Falastin rejimi echim so‘rab yalinishda, muqaddas shariatimiz echimidan esa voz kechishda davom etmoqda!

292
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Falastin rejimi echim so‘rab yalinishda, muqaddas shariatimiz echimidan esa voz kechishda davom etmoqda!

«Maan» axborot agentligi veb-saytida (hijriy 1442 yil 23 rabiulavval, milodiy 2020 yil 9 noyabr dushanba kuni) bunday xabar nashr qilindi:

Bosh vazir Muhammad Shtaye AQShning yangi prezidenti Jo Baydenning saylanishi xalqaro qonuniylikka asoslangan jiddiy siyosiy yo‘lda oldinga siljish va mojaroni hal etish uchun umid uchquni bo‘ladi, degan umidda ekanini ma’lum qildi. U Vazirlar mahkamasi yig‘ilishining boshlanishida «Biz xavfsizlik va tinchlikka erishish uchun haqiqat, adolat va tinchlik qadriyatlariga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni kutmoqdamiz», deya qo‘shimcha qildi.

Shtaye «Isroil»ning erlarni musodara qilishda va aholi punktlarini qurishda davom etayotganidan afsusda ekanini bildirar ekan, bunday dedi: «Yahudiylar uchun aholi punktlarini qurish tinchlikning dushmanidir, «Isroil» esa, uning joylashish rejalarini tuzishni va erlarni musodara etishni bas qilishi kerak. G‘arbiy Sohil va Quddusdagi yangi aholi punktlarida yashayotgan yahudiylar soni 750 mingga etdi, ular G‘arbiy Sohil aholisining 25 %ini tashkil qiladi».

«Hozir «Isroil» yo ikki davlat echimini tanlashi kerak, yoki bunday demografik keskinlikni tanlashi kerak, biz yahudiylardan 250 mingga ortiqmiz», deya qo‘shimcha qildi Shtaye».

Roya:

Jo Bayden saylovda yutib chiqib, AQShning yangi ma’muriyatini egallagach, Falastindagi bu xor-rasvo rejim mustamlakachi kofir G‘arbning Falastin masalasini yo‘q qilish uchun tuzadigan har qanday shakldagi rejalarini qabul qilishga doim tayyor ekani to‘g‘risidagi bayonotlarini davom ettirmoqda. Bosh vazir Shtayening «Hozir «Isroil» yo ikki davlat echimini tanlashi kerak, yoki demografik keskinlikni tanlashi kerak, biz yahudiylardan 250 mingga ortiqmiz», degan bayonoti ana shular jumlasidandir. Bu gapi bilan u yahudiylarni nufuzi pastlashi bilan loyihasi ham zaiflashib qolgan Britaniyaning «bitta ilmoniy davlat» loyihasidan qo‘rqitmoqda. Agar bitta davlat loyihasini tanlaydigan bo‘lsangiz, demografik keskinlikka uchrashingiz mumkin, deya bu bosqinchi vujudga g‘amxo‘rlik qilmoqda. Bir vaqtning o‘zida, Falastin rejimi va u erdagi rahbarlarning mustamlakachilar taqdim etayotgan har qanday echim va qarorni qabul qilishga tayyor ekanini ham namoyon etmoqda.

Bu rejim har qanday echim va loyihani e’tirof etib, uni qabul qilishga hoziru nozir ekanini har doim ta’kidlab kelgan. Uning uchun Islom loyihasi bo‘lmasa, bas. Chunki Islom loyihasi bo‘yicha Falastin zamini Islom zamini bo‘lib, uni to‘liq ozod etmoq va Islom Ummati va uning qo‘shini qo‘li yordamida bosqinchi yahudiylarni ildizi bilan qo‘porib tashlamoq shartdir.

Roya gazetasining 2020 yil 18 noyabr chorshanba kungi 313-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.