialist kofirlar sof Islomni ko‘tarib chiqqan musulmonlarga “ekstremizm” tamg‘asini yopishtirshga urinmoqda.

 Xulosa qilib aytish mumkinki, bugungi konstitutsiyada dunyoviy so‘zi bo‘ladimi yoki yo‘qmi, farqi yo‘q, davlat bari bir dunyoviy bo‘yicha qoladi. Shuning uchun musulmonlar bir so‘z ustida talashib-tortishmasdan buyuk ishni qilishlari kerak. Bu Islomni yana qayta hayotga olib kelish uchun Xalifalik davlatini barpo etishga harakat qilishdir.

 Abdulhakiym Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.