Agar tuz buzilsa uni kim o‘nglaydi?!

342
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Agar tuz buzilsa uni kim o‘nglaydi?!

Ustoz Abdu Dali (Abu Munzir)

Siyosiy rejimdan ajralishni maqsad qilgan har qanday harakatning o‘z g‘oyasiga erishishiga, barcha sobiq markazlarning yo‘l qo‘ymasligi tabiiy. Chunki bunda ayni markazlarning hukm yuritayotgan tizimlari uchun xavf va zarar bor, deb bilishadi. Zavolga yuz tutish xavfiga duch kelgan kishi, tabiiyki, o‘zgarish sodir bo‘lishini oldini olish uchun hamma imkoniyatini to‘playdi, hamma kuchini sarflaydi.

Dastlab, ushbu markazlar ayni harakatni jilovlab olishga va uni o‘zlari chizgan yo‘lga yo‘naltirishga, o‘z navbatida, hukmronliklarini va zo‘ravonliklarini himoya qilishga harakat qilishadi. Shu erda eski tizimni himoya qilish uchun uning atrofidagi doiralarni belgilash boshlanadi. Hatto o‘zgartirish faoliyati uni nazorat qilish hamda yo‘nalishini o‘zgartirib, zaiflashtirish, keyin uni tugatish mumkin bo‘ladigan doira ichida qoladi.

Siyosiy vakillar va kengashlarni ilgari surish, konferentsiya va anjumanlar chaqirish kabi g‘oyalar… bularning barchasi ayni maqsadga qaratilgan harakatdan boshqa narsa emas.

Har qanday mustamlakachi davlat o‘zi mustamlaka qilgan narsalarini qo‘ldan chiqarmaslikka harakat qiladi, bu narsalar yaroqsiz holga kelsa, o‘ning alьternativasini olib keladi yoki boshqa malayni paydo qiladi. Agar alьternativa unda tayyor bo‘lsa, albatta. Shuning uchun Shom qo‘zg‘olonining umri uzaygani sababi ham bitta. O‘z navbatida, bu uning sog‘lom yo‘lini qayta topib olishiga yordam ham beradi. Ushbu qo‘zg‘olonining umri uzayganining sababi AQSh etakchiligida Shom qo‘zg‘oloniga qarshi til biriktirgan davlatlar qo‘lida malay Bashar Asadga munosib siyosiy alьternativaning yo‘qligidir. Negaki uning otasi Hofiz Asad siyosiy markazni yo‘q qilib, yurtni boshsiz topshirgan.

Amerika munosib alьternativa topishga harakat qilyapti, hanuz birortasiga qanoatlanganicha yo‘q. Shuningdek, Shom zaminidagi jamoatchilikka o‘zining echimi va rejasini ham o‘tkazolmayapti. Shu boisdan ishni paysalga solyapti hamda Bashar Asad izolyatsiyadan chiqdi, u o‘tish davriga etakchilik qiladi kabi tuturiqsiz chaqiriqlarni qilyapti. Bularning barchasi ish ular o‘ylagandek to‘g‘ri yo‘ldan ketmayotganini ko‘rsatadi. Chunki Shom ahli onglidir va ularning rejalari va makrlari oldiga shu ong to‘g‘onoq bo‘lmoqda.

Yuqorida aytganimizdek, etmishinchi yillar boshlarida Hofiz Asad Suriyada jamiyatga etakchilik qilishi mumkin bo‘lgan har bir narsani buzishga harakat qildi. U siyosiy partiyalarga zarba berib, ularni zaiflashtirdi hamda «Milliy jabha» ichida ushlab turish uchun ularni qo‘lga o‘rgatib xonakilashtirdi. Shuningdek, turli kasaba uyushmalarga bosim qilib, ularni tarqatib yubordi hamda hukmron partiya nazoratidagi yangi kasaba uyushmalarini paydo qildi. Qabilalar ham bundan omon qolmadi… Ularning orasidagi isyonchi harakatlar qo‘llab-quvvatlanib, asl oqsoqollarga qarshi qo‘yildi va ularning birligi yo‘q qilindi, alaloqibat, ular narsalarni manfaatga qarab o‘lchaydigan qabilalarga aylandi. Faqat Allohning marhamatiga loyiq bo‘lganlargina o‘z aslligini saqlab qolib, qadriyatini yo‘qotmadilar. Shunday qilib, hukmdor o‘z hokimiyatida uzoq vaqt qolib, zo‘ravonlikda davom etishi uchun jamiyat to‘qimasi so‘kib-parchalandi va buzildi. Otaning ushbu harakati o‘g‘il Basharga meros sifatida qoldi. Ularning taxminicha, bu narsa qudratda uzoq vaqt qolishga xizmat qiladi. Biroq Allohning irodasi boshqa ekan, Shom qo‘zg‘oloni oyoqqa turdi. O‘z g‘oyasini ro‘yobga chiqarish uchun harakatga tushib, ilgari yuz bergan halokatlarni tuzatish ishini nafaqat mafkuraviy darajada, balki jamiyat strukturasi va etakchiligi darajasida keng olib bordi. Qayta ta’kidlaymiz, Shomda Hofiz Asad tomonidan bir necha yil qilingan harakat har qanday xorijiy loyihani barbod qilishga hamda hech qanday xorijiy mafkurani qabul qilmaslikka etarli bo‘ldi. Chunki u erda xorijiy loyiha paydo qilishga qodir birorta baza ham, bu loyihalarni boshqaruvchi partiyalar ham yo‘q. Natijada, nopok-g‘arazli kimsalar orqali qo‘zg‘olonga uning ichidan ukol-in’ektsiya yuborildi, bu kimsalardan yangi dunyoviy davlat qurish harakatiga yarab qolishlari umid qilinmoqda.

Shu nuqtai nazardan, odamlarni tashqi nopok in’ektsiyaga rozi qilish uchun ularni noumid holatga tushirish kerak bo‘ldi, toki ular qilayotgan ishlari natijasidan tushkunlikka tushib, qo‘zg‘olonning o‘z maqsadiga etishiga ishonmay qolishsin.

Shu qo‘zg‘olon yillari davomida jangchi guruhlar tomonidan odamlarga tazyiq o‘tkazish va tashkilotlar tomonidan odamlar orasida yomon vaziyat va bo‘linishni paydo qilish kabi ishlarning barchasi faqat Shom qo‘zg‘oloni alangasini so‘ndirishga qaratildi.

Bulardan tashqari, qo‘zg‘olon «vakillari» bo‘lgan shaxslarni paydo qilishdan, Jeneva va Ostona konferentsiyalaridan hamda Sochi, Vena, Istanbul va boshqa erlardagi qo‘shimcha uchrashuvlar o‘tkazishdan bitta maqsad ko‘zlangan. U ham bo‘lsa, odamlarga bosim qilib, ularni taslim bo‘lish bayrog‘ini ko‘tarishga, mazkur uchrashuvlarda qabul qilingan ularning taqdirlari bilan bog‘liq qarorlarga rozi bo‘lishga, hatto qonxo‘r Asad rejimi saqlanib qolsa ham kelishuvdagi shartlarga bo‘ysunishga majburlashdir.

Amerika tadbirining ilk boshlanishi 2012 yil Jeneva konferentsiyasi bo‘ldi. Unda Shom qo‘zg‘oloniga nisbatan xalqaro pozitsiya shundoq ko‘rinib turdi va unda qo‘zg‘olonni jilovlash, odamlarni umidsizlikka tushirib, binobarin rozilik, itoat va taslim bo‘lish holatiga tushirish doirasidan tashqariga chiqilmadi.

Bu konferentsiyada muborak Shom qo‘zg‘oloniga qarshi ko‘plab qora qo‘lli davlatlar qatnashdi. Ular uchun bu konferentsiya yaxshi vaziyatda bo‘lmadi. Chunki qo‘zg‘olon rosa avji pallasida edi, kundan-kunga yuksalib borayotgandi, shuning uchun kelishish va muzokaraga o‘rin yo‘q edi. Shu bois, uning harakatini sekinlashtirishga, ovozini pasaytirishga harakat qilish zarur bo‘ldi. Shu maqsadda siyosiy pullarni to‘kish boshlandi, qurol-yarog‘ esa kamaytirildi, irodasiz-qat’iyatsiz kishilar o‘zlarini makkorlarning quchog‘iga ota boshladi… Ana shunda qo‘zg‘olonning boshiga tushgan sinovlar o‘rtaga chiqib, Allohning fazli ila, niqoblar tushib, basharalar ochilib qoldi. Qo‘zg‘olon safida tahlilu takbirlar aytib, kurash olib borgan kishilar, endi xorijdan hukm so‘raydigan va toyiladigan bo‘lib qoldi… Odamlar tomonidan yaxshi gumon qilingan kishilar, bir aylanib, hashamatli hayot kechirayotganlari, yomon fikrlar tarqatib, odamlarni yo‘ldan urishayotgani to‘g‘risida eshitiladigan bo‘ldi. Yaqinda «Qo‘zg‘olon kuchlari koalitsiyasi», degan narsaning oliy saylov komissiyasi tuzilganligi va 2021 yildagi saylovda ishtirok etmoqchiligi to‘g‘risida qaror qabul qilgani uning asl niyati to‘g‘risidagi gaplarning haqiqat ekaniga aslo shubha qoldirmadi. Bu – qo‘zg‘olonni yo‘q qilish va qonxo‘r Asad rejimini qayta tiklash niyatidir. Zotan, bu qarorda berilgan barcha qurbonliklardan ko‘z yumilib, ularga orqa o‘girildi va buni g‘arblik xo‘jayinlarni rozi qilish uchun sodir etildi. 2012 yilda qabul qilingan qaror bo‘yicha, Shom ahlidan Amerikaning siyosiy echimiga rozi bo‘lish, uni qabul qilib, itoat etish talab qilindi. Xullas kalom, ilgari o‘zini qo‘zg‘olonchi va mujohid, deya da’vo qilgan kimsalarni siyosiy mol yo‘ldan urdi, ko‘zlarini moyladi. Ular endi qo‘zg‘olonga moddiy manfaat nazarida qarab, u orqali shaxsiy maqsadlarini amalga oshiradigan bo‘lib qolishdi.

Biroq fosh qiluvchi Shom qo‘zg‘oloni ularning kirdikorlarini fosh etib, ayblarini ochib qo‘ydi. Bu kimsalarning manfaatparast ekanliklarini, ular ham, Asad rejimidagilardan farq qilmasliklarini yuzaga chiqardi. Avval buni amalga oshirish imkoni topilmagan edi. Ammo, bugun buning imkoni topildi, shunga binoan undagi chang-g‘uborlar qoqilib, Shom ahli qo‘zg‘olonchilari ko‘z oldida uning musaffoligi ko‘rindi.

Amerika muborak Shom qo‘zg‘olonini yo‘q qilishga harakat qilib, buning uchun bor kuchini ayamay sarflayapti, uning qora qo‘llari har qanday vositani qo‘llashdan tap tortmayapti, tinimsiz makrini ishlatyapti. Bu har bir bosqichda fosh bo‘layotgan vositalar orqali namoyon bo‘lib, his qilinyapti. Shuning uchun Shom ahli xuddi habiblari ﷺ qilganlaridek o‘z ishlari va harakatlarini qo‘rg‘on bilan o‘rab, ko‘zlarini katta ochmoqlari kerak. Darhaqiqat, Rosululloh ﷺning Makka delegatsiyasi kelishish uchun kelgandagi qilgan ishlari shunday bir dars, ibrat va yo‘lki, faqat shu yo‘ldan yurmoq lozimdir. Chunki bu yo‘lning oxiri Alloh Subhanahuning nusratiga, ochiq fathga olib boradi.

Shom ahli shunga chuqur ishonsinlarki, Amerikaning siyosiy echimi, aslida, malay dunyoviy rejimning po‘stini o‘zgartirishdan boshqa narsa emas… Amerika ilonning rangini va po‘stini almashtirishga, malaylarning niqobini o‘zgartirishga harakat qilyapti, xolos. Bunda xavfsizlik xizmati, armiyasi va boshqalar kabi na rejimning tuzilmasi o‘zgaradi, na arkonlari.

Bunday adovat-makrdan qutulmoq va uning payiga bolta urmoqning yagona yo‘li mazkur qilmishlar va urinishlarning har biriga zarba berish bilan amalga oshadi. Buning uchun jilovlash ishlari va qo‘lga o‘rgatish harakati qarshisida mustahkam qo‘rg‘on qurmoq kerak. Bu esa, Shom ahliga majburan tiqishtirilgan loyihaga qarshi loyiha qabul qilmoq bilan bo‘ladi.

Ushbu loyihamizning yo‘qligi bizni boshqa loyihalarning hujumiga nishon qilmoqda, xalqaro jinoyatchilar qo‘rg‘oniga tiqib qo‘ymoqda. Nahotki, shuni idrok etmasak, aks holda, kech bo‘ladi-ku?!

Roya gazetasining 2020 yil 16 dekabr chorshanba kungi 317-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.