Qirg‘iziston 2020-yilda donorlardan 346 mln dollar oldi

233
0

Qirg‘iziston 2020-yilda donorlardan 346 mln dollar oldi

 Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2020-yili Qirg‘iziston COVID-19 bilan kurashga 346,8 mln dollar miqdorida chetdan pul olgan. 2021-yilda qo‘shimcha 427 mln dollar mablag‘ kelishi kutilmoqda.

 Hukumat umumiy COVID-19 pandemiyasi bilan kurashga 774 mln dollar kiritishni rejalashtirmoqda. Undan 177 mln dollari grant asosida, qolgan 597 millioni  kreditlar.

 Yirik kreditor qatori Qirg‘izistonga 242 mln dollar nasiya bergan Xalqaro valyuta fondi bo‘lmoqda (XVF).

 Koronavirus pandemiyasi va Qirg‘izistondagi siyosiy voqealar vaqtida o‘lkada iqtisodiy inqiroz boshlangan. Byudjet tanqisligi rekord darajaga 35,6 mlrd somga etdi.

 Qirg‘iziston hukumati bir yil oralig‘ida qo‘shni mamlakatlarga va xalqaro donorlarga moddiy yordam so‘rab ko‘p marta murojaat qildi.

 Izoh: Moliya vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, 2020 yilning 31 iyuli holatiga ko‘ra, davlatning tashqi qarzi miqdori 4 milliard 169 million 600 ming dollarni tashkil etgan.

 Vazirlikning qayd etishicha, “doimiy asosda tashqi qarzdorlik darajasini pasaytirish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda”. 2019 yilning oxirida tashqi qarz darajasi yalpi ichki mahsulotning 45,5 foizigacha pasaytirilgan, ammo 2020 yili COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq inqiroz tufayli yalpi ichki mahsulotning 56,2 foizigacha o‘sdi.

 Nima sababdan Qirg‘iziston borgan sari qarz botqog‘iga botib bormoqda? Bu holat uning ichki boshqaruv sistemasiga aloqadormi? Yo‘q albatta, Qirg‘izistonning iqtisodiy nochorlab borishining asosi, xalqaro olamiy global boshqaruv sistemasi tomonidan atayin paydo qilinadi. Bu jarayonda Qirg‘iz siyosiy doirasining roli korruptsiyaga botib qolganidadir. Shu korruptsiyalashgan sxema ham, tashqi mustamlaka davlatlar tomonidan rivojlantirib boriladi. Ularga Qirg‘iziston 4 milliard dollardan ziyod qarzga botib qolishi uchun shu qarzlarning bir qismini o‘zlashtirib olish haqida fikrlaydigan korruptsiya botqog‘iga botgan amaldorlar kerak. Xalqaro siyosat vakillari aynan shu haromtomoq siyosiy guruhdan foydalanadi. Chunki bu guruh mamlakat uchun qarz olayotganida “og‘ir sanoatni rivojlantirish uchun, hatto shu kunga kelib sotib yo‘q qilib yuborishgan yirik korxonalarni qayta ishlatish uchun” deb biror marta qarz so‘ragan emas.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.