Tojikistonlik da’vatchi birodarimizning vafot etgani to‘g‘risida xabar

323
0

Tojikistonlik da’vatchi birodarimizning vafot etgani to‘g‘risida xabar

مِنَ الْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللَّهَ عَلَيْهِ فَمِنْهُمْ مَنْ قَضَى نَحْبَهُ وَمِنْهُمْ مَنْ يَنْتَظِرُ وَمَا بَدَّلُوا تَبْدِيلًا

 “Mo‘minlar orasida Allohga bergan o‘z ahdu paymonlarida sodiq turgan kishilar bordir. Ulardan ayrimlari o‘z ahdiga vafo qildi, (ya’ni shahid bo‘ldi), ayrimlari esa (shahid bo‘lishga) intizordir. Ular (ahdu paymonlarini) o‘zgartirganlari yo‘q”

 Biz, da’vat yukini zimmasiga olib, uzoq yillar bu yo‘lda tinimsiz harakat qilgan birodarimiz Aliev Sharifullohning vafot etganini chuqur qayg‘u bilan xabar qilamiz.

 1978-yili Tojikistonning So‘g‘d viloyati Xo‘jand shahrida tug‘ilgan birodarimiz Aliev Sharifulloh Hizb ut-Tahrir fikrlari bilan tanishdi va 1998-yildan boshlab uning safida payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash yo‘lida jiddu jahd bilan faoliyat olib bordi. Birodarimizning Hizb safida olib borgan fikriy va siyosiy kurashi Imomali Rahmon boshchiligidagi tog‘ut tojik rejimi nazaridan chetda qolmadi. Zolim rejim Sharifullohning faoliyatiga chek qo‘yish ilinjida uni 2000-yili sohta ayblovlar bilan qamoqqa tashladi. Birodarimiz zolim qamoqxonasida g‘ayriinsoniy sharoit va zulmlar ostida rejim tomonidan belgilangan qamoq jazosini o‘tab chiqqanidan keyin ham da’vat faoliyatini to‘xtatmadi. Bu  yo‘lda u malomatchining malomati, zolimning zulmiga zarracha parvo qilmadi. Shu sababli zolim rejim uni yana ikki marta qamoq jazosiga hukm qildi. Birodarimiz umrining 13,5 yilini zolim qamoqxonasida o‘tkazdi. Ammo bu zulmlar birodarimizning qat’iyatini zinhor sindira olmadi. Aksincha u 2020-yillarning boshida navbatdagi qamoq muddatini o‘tab ozodlikka chiqqanidan keyin ham avvalgi shijoat va qat’iyat bilan o‘z faoliyatini davom ettirdi.

 Afsuski, zolimning qamoqxonalarida qo‘llanilgan g‘ayriinsoniy qiynoq va odam yashashi uchun zarur bo‘lgan oddiy sharoitlarning ham yo‘qligi birodarimizning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Sharifulloh 2021-yil 1-yanvar kuni bu foniy dunyoni tark etdi.  

 Biz, Alloh taolodan birodarimiz Aliev Sharifullohni O‘zining keng rahmatiga burkashini, jannatda payg‘ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan birga qilishini so‘raymiz.

 Birodarimizning ortida qolgan oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qilamiz. Alloh  taolo sizlarga sabri jamil ato etsin.

 Sharifulloh birodarimizning vafoti bizlarni chuqur qayg‘uga solgan bo‘lsada, Allohni rozi qiluvchi so‘zdan boshqasini aytmaymiz:

إنا لله وإنا إليه راجعون

Albatta biz Allohning bandalarimiz va albatta O‘ziga qaytajakmiz”  [Baqara 156]

 Hizb ut-Tahrir Qirg‘iziston matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.